Davlatning moliyaviy salohiyati bozor iqtisodiyoti subekt-lari va aholining pul
daromadlari va jamg‘armalari asosida shakllanib, o‘zaro bog‘langan quyidagi bo‘g‘inlardan
tashkil topadi:
respublika
va mahalliy byudjetlar, davlat nobyudjet fondlari byudjetlari; davlat
kreditlashtirish resurslari; dav-lat (unitar) XYUSlari va davlatning ishtirokidagi XYUSlar mo-
liyasi. Davlatning moliyaviy salohiyati tarkibiga asosiy fondlar, tugallanmagan ishlab chiqarish,
moddiy aylanma mablag‘lar, uy-ro‘zg‘or
mulklari, nomoddiy aktivlar qiymati – inson kapitali
kiradigan moddiy kapital ko‘rinishidagi milliy boylik hajmi (o‘lchami)ni kiritish mumkin;
xususiy XYUSlar moliyaviy salohiyati. U aylanmadan tash-qari aktivlar va aylanma
aktivlarining yig‘indisidan tashkil topa-di. Bu yerda aylanmadan tashqari aktivlar nomoddiy aktivlar,
asosiy vositalar,
tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy boyliklarga daro-madli qo‘yilmalar, uzoq
muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, aylanmadan tashqaridagi boshqa aktivlardan iborat. Shuningdek, bu
yerda aylanma aktivlarning tarkibiga zaxiralar, debitorlik qarzlari, qisqa mud-datli
moliyaviy
qo‘yilmalar, pul mablag‘lari va boshqa aylanma aktiv-lar kiradi. Xo‘jalik
yurituvchi subekt
(XYUS)larning moliyaviy salohiyati ularning yangi qiymat yaratishdagi qobiliyatiga bog‘liq. Bir xil
moliyaviy-iqtisodiy qudratga yega bo‘lgan XYUSlar bir-biridan tubdan farq qiluvchi moliyaviy
natijalarga yerishishi mumkin. Bu mol-mulkdan, ishlab chiqarish-texnologik
jarayonlar va kadrlarni
boshqarish samaradorligiga, menejment malakasiga, tadbirkorlik-ning natijaliligiga, moliyaviy
resurslar va tashqi qarzlardan oqilona foydalanishga bog‘liq bo‘ladi;
bank-kredit tizimining moliyaviy salohiyati – kredit re-surslariga bo‘lgan
iqtisodiyotning yehtiyojlarini qondirish bo‘yicha kredit tashkilotlari aktivlari va real
imkoniyatlarining yig‘indisi. Juda ko‘pchilik mamlakatlarning bank-kredit tizimi hozirgi paytda
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini kredit resurslari bilan ta’minlash imkoniyatiga
yega yemas. XYUS-larga taqdim yetilayotgan kredit resurslari, asosan,
qisqa muddatli
xarakterga yega. Asosiy kapitalni shakllantirishdagi kreditlar-ning salmog‘i iqtisodiyot
samaradorligining o‘sishi uchun yetarli yemas;
sug‘urta fondlarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat tadbirkorlik risklarini
pasaytiradigan va jamg‘armalar hamda investitsiyalar o‘sishini ta’minlaydigan pul sug‘urta
resurslarini shakllantirish bo‘yicha sug‘urtaviy moliyaviy-iqtisodiy imkoniyat-lar yig‘indisining
amalga oshirilishi orqali namoyon bo‘ladi;
uy xo‘jaliklarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat ular-ning jami daromadlari, soliq,
renta va foiz to‘lovlari, inves-titsion talabning o‘sishiga iste’mol va jamg‘arishning ta’siri orqa-li
ifodalanadi.
Hozirgi paytda juda ko‘p mamlakatlarda aholining jamg‘ar-malari,
XYUS va
tashkilotlarning jamg‘armalari singari kengay-tirilgan takror ishlab chiqarish maqsadlari uchun
to‘liq foydala-nilmayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: