Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

Xarajatlar smetasi
. Xarajatlar smetasi byudjet tashkilotning Moliyaviy Rejasi 
hisoblanadi. Byudjet tashkiloti uchun olinayotgan Moliyalashtirish daromad bо‘lmasdan faqat
tashkilotning xarajatlari hajmi va ularning maqsadli yо‘naltirilganligiga tyeng bо‘lgan 
mablag’larning tuShuvidan iborat bо‘lganligi uchun smeta daromadlar qismiga ega emasdir. 
Smeta asosida Moliya organlari sosial ehtiyojlar uchun xarajatlarning hajmini aniqlaydi va u 
narsa joriy yilning byudjeti tarkibiga kiritiladi. Bunda quyidagi holatlarga alohida e’tibor 
berilishi kerak: 
1. Sosial ehtiyoj xarajatlarining bir qismi byudjetdan boshqacharoq tarzda 
Moliyalashtiriladi. Masalan, ana Shunday boshqacharoq tarzda ommaviy axborot vositalari va 
tyeatr-tamosha korxonalarining yetishmagan mablag’lari ta’minlanadi. Bu korxonalarning 
xizmatlari tо‘lovli (haqli) bо‘lsa-da, о‘z daromadlari ularning barcha xarajatlarini qoplashga 
yetmaydi. Bunday korxonalar daromadlari va xarajatlari о‘rtasidagi farq byudjetdan qoplanishi 
kerak. 
2. Fanni Moliyalashtirish byudjet xarajatlarining mustaqil guruhi hisoblanadi. Byudjetdan 
mablag’lar eng muhim istiqbolli nazariy izlanishlar va umumdavlat maqsadli ilmiy-texnikaviy 
dasturlar bо‘yicha yо‘naltiriladi. Ana Shu maqsadlar uchun mablag’lar bevosita ilmiy-tadqiqot 
va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish bilan Shug’ullanuvchi Fanlar Akadyemiyasi, 
tarmoq akadyemiyalari, oliy о‘quv Yurtlari, arxivlar va boshqa tashkilotlarga ajratiladi. 
3. Ilmiy tashkilotlarni Moliyalashtirish smetali tartibda amalga oshiriladi. Barcha 
tashkilotlarda har bir aniq mavzular bо‘yicha xarajatlar smetasi tuziladi. Xarajatlarni 
Rejalashtirish va Moliyalashtirish tartibi bu yerda sosial-madaniy ehtiyojlar xarajatlarida 
qо‘llaniladigan myetodika bilan bil xildir. 
4. Milliy mudofaa xarajatlari davlatning funksiyalaridan kelib chiqadi. Mudofaa 
xarajatlarining umumiy miqdori va darajasi quyidagi turli xildagi ichki va tashqi omillarga 
bog’liq: 

xalqaro vaziyat; 

mamlakat hududining kattaligiga bog’liq bо‘lgan chyegaralarning uzunligi va 
xarakteri; 



harbiy ishning zamonaviy taraqqiyoti va armiyaning texnikaviy jihatdan 
qurollanganlik ahvoli; 

shaxsiy tarkib turmush darajasini Yuqori pag’onaga kо‘tarishning va Qurolli 
Kuchlarda sosial-madaniy tadbirlarni amalga oshirishning zarurligi; 

mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlari; 

va boshqalar. 
Mudofaa xarajatlari ob’yektiv zarur bо‘lishiga qaramasdan ular noishlab chiqarish 
xarakteriga ega. Shuning uchun ham davlatlar tinchliksyevar tashqi siyosatni amalga oshirish 
natijasida harbiy xarajatlarni qisqartirishga harakat qiladi. 
Byudjetda kо‘zda tutilgan milliy mudofaa xarajatlarining guruhi, asosan, Mudofaa 
vazirligi orqali о‘tadigan tо‘g’ri (bevosita) harbiy xarajatlarni о‘z ichiga oladi. Bu xarajatlarning 
tarkibiga armiyani saqlash, qurol-yarog’ va harbiy texnikani sotib olish, kapital qurilish, ilmiy-
tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, harbiy xizmatchilarga maosh, pyensiya va nafaqalar 
berish va boshqa xarajatlar kiradi. Bu xarajatlarning barchasi Mudofaa vazirligining maxsus 
smetasida о‘z aksini topadi va sо‘ng respublika byudjetining xarajatlari tarkibiga kiritiladi. 
Milliy mudofaa xarajatlarini Rejalashtirishning о‘ziga xos bо‘lgan xususiyati Shundan 
iboratki, bu yerda birinchi navbatda, Mudofaa vazirligi bо‘yicha xarajatlarning umumiy hajmi 
aniqlanadi. Undan sо‘ng esa harbiy okruglar va harbiy qismlarning smetalari tuziladi. Bunday 
tartibning amal qilishi harbiy xarajatlar katta qismining (qurol-yarog’, harbiy texnika, yoqilg’i, 
oziq-ovqat va Shunga о‘xshashlar) Mudofaa vazirligi orqali Moliyalashtirilishi bilan izohlanadi. 
Tо‘g’ri (bevosita) harbiy xarajatlarning boshqa bir qismi byudjet xarajatlarining boshqa 
bо‘linmalari bо‘yicha Moliyalashtiriladi. Masalan, ichki va chyegara qо‘shinlarini saqlash 
xarajatlari hamda xavfsizlik organlarining faoliyati huquqni muhofaza qilish faoliyati va davlat
xavfsizligini ta’minlash bо‘limi orqali Moliyalashtiriladi. Bu xarajatlarni Rejalashtirish va 
Moliyalashtirish smetali tartibda amalga oshiriladi. 
Egri (bilvosita) harbiy xarajatlar byudjetda, asosan, Qurolli Kuchlar vyetyeranlari va 
ularning oilalariga tо‘lanadigan pyensiya va nafaqalardan iborat. Bu xarajatlar byudjetning sosial 
himoya bо‘limi bо‘yicha Moliyalashtiriladi. 
5. Byudjetning boshqaruv xarajatlari quyidagi guruhlardagi xarajatlardan iborat: 

huquq-tartibot organlari, sudlar va prokuratura organlarini saqlash xarajatlari. Bu 
xarajatlar jamoatchilik xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega; 

davlat hokimiyat organlarini saqlash xarajatlari. Pryezidyent Dyevoni, Vazirlar 
Mahkamasi, Oliy majlis Syenati va Qonunchilik palatasi, Konstitusiyaviy sud, 
vazirliklar, mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari, diplomatik muassasalar va 
boshqa idoralarni saqlash xarajatlarini о‘z ichiga oladi; 

saylovlar va ryefyeryendumlarni о‘tkazish xarajatlari. О‘z ichiga dyeputatlar, 
Pryezidyent, mahalla oqsoqollarini saylash, ryefyeryendumlarni о‘tkazish 
xarajatlarini oladi. 
Boshqaruv xarajatlarini Rejalashtirish va Moliyalashtirish xuddi sosial ehtiyoj 
xarajatlarinikidyek tartibda amalga oshiriladi. 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish