3. Makrodarajadagi moliyaviy munosabatlar xususiyatlari?
Davlat moliyasi makrodarajadagi moliyani tashkil etadi va milliy manfaatlarga xizmat qiladi.
Moliyaviy munosabatlar namoyon bo‘lishining tashkiliy shakllari turli-tumandir. Makrodarajada ular quyidagilarda o‘z aksini topadi:
–davlat budjetining shakllanishi va ishlatilishi;
– soliqqa tortish;
– budjet subsidiyalari va budjet subvensiyalarini ajratish;
– markazlashgan sug‘urta fondlarining shakllanishi va ishlatilishi;
– davlat kreditining amal qilishi va boshqalar.
4. Mikrodarajadagi moliyaviy munosabatlar xususiyatlari? Mikrodarajadagi moliyaga korxona moliyasi (buni korporativ moliya deb yuritiladi), xonadon moliyasi, jamoat tashkilotlari moliyasi, sugʻurtalash moliyasi kabilar kiradi.
Mikrodarajada sodir bo‘ladigan moliyaviy munosabatlarning namoyon bo‘lish shakllariga quyidagilar misol bo‘ladi:
– korxonalarda foyda (sof daromad) ning shakllanishi va ishlatilishi;
– amortizatsiya fondining shakllanishi;
– xo‘jalik subyektlari ixtiyoridagi turli pul fondlari (iqtisodiy, ijtimoiy, rag‘batlantirish fondlari) ning shakllanishi va ishlatilishi;
– korxonalar o‘rtasida yuzaga keluvchi ayrim pul munosabatlari (masalan, jarimalar to‘lash, qimmatli qog‘ozlarni sotish, ular bo‘ yicha foizlar va dividendlar to‘lash);
– moliyaviy resurslarning manbalarini shakllantirish va sh.k.
5. Moliya tizimi samarali faoliyatini taminlashning hozirgi zamon muammolari?
Hozirgi sharoitda moliya tizimi о‘z oldida turgan quyidagi muammolarni hal etishi kerak:
daromadlar bazasini (asosini) mustahkamlash asosida byudjet defitsitining darajasini kamaytirish;
mamlakat taraqqiyotining ustuvor yо‘nalishlari bо‘yicha byudjet xarajatlarini restrukturizasiya qilish;
byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini takomillashtirish;
byudjet assignovaniyalaridan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish.
Bungan tashqqari bugungi kunda butun dunyoning muammolaridan biri deb COVID-19 pandemiyasining global iqtisodiyotga taʼsirini aytish mumkin . Iqtisodchi olimlarning yarmidan ko’pi (56%) koronovirusning jaxon iqtisodiyotiga 2020 – yildan keyin xam taʼsiri bulishini taxmin kilishmoqda . Dunyoning ko’plab mamlakatlarida favqulotda vaziyat va karantin tartibi joriy qilingan . Davlatlararo fuqarolar xarakatlanishi cheklanishi turizim sohasiga , taʼlim , savdo , umumiy ovqatlanish soxalarida karantin xolotining joriy qilinishi hamda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida xam korxonalarning qisman karantin holatida faoliyat yuritishi koronavirusning jaxon iktisodiyotiga taʼsirini kuchaytirmoqda .
Do'stlaringiz bilan baham: |