Moliya” fakulteti “moliya” kafedrasi



Download 121,5 Kb.
bet7/9
Sana21.05.2022
Hajmi121,5 Kb.
#606030
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi byudjet main

Byudjet tizimi barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari, byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular o’rtasida byudjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlar yig’indisini o’zida ifodalaydi. Moliya yili uchun byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — so’mda amalga oshiriladi. Ta’lim tizimida katta miqdordagi byudjet mablag’ari talon-toroj qilinganligi aniqlandi Xalq ta’limi va Maktabgacha taʼlim vazirliklarida 2 mlrd so’mdan ortiq mablag’ noqonuniy sarf qilingan. Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan joriy yilning I yarim yilligida olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida ayrim byudjet mablag’lari noqonuniy sarflanayotganligi aniqlandi, xabar beradi Moliya vazirligi matbuot xizmati. Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim maktablarida haqiqatda ishga kelmagan va xizmat vazifasini bajarmagan xodimlarga yoki umuman ishlamaydigan fuqarolar nomiga ish haqi hisoblanishi homiladorlik va tug’ish nafaqalarini, shuningdek mehnat taʼtili, mukofot va moddiy yordam mablagʼlarining asossiz hisoblanishi va toʼlanishi natijasida byudjet mablag’larini noqonuniy sarflanishiga yo’l qo’yilgan. Jumladan, Jizzax shahar 22-sonli umumtaʼlim maktabida 448,2 mln so’m, Kegayli tumanidagi 1-son umumtaʼlim maktabida 54,7 mln soʼm va Buxoro shahridagi 1-son umumtaʼlim maktabida 31,2 mln so’m byudjet mablag’lari asossiz sarflab yuborilgan.


Bo’z tumanidagi 5-sonli umumtaʼlim maktabida 99,3 mln so’m, Jarqoʼrgʼon tumanidagi 4-sonli umumtaʼlim maktabida 65,3 mln so’m byudjet mablag’lari oʼzlashtirilgan. Sho’rchi tumanidagi 10-son umumtaʼlim maktabida 36,1 mln so’m noqonuniy oʼzlashtirilgan.
Bulardan tashqari, Bog’dod tumanidagi 50-sonli umumtaʼlim maktabida 129,9 mln so’mlik bajarilmagan ish xajmlari qo’shib yozilgan.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimidagi Sharof Rashidov tumanidagi 9-son maktabgacha taʼlim muassasasida haqiqatda ishlamagan 31 nafar fuqarolarga ish haqi xisoblash yoʼli bilan 955,5 mln so’m miqdoridagi byudjet mablag’lari o’zlashtirilishiga yo’l qo’yilgan.
Shuningdek, Buxoro shahar 46-son maktabgacha taʼlim muassasasida haqiqatda ishga kelmagan va xizmat vazifasini bajarmagan 8 nafar xodimlarga 88,4 mln so’mlik ish haqi toʼlovlari ortiqcha hisoblanib, asossiz toʼlab yuborilgan.
Uychi tumanidagi 11-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi mudirasi tomonidan 23 nafar xodimga 21,5 mln so’m avans pullari yozilib, mablag’ xodimlarga tarqatilmasdan o’zlashtirilgan.13 Hozirgacha byudjet xarajatlari bo’yicha bir necha kamchilik nuqsonlar mavjud. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
• byudjet mablag’laridan foydalanish samaradorligi nisbatan past;
• byudjet mablag’larini maqsadsiz sarflash amaliyoti keng tarqalgan;
• byudjet daromadlari bo’yicha rejalar bajarilmagan sharoitda xarajatiar ayrim yo’nalishlarining moliyalashtirilishi noproporsionaldir;
• byudjet xarajatlari davlat ijtimoiy siyosatining pishib yetilgan muammolarini hal eta olmayapti;
• sub’ektlarga to’lovlar bo’yicha qarzlar doimiy ravishda oshib borayapti;
• milliy xo’jalikka davlat investitsiyalari minimum darajagacha qisqardi;
• va boshqalar.
Yuqoridagi kamchilik-nuqsonlarning va muammolarning mavjudligi byudjet xarajatiari bo’yicha bajarilishi lozim bo’lgan asosiy vazifalarni belgilab olishni va ularning o’z vaqtida bajarilishini va byudjet mablaglaridan samarali foydalanishni taqozo etadi. Hozirgi sharoitda bunday vazifalarning qatoriga quyidagilar kirishi mumkin:
• eng samarali va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan loyihalarga byudjet mablag’larini to’plash ijtimoiy xarajatiarni moliyalashtirishning ustuvoriigini ta’minlash;
• subyektlarga to’lovlar bo’yicha qarzlarni keskin qisqartirish va ularning to’liq qaytarilishiga erishish;
• iqtisodiyotning ustuvor sohalarida investitsiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirishni kengaytirish;
• loyihalarni moliyalashtirishning davlat-tijorat amaliyotini kengaytirish asosida investitsion jarayonlarning nomarkazlashuvini davom ettirish;
• davlat apparatini saqlash xarajatlari va davlat qarzlarini boshqarish bo’yicha xarajatlarni qisqartirish;
• harbiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish asosida miIliy mudofaaga mo’ljallangan byudjet mablag’iaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
• ayrim tarmoqlarning zararlarini qoplashga yo’naltirilayotgan dotatsiyalarni kamaytirish;
• maqsadli dasturlar va xarajatlarning ayrim rnaqsadli moddalari bo’yicha xarajatlami qisqartirish;
• va boshqalar.
2018-yil muxtaram prezidentimiz tashabbuslari bilan ochiq budjet portali yo’lga qo’yildi. Bu saytda buyudjet mablaglarini tin tinigacha taqsimoti xarajatlar xaritasi kunma-kun yangilanib oddiy aholini xabardor etib borishdan iborat. Byudjet xarajatlarida yagona taqsimot jarayonining jamg’armasining tarkibiy qismlarga bo’linishi va byudjetdan mablag’lar oladigan moddiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarda maqsadli sarf qilinadigan pul jamg’armalarini shakllantirish o’z aksini topadi. Byudjet xarajatlari kategoriyasi har biri miqdor va sifat jihatidan tavsiflanadigan xarajatlarning aniq turlari orqali yuzaga chiqadi.
Davlat xarajatlari – davlat pul mablag’lari jamg’armasining taqsimlanishi va undan tarmoqli, maqsadli va xududiy darajalarda foydalanishi bilan bog’liq holda paydo bo’ladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Sifat tavsifi har bir byudjet xarajati turining iqtisodiy mazmuni va ijtimoiy vazifasini miqdor tavsifi – ularning qiymatini belgilashga imkoniyat yaratadi.
Davlatning jamiyat iqtisodiy hayotidagi ijtimoiy o’zgartirishlarni amalga oshirishdagi faol o’rni byudjet xarajatlari turlarining xilma-xilligini keltirib chiqaradi. Bu xilma-xillik bir qator omillar: tabiat va davlatning funktsiyalari, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, byudjetning xalq xo’jaligi bilan aloqalari qay darajada tarmoqlanganligi, byudjet mablag’larini berish shakllari va boshqalarning ta’siri bilan bog’liq. Yuqorida sanab o’tilgan omillarning davlat taraqqiyotining har bir bosqichida birgalikda qo’shilishi iqtisodiyot ehtiyojlari, uni boshqarish tipi va darajasiga muvofiq keladigan xarajatlar tizimini paydo etadi14.
Byudjet resurslaridan foydalanish samaradorligini yanada chuqurroq tahlil qilish maqsadlarida ularni sarflash sohalari bo’yicha – moddiy va noishlab chiqarish turlariga bo’ladilar. Byudjetning noishlab chiqarish sohani saqlash va rivojlantirish bo’yicha xarajatlari, birinchi navbatda, ularning asosiy maqsad – vazifasiga ko’ra farqlanadi, ya’ni ijtimoiy-madaniy tadbirlarga va umumdavlat xarajatlariga bo’linadi. Bu guruhlarning har biri yana juda ko’p xarajatlar turlarini o’z ichiga oladi, bu xarajatlar o’z navbatida, tarmoq, idora belgilari bo’yicha, so’ngra yanada ochiqroq qilib o’z mazmuni va ayrim muassasalar, tashkilotlar faoliyati turlari bo’yicha birlashtiriladi. Masalan, ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlari maorif, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy ta’minot xarajatlarini o’z ichiga oladi.
Davlat byudjeti xarajatlarida davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosati, ijtimoiy jarayonlarni boshqarish usullari o’z aksini topadi. Noishlab chiqarish sohasida aholiga ijtimoiy-madanaiy xizmat ko’rsatishda erishilgan darajani saqlab qolish hamda ijtimoiy ustuvorliklarni hisobga olgan holda, tarmoqlarning optimal tuzilmasiga erishish uchun byudjetdan moliyalashtirish kengroq qo’llanilishi lozim15.
Moliya vazirligining ma’lumotlariga ko’ra, davlat byudjetining asosiy parametrlari quyidagi asosiy fiskal maqsadlar asosida ishlab chiqilgan:

  • 2020−2021 yillarda tashqi talabning pasayishi va global iqtisodiy faoliyat, iqtisodiyotning raqobatbardoshligi, sarmoyaviy jozibadorligi, ishbilarmonlik faolligi, eksportni rag’batlantirishga yo’naltirilgan soliq siyosatini davom ettirish sharoitida iqtisodiyotdagi yalpi talabni rag’batlantirish;

  • davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va davlat qarzlari miqdorini xalqaro standartlarga muvofiq o’rtacha darajada ushlab turish, o’rta muddatli istiqbolda konsolidatsiya qilingan byudjet kamomadini YAIMning 2 foizidan kamigacha kamaytirish;

  • davlat byudjeti daromadlarining barqaror o’sishini ta’minlash va soliqqa tortishning odilligi prinsipi, shuningdek soliq imtiyozlarini tartibga solish;

  • davlat byudjetining ijtimoiy yo’nalishini saqlash. Xususan, ta’lim tizimlarini rivojlantirishga, sog’liqni saqlashga, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun zarur mablag’larni shakllantirishga qaratilgan muhim dasturlarni moliyalashtirish;

  • ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarni, pensiya va nafaqalarni o’z vaqtida va to’liq moliyalashtirish, ularning o’sishini inflyatsiya darajasidan past bo’lmagan darajada ta’minlash;

  • aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va bandligini oshirish, qashshoqlikni kamaytirish va ijtimoiy himoya manzilini kuchaytirish;

  • suv va yer resurslarini tejashga va ulardan samarali foydalanishga, yenergiya tejashga, tabiatni va atrof-muhitni muhofaza qilishga, ekologik holatni yaxshilashga va boshqa muhim davlat dasturlariga yo’naltirilgan davlat dasturlarini moliyalashtirish;

  • daromadlar bazasini ko’paytirish va mahalliy byudjet xarajatlari samaradorligini rag’batlantirishga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni saqlash;

  • byudjet shaffofligini oshirish va byudjetni har tomonlama qoplashni ta’minlash16

Xulosa


Xulosa o’rnida shuni ta’kidlab o’tish joizki, davlat byudjeti ijrosida qatnashuvchi hamma organlarda davlat byudjetining daromadlari va xarajatlarini hisobga olish asosida davaltni yanada rivojlantirish masalasi yotadi.
Davlat byudjeti mablag’larining shakllantirilishi va sarflanishi aholini eng ko’p qiziqtiradigan masalalardandir. Bu tabiiy hol bo’lib, fuqarolar mazkur yo’nalishdagi savollariga javob olishga to’la haqli.
Davlat byudjeti mamlakatning pul daromadlari va xarajatlari ro’yxatini o’zida ifodalovchi asosiy moliyaviy hujjat bo’lgani holda uning ochiq va shaffof bo’lishi yurt rivoji, jamiyat qurilishini takomillashtirish, islohotlar samaradorligiga erishishda muhim o’rin tutadi.
Shu bois, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining joriy yil 25-may kuni bo’lib o’tgan navbatdagi majlisida Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2020-yil va 2021-yilning birinchi choragi yakunlari bo’yicha ijrosi to’g’risidagi hisobotlar asosiy muhokama markazida bo’ldi.
Afsuski, ilgarilari davlat byudjeti to’g’risidagi ma’lumotlar sir saqlanib, faqat mas’ul davlat idoralarigagina ma’lum bo’lgan. Mamlakatimizda keyingi yillarda boshlangan ochiqlik siyosati tufayli mazkur yo’nalishda ham aholiga barcha ma’lumotlar ochiq-oshkora yetkazib kelinyapti. Joriy yilning 12-may kuni Prezidentimiz ishtirokida makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o’sishni ta’minlash bo’yicha birinchi yarim yillikdagi ustuvor vazifalarga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida 2021-yilning birinchi choragi bo’yicha YAIM ko’rsatkichining e’lon qilinishi ham bu borada yana bir muhim qadam bo’ldi.
Biz ijtimoiy hayotda ko’p tilga oladigan davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari loyihalari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklari, moliya yiliga mo’ljallangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari asosida tuziladi. Byudjet daromadlari esa byudjetga beg’araz tushgan va qaytarib olinmaydigan pul mablag’lari hisoblanadi.
Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi soliqlar hisobiga shakllantirilib, yig’ilgan mablag’lar jamiyat manfaati, xalq hayotini yaxshilash maqsadida turli sohalarga yo’naltiriladi. Biroq 2020-yilning og’ir kelishi, ayniqsa, koronavirus pandemiyasi dunyo mamlakatlari qatori yurtimizda ham ko’pgina rejalarni amalga oshirishga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatdi. Ayrim sohalarda belgilangan mablag’larning o’z vaqtida ajratilishi bilan bog’liq qator muammolar yuzaga keldi.


Download 121,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish