Moliya bo’limi (boshqarmasi) tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va uning iqtisodiyotda tutgan o’rnini o’rganish
Moliya bo‘limi O‘zbekiston Respublikasining funksiya va vazifalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy asosini yaratish, tuman byudjetini ishlab chiqish va ijrosi, hamda moliyaviy o‘ta oqilona va iqtisodli foydalanishlarni ta’minlaydi.
Moliya bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Moliya bo‘limi ijtimoiy ishlab chiqarishning samarasini oshirish maqsadida moliyaviy mablag‘larni ishlatishni ta’minlaydi.
2. Iqtisodiyot taraqqiyoti hamda aholi hayoti miqiyosining moddiy va madaniy o‘stirish bo‘yicha tadbirlarni tasdiqlangan reja asosida mablag‘ bilan ta’minlashga moliyaviy mablag‘ yo‘llaydi.
3. Tuman byudjetidan ajratiladigan moliyaviy mablag‘larni tejamli hamda maqsadli ishlatadi.
4. Tuman hududidagi birlashmalar, korxona va tashkilotlar byudjet oldida moliyaviy majburiyatlari hamda davlat moliyaviy intizomiga rioya qilishini taminlaydi.
Moliya bo‘limi tuman byudjetining loyihasi tuzadi, tuman byudjetining daromadlar va xarajatlar qismi ijrosi, tuman byudjetida nazarda tutilgan tadbirlarni zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlash, shuningdek tuman byudjeti bo‘yicha moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlanadigan boshqa tadbirlar uchun javobgardir, tuman hudida ehtiyojlari uchun moliyaviy mablag‘larining safarbar qilinishi ta’minlaydi.
Hududning ijtimoiy-iqtisodiy sohani rivojlanishida amaliyot obektining tutgan o’rni
Mahalliy byudjet obektiv iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ikki tomonlama xususiyatga ega. Birinchidan, u iqtisodiyot tarmoqlarini moliyaviy ta’minlashga qaratilgan xarajatlardan iborat. Ikkinchidan, esa bu xarajatlar korxonalarning daromadlaridan tashkil topadi. Rivojlangan mamlakatlarga mahalliy byudjet mustaqil ravishda mahalliy soliqlar va yig‘imlar hisobiga shakllanadi. Bizning respublikamizda ham mahalliy byudjet daromadlarini mahalliy soliqlar va yig‘imlar tashkil etadi. Mahhaliy davlatlar umumdavlat iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni amalga oshiradi, birinchi navbatda ijtimoiy infrasutrukturani saqlash va rivojlantirishga davlat mablag‘larini taqsimlashda ahamiyatga ega. Mamlakat byudjetining tuzilishi birinchi navbatda davlat tuzilishiga ega bo‘lgan mamlakatlarda byudjet tizimi 2 bosqichdan iborat. Mahalliy byudjetlar davlatning davlatning moliya tizimini asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. Mahalliy byudjetlar xarajatlarida asosiy o‘rinni ijtimoiy- ma’daniy tadbirlar xarajatlari egallaydi.