Moliyaviy siyosatning asosiy turlari byudjet siyosati; soliq siyosati; pul siyosati; kredit siyosati; baho siyosati; investision siyosat; sosial Moliyaviy siyosat; boj siyosati.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar moliya siyosati va uning o‘ziga xos xususiyatlari: Rivojlanayotgan davlatlardan biri O`zbekistondagi moliyaviy siyosat haqida gapiradigan bo`lsak, O'zbekistonda moliyaviy siyosatning hozirgi kundagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: • davlat byudjetidagi defitsitni yo'l qo'yilgan eng kam daraja doirasida (YaIMning 3-4%i atrofida) cheklashga yo'naltirilgan qattiq moliyaviy siyosatni amalga oshirish; • davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur tarkibiy o'zgarishlarini amalga oshirish, ishlab chiqarishning o'sishini ko'zlab yo'naltirishni ta'minlash; • ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan kelib chiqqan holda, aholining ijtimoiy himoyasini ta'minlash, fuqarolar konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta'minlovchi moliyaviy bazani yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini ko'tarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; • ijtirnoiy himoyaning maqsadli bo'lishiga erishish, moliyaviy mablag'larning ijtimoiy yordamga haqiqatda muhtoj aholi qatlamlariga yetib borishini ta'minlash; • Davlat byudjeti va korxonalar moJiyaviy ahvolining barqarorligini ta'minlash; • byudjet intizomiga qat'iy rioya qilish; • soliq siyosatini takomillashtirish, soliqlarning iqtisodiyotga rag'batlantiruvchi ta'sirini kuchaytirish maqsadida: - soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to'plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag'batlantiruvchi ta'sirini oshirish; - korxonalar zimmasidagi soliq yukini, qo'shilgan qiymat va foyda solig'idan olinadigan soliq stavkalarini kamaytirish va shu asosda ishlab chiqarishni joniantirishga turtki berish; - soliq tushumlari tarkibini tub dan o'zgartirish, resursIar, mol-mulk solig'ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning iIg'or tizimini joriy etish. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz moliya siyosati muammolari qatoriga uning hayot bilan hamnafasligini ta'minlash, davlatimiz rivojlanishining o'zgargan sharoitlariga tezda moslasha bilishini ta'minlash, o'z yechimini kutayotgan vazifalarni hal etish uchun kerakli usullarni o'z vaqtida topa bilish, strategik konseptual yechimlarni ishlab chiqish, mablag'larga qarab yashash talabiga rioya etilishini ta'minlash, fuqarolar ijtimoiy talab-ehtiyojlarini qondirishning moliyaviy asosini belgilashda qoldiq usulidan ijtimoiy xarajatiarning maqsadliligini ta'minlashga o'tish kabi tadbirlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |