Moliya asoslari


Moliyaviy vositachilar faoliyatini rivojlantirish masalalari



Download 102,19 Kb.
bet4/4
Sana26.02.2022
Hajmi102,19 Kb.
#470676
1   2   3   4
Bog'liq
zokirov

Moliyaviy vositachilar faoliyatini rivojlantirish masalalari
Bugunki kunda mamlakatimizda moliyaviy vositachilarni qo’llab-quvvatlash va ular faoliyatini yanada rivojlantirish borasida ko’pgina islohotlar o’tkazilmoqda. 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasida ham moliyaviy vositachilarning asosiylaridan bo’lgan banklar, investitsiya va sug’urta kompaniyalarining mamlakatimizning makroiqtisodiy barqarorligini yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolishda o’rni kattaligi ta’kidlab o’tilgan hamda ular faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha ham quyidagi bir qancha vazifalar belgilab qo’yilgan:

  • bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitalashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investisiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish;

  • sug’urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning xajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish;

Mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirish, sug’urta kompaniyalari rolini yanada oshirish masalalari bo’yicha prezidentimiz rahbarligida, vazirliklar va bir qator tegishli idoralar rahbarligida yig’ilishlar, anjumanlar o’tkazilib kelinmoqda. Jumladan, 2019-yilda prezidentimiz rahbarligida sug’urta bozorini rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazilgan. Bu yig’ilish davomida bir qator vazifalar belgilab olingan. Shuningdek, Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligini tashkil etish taklif qilindi. Mutasaddilarga sugʻurta sohasini oʻrta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, 2022-yilgacha aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan sugʻurta mukofoti hajmini 3 baravar, sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini esa 2 baravar oshirish vazifasi qoʻyildi. Iqtisodiyot tarmoqlarini sugʻurta xizmatlari bilan qamrab olish muhimligi qayd etildi. Milliy sugʻurta kompaniyalarining xalqaro moliya bozorlariga chiqishini taʼminlash, ilgʻor korporativ boshqaruv tizimini joriy qilish orqali xalqaro reytinglar olish boʻyicha ham aniq vazifalar belgilandi. Investitsion bankning asosiy maqsadi – bu kompaniya qiymati va joylashtirishning optimal bahosini aniqlash, shuningdek, aktsiyalarni inevstorlarga sotishni taʼminlashdan iborat boʼlishi lozim. Qimmatli qogʼozlarni joylashtirgandan soʼng investitsion bank market-maykerga aylanadi, yaʼni aksiyalarning kotirovkasini ushlab turadi va emitent haqida analitik hisobotlarni chiqaradi. Shunday qilib, emitent kompaniya va investitsion bank oʼrtasida uzoq muddatli va oʼzaro manfaatli hamkorlik oʼrnatiladi.
Investitsion bankning muhim funksiyalaridan biri – bu vositachilik funksiyasidir. Mohiyatan investitsion banklar aksiya, obligatsiya va barcha ekzotik qimmatli qogʼozlarining xaridorlari va sotuvchilarini bogʼlovchi vositachilar hisoblanadi. Shu jihatdan qaraganda, investitsion banklar moliyaviy vositachi sifatida quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
– pul mablagʼlarini jamlash: alohida iqtisodiy subʼektlarning chakana jamgʼarmalari ulgurji jamgʼarmalarga tranformatsiya qilinadi va kreditorlarga yetkaziladi. Bu oʼrinda investitsion bankning tijorat bankidan farqli jihati jamgʼarilgan mablagʼni oʼzi mustaqil tasarruf eta olmasligidadir. Chunki mablagʼlar bank mijozi ixtiyorida qoladi va uning istagi boʼyicha foydalaniladi;
– pul mablagʼlarini qayta taqsimlash:
a) investitsion banklar qimmatli qogʼozlarni emissiya qilish orqali ortiqcha pul mablagʼlariga ega boʼlgan iqtisodiy subʼektlarning (kreditor) resurslarini mablagʼga ehtiyojmand boʼlgan emitentga oʼtishini taʼminlaydi;
b) investitsion banklarning oʼzi ham bozorga qimmatli qogʼozlarni chiqarishi mumkin, olingan mablagʼlarni esa yana boshqa emitentlarning qimmatli qogʼozlariga investitsiya qiladilar va bu orqali “majburiyatlarning ayirboshlanishi”ni taʼminlaydilar;
– diversifikatsiya yordamida tavakkalchilikni kamaytirish: mijozlarning mablagʼlari evaziga xarid qilingan moliyaviy instrumentlarning yirik portfelini boshqarish orqali kichik investor cheklangan moliyaviy instrument portfeli bilan erisha olmaydigan natijaga, yaʼni qator tizimsiz tavakkalchiliklarni kamaytirishga muvaffaq boʼlad
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, moliyaviy vositachilarning asosiylari sifatida banklar, investitsiya va sug‘urta kompaniyalarini ko‘rsatish mumkin. Ularning moliyaviy mahsulotlariga , boshqalar qatorida, chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro fondlarning qimmatli qog‘ozlari va keng ko‘lamli sug‘urta shartnomalari kiradi. Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi ko‘pgina firmalar, qo‘shimcha faoliyat sifatida xilma-xil moliyaviy axborotlarni yig‘ish va tarqatish bilan shug‘ullanishadi. Biroq, faoliyatning aynan ushbu sohasiga ixtisoslashgan kompaniyalar mavjud. Reyting agentliklari axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi eski kompaniyalardan hisoblanadi. Banklarning asоsiy maqsadi pul mablag’larini kreditоrlardan qarz оluvchilarga va sоtuvchilardan хaridоrlarga o’tkazishda vоsitachilik qilishdir.
Banklar bilan bir qatоrda, bоzоrlarda pul mablag’larni o’tkazishni bоshqa mоliyaviy va kredit - mоliyaviy tashkilоtlar: investitsiоn fоndlar, sug’urta kоmpaniyalari, brоkerlar va hоkazоlar bajarilishlari mumkin. Ikki pоg’оnali bank tizimining zarurligi bоzоr munоsabatlarining qarama-qarshiliklaridan kelib chiqadi. Bir tоmоndan, bu хususiy mоliya mablag’laridan erkin fоydalanish huquqini talab qiladi. Bu quyi pоg’оna banklar-tijоrat banklari оrqali amalga оshiriladi. Ikkinchi tоmоndan, bu munоsabatlarni ma`lum miqdоrda tartibga sоlish nazоrat qilish maqsadli yo’naltirish zarur. Bunday maхsus institut sifatida Markaziy bank yuzaga chiqadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 1992-yil 8-dekabr
2.O’zbekiston Respublikasining “Bank va banklar faoliyati to’g’risida”gi qonuni. 1996-yil 25-aprel.
3.O’zbekiston Respublikasining “Markzaiy bank to’g’risida”gi qonuni. 2019-yil 11-noyabr.
4.Nurmuxamedova B., Kabirova N. “Moliya”, O‘quv qo‘llanma. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2017-yil.
5. X.M.Shennayev, I.K.ochilov, I.G’.Kenjayev, S.E.Shirinov. Sug’urta ishi. Darslik
Download 102,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish