B A Y O N I
7 mart 2022 yil To’rtko’l shahri
Qatnashdi :
guruh rahbari va o’quvchilar
Kun tartibi:
8 mart “Xotin-qizlar” bayrami to’g’risida.
Ushbu masala yuzasidan guruh rahbari S.Ibraginov so’zga chiqib avvalom bor guruhimizdagi barcha qizlarni 8 matr “Xotin –qizlar” bayrami bilan tabriklab, kelgusi hayotida muvaffaqiyatlar tiladi va bayram to’g’risida qisqacha shunday dedi:
Ayol deganda, ko’z oldimizga, avvalo, oq sut berib barchamizni o’z bag’rida asrab- avaylab voyaga yetkazadiga, butun hayotini farzandiga baxshida etadigan dunyodagi eng muqaddas zot – Ona siymosi namoyon bo’ladi.
Mehribon onalarimizning ana shunday buyuk xizmatini so’z mulkining sultoni, ulug’ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning “Jismni qil sadqa ano boshig’a” o’tkazib ifoda etishning o’zi qiyin. Shu ma’noda, asrlar maboynida Yer yuzida hayot davomiyligini ta’minlab kelayotgan aziz va makarram ona siymosi, ayol zoti oldida bosh egib ta’zim qilish barchamiy uchun ham qarz, ham farzdir.
Guruh rahbari o’z so’zini tugatgandan keyin guruhimiz qizlariga atalgan savg’olarni topshirdi.
Yig’ilish raisi: S.Ibraginov
Kompyuter injiniring 3-21guruh yig’ilishining
B A Y O N I
16 mart 2022 yil To’rtko’l shahri
Qatnashdi :
guruh rahbari va o’quvchilar
Kun tartibi:
1.Giyohvandlik-umr zavoli mavzusida suhbat.
2. 21 mart ”Navro’z” bayramlarini nishonlash
Mamlakatimizda yoshlar tarbiyasi, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilgan. Yoshlarimiz ana shu imkoniyatlardan foydalanib o‘z iste’dod va iqtidorini ro‘yobga chiqarmoqda, xalqaro miqyosda yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. Ammo, dunyoda paydo bo‘layotgan dolzarb muammolar, turli illatlar, g‘arazli niyatlardan yosh avlodni asrash, ularga qarshi kurashish ayni paytdagi dolzarb vazifalardandir.
Yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirishga, o‘z domiga ilintirishga urinayotgan ana shunday illatlardan biri giyohvandlikdir. Giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar soni oshib borayotgani dunyodagi eng tashvishli muammolardan biriga aylandi. Achinarlisi, giyohvand moddalarni iste’mol qilayotganlar orasida yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yoshlarni bu illatdan asrashda tushuntirish va targ‘ibot ishlari alohida o‘rin tutadi. Giyohvand moddalar, bu ofat keltirib chiqaradigan illatlar va ularning salbiy oqibatlari haqida yoshlarning keng ma’lumotga ega bo‘lishi bu borada yaxshi samara beradi.
Nafaqat inson salomatligi va taqdiri, balki jamiyat uchun ham juda xavfli hisoblangan giyohvandlik ko‘plab illatlarning manbaidir. Oilaviy hayotga yengil qarash va giyohvandlik tufayli jinoyat ko‘chasiga kirib qolayotgan yoki OITS kabi bedavo dardlarga mubtalo bo‘layotganlar afsuski uchrab turibdi. Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi bunday illatlarning oldini olish ishlari samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Ushbu masala yuzasidan guruh rahbari S.Ibraginov shunday dedi: tinch va osoyishta yurtga bayramlar yarashadi. Darhaqiqat bugun munis onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, kollejimizning o’quvchilari bahor bayramlarini ko’tarinki ruxda nishonlashyapdi. Bugun yana bar qadrli ayyom “Navro’z” bayramiga taraddud ko’ryapmiz. Xalqimizning eng qadimiy bayramlaridan biri bo’lgan navro’zi olam o’zining betakror shukuhi bilan shu yurtda yashayotgan har bir inson qalbiga chuqur kirib boradi, odamiylik , mehr-oqibat, muruvvat va himmat kabi buyuk umuminsoniy g’oyalarni o’zida mujassam etadi. Shuningdek dedi guruh rahbari “Navro’z” bayramining tarixini qozon boshida sumalak pishirib bilib olamiz . So’ngra guruh o’quvchilari sumalak pishirishga kirishdilar
Guruh rahbari: S.Ibraginov
Kompyuter injinirng 3-21guruh yig’ilishining
Do'stlaringiz bilan baham: |