Yig’ilish qarori:
Davlat ramzlarini har bir o’quvchi o’qib o’rgansin.
Kutubxonada mavjud bo’lgan huquqqa doir adabiyotlardan, gazeta va jurnallardan doimo o’qib turilsin.
Guruh rahbari: F. Sultanova
Moliya 1-1 guruh yig’ilishining
Bayonnomasi N 3
16 dekabr 2021 yil.
Qatnashdi: Xotin qizlar qo’mitasi raisi Yaxshimuratova Xosiyat, guruh rahbari va o’quvchilar.
Kun tartibi: O’quvchi – talabalar o’rtasida mobil telefonlardan foydalanish madaniyati mavzusida suhbat.
So’zni guruh rahbari Sultanova Feruza ta’lim muassasalarida mobil telefonlaridan foydalanish tartibidan boshladi: 2012 yil 21 mayda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi mobil telefonlaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 139 sonli qarori qabul qilindi.
Nizomning 6-8 bandlariga asosan, ta’lim muassasasiga kirib kelishda har bir ta’lim oluvchi, xodim, keluvchi va boshqa shaxslar o’z telefoni abonentining chaqiruv ovozini to’liq o’chirib qo’yichi shart.
Ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan o’quv mashg’ulotlari va tadbirlar boshlanishidan oldin ta’lim oluvchilar:
- telefonni o’chirib qo’yichi;
- telefonini portfeli, sumkasi va shu kabilarga solib qo’yishi shart.
Ta’lim oluvchilarga quyidagilar qat’iyan ta’qiqlanadi:
telefonini bo’yniga osib olish, ko’krak cho’ntaklarida, shim, yubka cho’ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga sulash;
telefoni yordamida:
- atrofdagilarga zo’ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ’ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
- ta’lim muassasasining nufuziga, shu jumladan, zo’ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo’li bilan zarar yetkazish;
g) o’quv mashg’ulotlari vaqtida:
- telefon orqali so’zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo’natish;
- telefonni stol ustiga qo’yish;
- musiqa, shu jumladan naushniklar orqali tinglash;
- surat va video tasvirlarni ko’rsatishda telefondan foydalanish (o’yinlar bilan shug’ullanish), tasvir (matn, rasm, videoyozuv va fotosuratlar) ko’rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
- suratga olish va video tasvirga tushirish;
- telefon (GPRS, Bluetooth, Internet va shu kabilar) orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.
Mobil telefonlaridan foydalanishda quyidagilarga ahamiyat bering:
- dam olish xonasida mobil telefonni elektr tokiga ulash mumkin emas;
- mobil telefon apparini tanaga, ayniqsa yurakka yaqin olib yurmang;
- Uyquga ketish oldidan bosh va tanadan uzoqroq joyda saqlang;
- mobil telefondan kuniga 15 minutdan ortiq gaplashish organizmga zarar;
- uzoq foydalanish nerv tizimi va uyquning buzilishi, tez charchab qolish, diqqat va xotiraning pasayishi va bosh og’rig’i kabi salbiy holatlar paydo bo’lishiga olib keladi.
Guruh rahbari: S.Ibraginov
Do'stlaringiz bilan baham: |