Reja:
1. Iqtisodiyot va iqtisodiy faoliyat
2. Iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishi va iqtisodiy fanlarning shakllanishi
3. Iqtisodiy fanlarning shakllanishida asosiy g’oyaviy oqimlar
Iqtisodiyot - bu iqtisodiy ne’matlar va vositalarni takror ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar hamda ularni tartibga soluvchi mexanizmlar va inf r atu zu lmaviy muassasalarning nia’lum darajada tartibga solingan tizimidir.
Iqtisodiyot - bu zaruriy hayotiy ne’mat va vositalarni yaratish yo‘li bilan jamiyat ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi xo‘jalik tizimlari majmuasidir. Har qanday iqtisodiyot bir qator zaruriy bo‘g‘inlar va umumiy tarkibiy tuzilmalardan iborat bo‘ladi.
Kishilaming yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlar va vositalarni ishlab chiqarish hamda iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog'Iiqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, iqtisodiy faoliyat deb ataladi.
Infratuzilma - bu ishlab chiqarish va ayirboshlashning bir me’yorda ro‘y berishi hamda lshchilar turmush kechirishining umuiniy shart- sharoitini tashkil qiluvchi sohalar
Infratuzilma quyidagi turlarlardan iborat bo’ladi:
Ishlab chiqarish infratuzilmasi-bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatadi. Bular saqlash va uzatish vositalari (moddiy texnika ta’minoti, transport, aloqa, yo‘llar, xisoblash markazlari va boshqalar)dir.
Iqtisodiyotning asosiy muammosi - iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qanday qilib qondirib borish mumkinligi to’g’risidagi masaladir.
Siyosiy iqtisod grekcha so‘zdan olingan bo‘lib «politikos» - ijtimoiy, «oykos» - uy, uy xo‘jaligi, «nomos-qonun degani. Ya’ni uy yoki ijtimoiy xo'jalik qonunlari ma’nosini beradi.
1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan Fransuz iqtisodchisi Antuan Monkreten birinchi marta 1615 yilda «Siyosiy iqtisod traktati» nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi. Keyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni tasdiqlab, siyosiy iqtisod keng ma’noda moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlar to‘g‘risidagi fandir, deb yozgan edilar.
Merkantalizm konsepsiyasi asosan proteksionizm siyosatiga tayanadi, ya’ni davlatning iqtisodiyotni boshqarishda qatnashishi, eksportning importdan yuqori bo‘lishi va boylikni ko'paytirishni ta’minlashi zarurligiga e’tibor qaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |