Borning birinchi postulatiga kо‘ra, atom yoki molekulalar sistemasi ayrim stasionar holatlarda turg‘un bо‘lib, bu holatlarda energiya siljishi Yen ham diskret, ham uzluksiz qiymatda bо‘ladi.
Bu energiyaning ixtiyoriy о‘zgarishida sistema bir stasionar holatdan ikkinchisiga sakrab о‘tadi.
Ikkinchi postulatiga kо‘ra. Atom yoki molekula sistemasi, bir stasionar holatdan ikkinchi stasionar holatga о‘tganda yorug‘lik tо‘lqinini yutadi yoki chiqaradi. Bu о‘tishlarda hosil bо‘lgan elektromagnit nurlanish monoxromatik bо‘lib, uning chastotasi quyidagi formula bilan aniqlanadi (1-rasm).
Spektroskopiyada energiya sathi, yoki energetik holat degan tushuncha mavjud. Buni quyidagi rasmda oson kо‘rsatish mumkin. Eng pastki sath asosiy yoki normal holat, qolganlari esa uyg‘ongan holat deyiladi (2- rasm). (2) ifodaga Borning chastotalar sharti yoki nurlanish bilan bog‘liq bо‘lgan mikrojarayonlar uchun energiyaning saqlanish qonuni deyiladi.
(1) va (2) formulalar spektroskopiyaning asosiy ifodalari deyiladi.
Har bir spektral chiziq (yutilish, chiqarish va sochilish) о‘zining chastotasi bilan, integral va spektral intensivligi bilan dipolyarizasiya koeffisiyenti bilan yarim kengligi bilan va boshqa kattaliklari bilan xarakterlanadi.
Spektral chiziqlarning intensivliklari о‘tish ehtimoliyatiga bog‘liq. Faraz qilamizki E1 va E2 energiyalar bilan xarakterlanadigan stasionar holatlar berilgan bо‘lsin. Bu holatdagi sermolekulalikni yoki molekulalarning zichligini N1 va N2 bilan belgilaymiz. Biron dt vaqt ichida birinchi holatdan ikkinchi holatga energiyani yutish bilan о‘tgan molekulalarning soni quyidagiga teng bо‘ladi.
f21-dt vaqt ichida 21 holatga о‘tgan molekulalarning umumiy molekulalar soniga bо‘lgan nisbatini bildiradi yoki nurlanish ehtimoliyatini bildiradi. Uyg‘ongan molekulalar uyg‘ongan holatda abadiy yashamaydi biron yо‘l bilan asosiy stasionar holatga qaytib keladi. Shu molekulalarning qaytib kelishi bilan bog‘liq bо‘lgan quyidagi hodisalar bо‘lishi mumkin.
(1-rasm)
1. Uyg‘ongan molekulalar tashqi maydonning ta’sirisiz ichki kuchlar ta’sirida asosiy holatga qaytadi. Bunday о‘tishga spontan yoki о‘z-о‘zidan о‘tish deyiladi bu vaqtdagi nurlanishga spontan nurlanish deyiladi.
2. Uyg‘ongan molekula tashqi maydon ta’sirida qaytib kelishi mumkin. Bunday о‘tishga majburiy о‘tish yoki majburiy nurlanish deyiladi. Majburiy nurlanish nazariyasini birinchi bо‘lib