http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group
Molekulyar biologiya va biotexnologiya asoslari
1.Oʻsimlik tanasida shish hosil qiluvchi genom boʻlagini belgilang.
a) T-RNK
b) T-DNK
c) I-RNK
d) pBR-322
2. Ipak qurti hujayrasida transgen poliedr virusi necha soat davomida koʻpayadi?
a) 1 sutka
b) 4 sutka
c) 2.5 sutka
d) 1.5 sutka
3. Bakteriyalar kalloniyasini hosi qilish uchun bakteriyani qanday oziq bilan boqiladi?
a) kislorod
b) agar – agar
c) kislorodsiz
c) meva sharbati
4. Gʻoza tomir tolachalari sathida qanday bakteriya turi yashaydi?
a) achituvchi
b) chirituvchi
c) pnevmokokk
d) rizosfera
5. Bakteriyalar irsiy molekulasi tarkibidagi fag qanday holatda boʻladi?
a) profag
b) bakteriofag
c) enzim
d) DNK
6. Pestitsid qoldiqlarini parchalab zararsizlantiruvchi genlar guruhi qaysi bakteriya shtammidan ajratib olingan va qaysi bakteriyaga koʻchirib oʻrkazilgan ?
a) psevdomonas, pnevmokokk
b) tugunak bakteriyasi, rizosfera
c) psevdomonas, rizosfera
d) psevdomonas, chirituvchi bakteriya
7. Vismut-sulfat, agarli muhitda qaysi bakteriya avlodi rivojlanadi va koʻpayadi ?
a) salmonellyoz
b) lyambliya
c) gommoz
d) eyzeniya
8. Tuban eukaroitlarni belgilang.
a) sporalilar, viruslar
b) suvoʻtlar, bakteriyalar
c) zamburugʻlar, bakteriyalar
d) zamburugʻlar
9. Monoklonal antitana nima uchun ishlatiladi ?
a) splenotsitlar va mieloma-rak hujayralardan iborat gibridoma hosil qilish uchun
b) gibridoma hujayralardan pronukleus yaratish va zigotaga kirish uchun
c) xastaliklarni oʻta aniq tashxis qilish uchun
d) poliklonal antitana hosil qilish uchun
10. Mutatsiyaga uchragan mikrorganizmlar qaysi oziq muhitida oʻstiriladi ?
a) oqsilli
b) agar – agarli
c) spirtli
d) kislotali
11. Plazmid tarkibidagi t–DNK boʻlagi oʻsimliklarda qanday oʻzgarishlarga olib keladi ?
a) oʻsimlik tanasida shish hosil qiladi
b) oʻsimlik tanasidagi shishni yoʻqotadi
c) hayvon tanasida shish hosil qiladi
d) hayvon tanasida shishni yoʻqatadi
12. Splenotsitlar qaysi organ hujayralaridan hosil boʻladi ?
a) jigar
b) taloq
c) buyrak
d) yurak
13. Retrotranspozonlar tuzilishiga koʻra nimaga oʻxshaydi ?
a) poligenga
b) ontogenga
c) monogenga
d) RNKga
14. Moddaning har xil antigen gurupalariga alohida antitana sintez qiluvchi hujayralar qanday ataladi ?
a) osteoblastlar
b) splenotsitlar
c) trombotsitlar
d) eritrotsitlar
15. Antitanalar oʻz xossasiga koʻra qanday moddalar hisoblanadi ?
a) oqsil
b) gormon
c) lipid
d) ferment
16. Gibridoma hujayralar olish texnalogiyasi qaysi kashfiyotga asoslangan holda ishlab chiqildi ?
a) restriktazaning kashf etilishi
b) ligaza fermentini olish
c) monoklonal antitananing kashf etilishi
d) hujayra injeneriyasidan foydalanib
17. Transpozaza fermenti DNKmolekulasiga qanday ta’sir koʻrsatadi ?
a) DNK molekulasini yopishqoq uchlar hosil qilib kesadi va transpozon uchlariga biriktiradi
b) DNK molekulasining nukleotidlar izchilligini buzadi
va DNKni reduplikasiya qiladi
c) DNK boʻlaklarining ligaza fermenti ta’sirida kimyoviy bogʻlar orqali bogʻlanishini tezlashtiradi
d) faglar DNKsini bakterya DNKsi bilan biriktiradi
18. Yopishqoq uchlar hosil qilib, ikki molekulani
bir – biriga bogʻlovchi ferment qanday ataladi ?
a) oksidoreduktazalar
b) liazalar
c) ligazalar
d) izomerazalar
19. R–shtammning S–shtammga transformatsiya boʻlishida qanday modda ishtrok etadi ?
a) oqsil
b) iRNK
c) DNK va RNK
d) DNK
20. Transformatsiya natijasida nima oʻzgaradi ?
a) timidinkinaza fermentining miqdori va sifati
b) hujayra irsiyati
c) organizm kariotipi
d) xromosomalarning gaploid toʻplami
21. Retrotranspozonlar oʻsimlik genomining qancha qismini tashkil etadi ?
a) hammasini
b) oʻsimlik genomini tashkil etmaydi
c) chorak qismini
d) yarimini
22. Makkajoʻxori oʻsimligida koʻchib yuruvchi genetik elementlar qaysi olim tomonidan aniqlangan?
a) A.Buxoriy
b) G.Georgiyev
c) J.Bishop
d) B.Klintok
23. Transgen gʻoʻza va bugʻdoy osimliklarini yaratgan olimlarni aniqlang.
a) O.Jalilov va N.Nazirov
b) S.Jatayev va F.Muhammedxonovalar
c) O.Odilova
d) S.Jatayev va O.Odilov
24.Transpozonlar ….
a) qoʻshimcha xromasomalar
b) avtonom plazmidlar
c) koʻchib yuruvchi genetik elementlar
d) avtonom plazmidlar
25. Qaysi plasmid nasldan-naslga oʻtadi?
a) avtonom
b) transmissibl
c) restriktazalar
d) endonukleazalar
26. Antibiotiklarni parchalovchi genlar bir plazmiddan ikkinchisiga nima orqali oʻtadi?
a) tronspozonlar
b) endonukleazalar
c) restriktazalar
d) kallus toʻqima
27. Restriktazalar …. molekulalarni mayda boʻlaklarga boʻluvchi fermentdir.
a) oqsil
b) DNK
c) PNK
d) yogʻlarni
28. Transformatsiya-……
a) ona hujayrani ketma-ket boʻlinishidan hosil boʻlgan koloniya
b) qizdirish yoʻli bilan bijgʻishdan halos boʻlish
c) bir organizm irsiy molekulasini ikkinchi organizm molekulasi bilan birikishi
d) DNK molekulasini profagdan holatdan ajralib chiqishi
29. Lizis bu …
a) fag bilan zararlangan bakteriya koloniyasining yoʻqolishidir
b) fag bilan zararlangan ba’zi bakteriyalarning ofatdan qutilishi
c) bakteriya avlodi koloniyasini vujudga kelishi
d) DNK boʻlagining xromasoma bilan birikishi
30. “Tikuvchi” fermentni aniqlang.
a) restriktaza
b) polimeraza
c) ligaza
d) integraza
31. Qanday yoʻl bilan ichak tayoqchasi bakteriyasida insulin sintezi amalga oshiriladi?
a) genotipiga insulin geni orqali ta’sir etish bilan
b) xromasomasini oʻzgartirish bilan
c) insulin gormoni sitezini nazorat qiluvchi gen ta’sirida
d) insulin gormoniga ichak tayoqchasi bakteriyasining genlarini kiritish bilan
32. Maxsus tuzilishga ega boʻlgan DNK boʻlagining xromasoma bilan birikishi va undan ajralish jarayonida oʻzi bilan birga genni koʻchirib chiqish jarayoni nima deb ataladi?
a) transformatsiya
b) transduksiya
c) lizogen reaksiya
d) ekssiziya
33. Plazmidlar tarkibi asosan qanday genlardan iborat?
a) oqsilni parchalovchi va sintez qiluvchi
b) organizmni oʻstiruvchi gormonlarni sintezlovchi
c) zaharli moddalarni toʻplovchi fermentlarni sintezlovchi
d) zaharli toksinlarni parchalovchi fermentni sintezlovchi
34. Hozirgi kungacha nechtadan ortiq retriktazalar oʻrganilgan?
a) 200 ta
b) 300 ta
c) 400 ta
d) 500 ta
35. Plazmidlar ikki xil boʻladi. Bular qaysilar?
a) hujayralardagi qoʻshimcha xromasomalar va rekombinatsiya boʻla oladigan
b) DNK izchilligini kesib, rekombinatsiya boʻla oladigan va avtonom holda replikatsiyalanuvchi
c) asosiy xromosoma bilan birikuvchi va transpozonlar bilan birikkan holda koʻchib oʻtuvchi
d) asosan antibiotik sintez qiladigan, DNK molekulasini mayda boʻlaklarga boʻluvchi fermentni sintez qiladigan.
36. Qaysi plazmid asosiy xromosomag birika olmayd?
a) transmissibl
b) avtonom
c) restiriksion
d) transpozon
37. Genetik injineriya qanday darajada amalga oshiriladi?
1.toʻqima 2.hujayra 3.organizm 4.xromosoma 5.ferment 6.gen
a) 1.2.5
b) 1.2.3
c) 2.3.4
d) 2.4.6
38.Faglarning litik reaksiyasi deb nimaga aytladi?
a) fag bilan zararlangan bakteriya koloniyasining
yoʻqolishiga
b) fag bilan zararlangan bakteriyalarning ayrimalarini
ofatdan qutilib qolishiga
c) faglarning faol holatidan nofaol holatga oʻtishiga
d) fagning bakteriya xromosomasining maxsus
nukleotidlarning izchilligini kesib birikishiga
39.Transpozonlarni qaysi olimlar kashf etgan?
1)Barbara Makklintok; 2.Griffit; 3.Lvov; 4.Ahmad Buxoriy; 5. L.Paster; 6. Boyer 7. G.Georgiyev
a)1.3.5
b)1.4.7
c)2.5.6
d)2.3.6
40. Transmissibl plazmid qaysi paytda oʻz
mustaqilligini yoʻqotadi?
a) asosiy xromosomaga birikmaganda
b) asosiy xromosomaga birikish oldidan
c) asosiy xromosomaga birikkandan keyin
d) hujayradan hujayraga koʻchib oʻtganda
41. Yoʻnaltirilgan mutatsiya deb qanday
usulga aytiladi?
a) gen injenerligi usuli yordamida hujayrani koʻchirib
oʻtkazish biotexnologiyasiga
b) DNK boʻlagning xromasoma bilan birikishi va undan
ajralib chiqish usuliga.
c) gen injenerligi usullarni qoʻllash yordamida
bakteriya klonlarini hosil qilish usuliga
42. Hujayra darajasidagi genetik injeneriya qanday amalga oshiriladi?
a) ikki hujayrani qoʻshish bilan
b) hujayra yadrosiga qoʻshimcha xromosomalar kiritish
c) transgen hujayradan sun’iy sharoitda yetuk oʻsimlik oʻstirish orqali
d) vektor konstruksiyani hujayraga kiritish va transgen hujayra olish orqali
43. Gen darajasidagi genetik injeneriya qanday bosqichlarda amalga oshiriladi ?
a) ahamyatga ega boʻlgan gen funksiyasi orqali qidirib topiladi, ajiratib olinadi va tizilishi oʻrganiladi
b) ajratib olingan gen xromosoma DNKsi bilan rekombinatsiyalanuvchi biror fag geni bilan biriktirilib, vektor konstruksiyasi yaratiladi
c) vektor konstruksiya hujayraga kiritiladi va transgen hujayra olinadi. Transgen hujayradan sun’iy sharoitda yetuk oʻsimlik oʻstiriladi
d) yuqoridagilarni barchasi
44. Restriktazalar deb nimaga aytiladi?
a) DNK molekulasining qoʻsh spiralini hosil qilishda ishtirok etuvchi fermentlarga
b) asosiy xromosomadan bir necha barobar kichik boʻlgan DNK halqasiga
c) DNK molekulasini mayda boʻlaklarga boʻluvchi fermentlarga
d) bir plazmiddan ikkinchisiga transpozon bilan birikib oʻtadigan gen
45. Amerkalik olimlar Boyer va Koenlar tomonidan biotexnologiyaga oid qanday ishlar amalga oshirilgan?
a) tuban eukaroit hujayralarda asosiy xromosomadan tashqari qoʻshimcha xromasomalar borligini isbotlashgan
b) koʻchib yuruvchi genetik elementlarni kashf etishgan
c) bir organizm irsiy boʻlagini bashqa organizm irsiy molekulasiga birikishini aniqlashgan
d) sun’iy sharoitda rekombinat DNK olish va genlarni klonlashni kashf etgan
46. Kallus toʻqima deb nimaga aytiladi?
a) tronsformatsiya qilingan oʻsimlik hujayrasining boʻlinishi natijasida ma’lum bir programma asosida rivojlanmaydigan hujayralar toʻplami
b) tronsformatsiya qilingan oʻsimlik hujayrasining bir tekis boʻlinadigan hujayralar toʻplami
c) transformatsiya qilingan oʻsimlik hujayrasidan trasgen oʻsimlik olish
d) oʻsimlik embrionini hosil qiladigan hujayralar toʻplami
47. Zamburugʻlarning zaharli toksinlarga chidamliligini nima ta’minlaydi?
a) plazmidlar
b) transpozonlar
c) klonlar
d) endonukleazalar
48. Plazmidlar qanday genlardan tuzilgan?
1. antibiotiklani parchalovchi, ferment sintez qiluvchi 2.toksinlarni parchalovchi fetment sintez qiluvchi 3. uglevodlarni parchalovchi fermentni sintez qiluvchi 4.oqsilni parchalovchi fermentni sintez qiluvchi 5. yogʻni parchalovchi fermentni sintez qiluvchi
a) 1.2
b) 2.3
c) 3.4
d) 4.5
49. Nima sababdan monoklonal antitanalar olish biotexnalogiyasi yaratildi?
a) restriktazalar
b) genlarni klonlash
c) restriktaza va ligaza fermentlarining kashf etilishi
d) gibridoma texnologiyasi
53. Yuksak hayvonar klonlarini yaratish biotexnologiyasini qaysi olim nechanchi yili ishlab chiqan ?
a) C. Kanash 1965
b) Griffit 1960
c) Lvov 1970
d) J. Gerdon 1977
54. Avtonom plazmidlarga xos xususiyatni aniqlang ?
1 asosiy xromosomga birikadi 2 asosiy xromosomaga birika olmaydi 3 oʻz – oʻzini replikatsiya qiladi 4 oʻz – oʻzini reolikatsiya qilolmaydi 5 nasldan nasilga oʻtadi
a) 1.4
b) 2.3
c) 2.5
d) 4.5
55. Transpozonlarning koʻchib yurishi qaysi vaqitda oshadi ?
a) yashash muxiti keskin oshganda
b) koʻpayish urchish davrida
c) oziqlanish keskin oʻzgarganda
d) plazmidlar hosil boʻlagnda
56. gen terapiya …
a) genlarni koʻchib oʻtishi
b) oʻzgargan genlarni tuzatish
c) yangi genlar hosil qilish
d) gibridom hujayralar olish
56. Xalq hoʻjaligida va meditsina ucun xar xil moddalar ishlab chiqarish maqsadida tirik oʻrganizimlar va biologic jarayonlardan faydalanuvchi sanoat mrtodlari nima diyiladi ?
a) gen injenerligi
b) hujayra injenrligi
c) biotexnologiya
d) mikroorganizmlar seleksiyasi
57. Transpozonlar qanday tuzilishga ega ?
a) transpozonlar murakkab biologik tuzilma
b) trznspozonlarning ikki uch yopishqoq tuzilishga ega boʻlib
ligaza yordamida DNK ga ulanadi
c) ikki chetida nukleotidlar izchilligi markazidan bir nechta fermentlarni sintezlavchi genlar joylashgan
d) ikki cheti maxsus nukleotidlar ketma – ketligi markazidan transpozana fermentini sintez qiluvchi genlar joylashgan
58. Transpozon DNK molekulasiga qanday qilib birikadi ?
a) transpozaza fermenti DNK qopishqoq uchlar hosil qilib notekis kesadi va transpozon uchlariga qovishtiriladi
b) transpozon DNK molekulasiga bevosita birikadi
c) xromosoma DNK si bilan transpozon ligaza
d) A va c javoblar toʻgʻri.
59. Bakteriya va tuban equrot hujayralardagi qoʻshimcha xromosomalar nima deb ataladi?
a) klonlar
b) transpozonlar
c) plazmidlar
d) restriktazalar
60. E.Coli bakteriya xromosomasi va L.Fag molekulasining rekombinatsiyalanishi qanday ataladi?
a) duplikatsiya
b) trasformatsiya
c) trasduksiya
d) eksiziya
61. Koʻchib yuruvchi genetic elementlar molekulalarining markaziy qismidagi genni sintezlaydigan moddani belgilang.
a) transpozon
b) trnpozaza
c) integraza
d) ligaza
62. Bakteriya hujayrasiga kirgan virus ineksiyasidan qoʻriqlash vazifasini nima bajaradi?
a) bakterofag
b) limfotsit
c) restriktaza
d) traspozaza
63. Getrolitik DNK boʻlagini plasmid tarkibiga klonlashda rekombinat plasmidli hujayra plazmidsiz bakteriyadan qaysi xususiyatiga qarab olinadi?
a) antibiotikka chidamliligiga koʻra
b) molekulalarini ogʻirligi
c) gen kovaklardan oʻtishi
d) suvda erishi
64. Antitana sintezlovchi limfasit hujayrasi bilan cheksiz boʻlinuvchi rak hujayrasini bir-birga qoʻshish natijasida olingan hujayra nima deyiladi?
a) kallus toʻqima
b) gibridoma
c) genlarni klonlash
d) vector konstruksiya
65. Qaysi organism hujayralarida qoʻshimcha xromosomalar boʻladi?
a) viruslar, prokaroidlar
b) bakteriya va tuban ekaroidlarda
c) koʻk-yashil suvoʻtlari va yuksak oʻsimliklarda
d) koʻk-yashil suvoʻtlari va ochiq urugʻlilarda
65. Transpozonlar deb nimaga aytiladi?
a) koʻchib yuruvchi genetic elementlar
b) DNK boʻlagining xromosoma bilan birikishi
c) DNK boʻlagining xromosomadan ajralib chiqishi
d) ofatdan qutilgan bakteriya
66.Quyda berilgan hujayralarning qaysi biri tadqiqotchilarda irsiyatni rejali oʻzgartirish fikirini uygʻotdi?
1. DNK strukturasining kshf etilishi 2.DNK irsiyatining moddiy asosi ekanligini tan olinishi 3. transformatsiya
4. trnsduksiya 5. genetic elementlarni koʻchib yurishi
a) 1.4.5
b) 1.3.4
c) 1.2.3
d) 3.4.5
67. Qaysi usuldan foydalanib gibridoma hujayrasini olish biotexnologiyasi yaratildi?
a) gen injineriyasi
b) hujayra injineriyasi
c) xromosoma injineriyasi
d) DNK tuzilishini oʻrganish
68.Bakteriyani klonlash usulini kashf etgan olimni toping.
a) L.Paster
b) Lvov
c) Griffit
d) Arrenus
69. Gen injineriyasi yoʻli bilan plazmid tarkibiga DNK boʻlagi kiritiladi. Bu usul bilan nima hosil qilinadi?
a) shtamm
b) kallus toʻqima
c) vektor konstruksiya
d) rekombinat plazmida
70. Gen injineriyasi yutuqlarini hujayra injineriyasi yutuqlari bilan uygʻunlashtirish natijasida qanday organizmlar olish biotexnologiyasi yaratildi?
a) transgen
b) mutagen
c) gʻoʻza
d) kartoshka
71. Oʻsimlikda shish hosil boʻlishiga … sabab boʻldi .
a) Ti – plazmidaning T – DNK geni
b) agrobakteriumning genofori
c) Ti – plazmidaning T – RNK geni
d) vector konstriksiyasi
72. Biologiya tarixida genetka faniga nechanchi yili asos solingan ?
a) 1886
b) 1930
c) 1935
d) 1900
73. Quydagi xromosoma kasalliklarining qaysi bir jinsiy xromosomalarining oshishi (1) jinsiy xromosomalarning kaayishi (2) autosomalar sonining (3) oʻzgarishi bilan bogʻliq
a. Daun sindromi b. Klaynfelter sindromi
c. Shereshevskiy - Trhyer sindromi
a) 1 – a 2 – b 3 – c
b) 1 – b 2 –c 3 – a
c) 1 – c 2 – a 3 – b
d) 1 – b 2 – a 3 – c
74. Poliklonal antitanga xos xususiyatni toping
a) faqat oʻziga tegishli antitan guruxini taniydi
b) turli antigen aralashmasidan ibarat
c) xar – xil antitana aralashmasidan iborat va faqat oʻziga tegishli antitgen guruppani taniydi
d) bir – xil antitana aralashmasidan iborat
75.R – Shtammning transformatsiyalanishida
S – Shtammning DNK molekulasi qatnashishini qaysi olim va qachon isbot qilgan ?
a) Lvov 1953 yil
b) Georgiev 1953 yil
c) Eyveri 1944 yil
d) Mok Kinton 1950 yil
76. Qaysi moslama yordamida DNK boʻlaklari katta – kichikligiga qarab ajiratiladi, va boʻyaladi.
a) vekor konstruksiya
b) elektroforez
c) elektromagnit
77. Yuksak oʻsimliklarning klonlari qanday yoʻl bilan olinadi?
a) urugʻlar
b) sporalari orqali
c) sporangiyalari orqali
d) qalamchani payvandlash
78.Asos hujayralarini kim va qachon aniqlagan?
a) 1997-yil Roslin
b) 2000-yil Feld
c) 1998-yil Tomson
d) 1977-yil Gyordon
79.”Asos” hujayralarni A vitaminli muhitda oʻstirishdan qanday toʻqimalar sintezlash mumkin?
a) kallus toʻqima
b) nerv toʻqimasi
c) mushak toʻqimasi
d) biriktiruvchi toʻqima
80.Limfotsit va rak hujyralarini qoʻshish natijasida qanday hujayra yaratildi?
a) gepotosit
b) fagosit
c) gibridoma
d) gibrid
81.Monoklonal antitana sintezida qaysi hujayralarning gibridomalari qoʻllaniladi?
a) eritrotsit, mieloma
b) splenosit,mieloma
c) mieloma, granulosit
d) rak hujayrasi, suyak hujayrlari
82 .Gepatit B xastaligini davolash uchun vaksina yartishda qaysi rekombinant virusdan foydalaniladi?
a) NCB
b) poliedr
c) NBB
d) BCB
83.Gepatit B ni chaqiruvchi (1) jigarda rak xastaligini chaqiruvchi (2) va gepatit B ga qarshi vaksina olishda qoʻllanilgan (3) viruslarni koʻrsating:a.NCB/ 2.NBB/ c) poliedr
a) 1-a/ 2-d/ 3-b
b) 1-b/ 2-a/ 3-d
c) 1-b/ 2-a, b/ 3-d
d) 1-d/ 2-a/ b, 3-b
84.Jigarda rak xastaligini chiqaruvchi virus-…
a) poliedr
b) NBB
c) NCB,NBB
d) rizosfera
85.Gen daktiloskopiya usuli-bu….
a) genning DNK izchilligi va genlar spektriga asosan noma’lum shaxsni aniqlash
b) genning RNK izchilligi va genlar spektriga asosan ixtisoslashgan hujayralarni aniqlash
c) genning DNK izchilligi va genlar spektriga asosan ixtisoslashgan hujayralarni aniqlash
d) genning DNK izchilligi va genlar spektriga asosan patologik genlarni aniqlash.
86. Peptonlar-bu….
a) oqsillarni toʻla parchalanishi natijasida hosil boʻlgan mahsulotlar
b) oqsillarning chala parchalanishi natijasida hosil boʻlgan mahsulotlar
c) ferment tabiatiga ega boʻlgan oqsillar
d) oziqlik xususiyatiga ega boʻlgan oqsil
87.Taloqda hosil boʻluvchi va odam organizmning imunitet xususiyatini ta’mninlashda ishtirok etuvchi moddani belgilang.
a) leykotsitlar
b) eritrotsitlar
c) ovositlar
d) limfotsitlar
88. Ipak qurtida kasallik chaqiruvchi virus ... ...
a) poliedr virusi
b) NBB virusi
c) NCB virusi
d) rizosfera virusi
89. Trasgen kalamush olishda qaysi usuldan foydalanilgan?
a) zigotaga boshqa jinsiy hujayra yadrosi kiritiladi
b) zigotaga somatik hujayra yadrosi kiritiladi
c) zigotada boshqa kalamush embrional hujayrasidan olingan yadro kiritiladi
d) zigotaga har xil genlar mikroineksiya qilinadi
90. Qoramolda super ovulyatsiyaning vujudga kelishiga qanday usul orqali erishiladi?
a) yuqori sifatli yem-xashak beriladi
b) gormon ineksiya qilinadi
c) vitamin ineksiya qilinadi
d) kun uzunligi uzaytiriladi
91. Metallar biotexnologiyasida qaysi organizmlardan foydalaniladi?
a) fag molekulalaridan
b) bakteriofag
c) avtotrof bakteriyalardan
d) E.coli
92. Pnevmokokning SvaR shtamlaridagi ,,S’’va,,R’’ harflari nimani koʻrsatadi?
a) pnevmokokkning patogen yoki nopatogenligini
b) pnevmokokk hujayra qobigʻining holatini
c) transformatsiyalanganligini
d) aktivligini
93. Qaysi molekula asosiy xromosomadan ajralgan holda ham mustaqil halqa molekula sifatida faoliyat yurita oladi?
a) transpozon
b) retrotranspozon
c) transmissibl plazmid
d) avtonom plazmid
94. Genomdan oʻzini qirqib boshqa joyga koʻcha oladigan molekulalarni koʻrsating
a) transpozon
b) retrotranspozon
c) transmissibl plazmid
d) avtonom plazmid
95. DNK molekulasining neytral sharoitdagi zaryadi qanday boʻladi?
a) musbat
b) manfiy
c) zaryadsiz
d) oʻlchamiga qarab musbat yoki manfiy
96. Yot DNK boʻlagini plazmid tarkibiga klonlashda antibiotikka chidamlilik geni qayerda joylashadi?
a) plazmidada
b) agrobakteriumda
c) yot DNK boʻlagida
d) bunday gen yoʻq
97. Elektroforez gelidan xohlagan kattalikdagi DNK boʻlagini qanday ajratib olish mumkin?
a) kuchli elektron maydon ta’sirida
b) kuchli qizdirib
c) gen tortuvchi uskunalar yordamida
d) suvda eritib
98. Kallus toʻqimadan qanday qilib embrional toʻqima olish mumkin?
a) oʻsimlik gormonlari va boshqa regulyatorlar vositasida
b) hujayraga maxsus programma kiritib
c) ma’lum vaqt oziqlantirishni cheklab
d) tuproqqa ekib
99. Vektor konstruksiya kiritishdan hosil boʻlgan rekombinant agrobakterium ma’lum muddat...bilan oʻstirilganda vektor oʻsimlik genomiga rekombinatsiyalanadi.
a) о’simlik hujayrasi
b) oʻsimlik yadrosi
c) oʻsimlik protoplazmasi
d) oʻsimlik qobigʻi
100. Qaysi biologik fanlarning rivojlanishi natijasida zamonaviy biotexnologiya kelib chiqdi?
1. evolutsion ta’limot 2. biokimyo 3. ekologiya 4. mikrobiologiya 5. gen injenerligi 6. genetika
a) 1.3.5
b) 2.4.6
c) 2.3.5
d. 1.4.6
101. Yangi organ yaratish biotexnologiyasi genetik injeneriyaning qaysi usuli orqali olindi?
a) teri
b) xromosoma
c) hujayra
d) gen va xromosoma
102. Retrotranspozonlar bir joydan ikkinchi joyga koʻchganda sintezlanadigan moddani koʻrsating?
a) i RNK
b) t-DNK
c) m RNK
d) r RNK.
103. Transgen banan oʻsimligini ahamiyati nima?
a) yuqumli kasaliklarga qarshi vaksina sintez qilish
b) vitaminlar sintezini tezlashtiradi
c) irsiy kasaliklarni davolaydi
d) yuqumli kasaliklarga qarsgi vaksina sintez qilish va irsiy kasalliklarni davolaydi
104. Retrotranspozon-bu mRNK vositasida oʻz nusxasini sintezlab, genomning boshqa joyiga koʻchiradigan virussimon ... molekulasi
a) DNK
b) RNK
c) oqsil
d) nukleoproteid
105.Ekzon – bu...
a) genning ma’lumot yozilmagan qismi
b) genning ma’lumot yozilgan qismi
c) genning transkripsiyalanmaydigan qismi
d) distrofinda mutatsiya hosil qiluvchi modda
106. DNK ni yopishqoq uchlar hosil qilib kesuvchi fermentni aniqlang
a) interferon
b) integratsiya
c)integraza
d) transferaza
107. Profagning bakteriya genomidan chiqib ketish jarayoni nima deb ataladi?
a) induksiya
b) ekssiziya
c) litik reaksiya
d) lizogen reaksiya
108. Quyidagi kashfiyotlarning qaysi biri gen injenerligi fanining paydo boʻlishiga sabab boʻldi?
1.DNKni spetsifik boʻlaklarga boʻluvchi enzimlarning kashf etilishi
2.DNK nukleotidlarining spetsifik ketma ketligini aniqlash
3. elektroforez uskunasining kashf etilishi
4. DNK boʻlaklarini ulovchi enzimlarning ochilishi
a) 1.2.3
b) 1.2.4
c) 1.3.4
d) 1.2.3.4
109. Vektor konstruksiya vositasida bakteriya hujayrasiga kiritilgan yot DNK boʻlagi nima deb ataladi?
a) geteroxromatin
b) geterologik
c) geterozigota
d) rekombinant DNK
110. Restriktazalar vositasida parchalangan DNK boʻlaklari elektroforez moslamasida nimasiga binoan ajratiladi?
1. zaryadi 2. oʻlchami 3.tuzilishi 4.tarkibi
a. 1.3
b. 2.4
c. 1.2
d. 1.2.3.4.
111. Profag holatidagi fagning aktiv holatga oʻtib litik reaksiyaga kirishi nima deyiladi?
a) lizis
b) lizogeniya
c) induksiya
d) ekssiziya
112. Jigarda rak xastaligini keltirib chiqaruvchi qaysi virusning turli genotipi ajratib olindi va ularning soni nechta?
a) NCB, 6xil
b) NBB, 6xil
c) NCB 3 xil
d) NBB, 4 xil
113. Rizosfera bakteriyasiga qaysi bakteriyadan genlar oilasi koʻchirib oʻtkazilgan?
a) T-DNK
b) E.coli
c) Nitrifikator
d) Psevdomonas
114. Kim rizosfera genomiga psevdomonas bakteriyasining genlarini koʻchirib otkazgan?
a) R.S Muhamedov
b) Z. Boʻriyev
c) Sh.S.Azimova
d) O.G. Odilova
115. Adliya vazirligining sud med-eskspertiza boʻlimi ,,Geninmar’’ bilan hamkorlikda qaysi usulni tadbiq etishdi?
a) polidaktiliya
b) braxidaktiskopiya
c) daktiloskopiya
d) dermatoglifika
116. Respublika kardiomarkazi qaysi genning irsiylanishini oʻrganmoqda?
a) dilyatatsion kardiomiopatiya
b) miokard infarkti
c) ishemiya
d) insult
117. AQSh qishloq xoʻjaligi va mexanika universiteti biotexnologiya markazi bilan hamkorlikda qanday genlar ajratib olingan?
a) poliedr virusi genlari
b) rizosfera bakteriyasi genlari
c) bugʻdoyning gullashini boshqaradigan
d) gʻozaning gullashini boshqaradigan
118.S.Jatayev va F. Muhamedovalar genetik injeneriya sohasida qanday ish olib borishgan?
a) quyon zigotasiga oʻstiruvchi gen kiritishdi
b) gʻoʻza va bugʻdoyning gerbitsidga chidamli navlarini yaratishdi
c) paxtaning gullashini boshqaradigan formalarini yaratishdi
d) poliedr virusining genini olishdi
119. F. Grifit tajribalaridan olingan natijalarni qaysi olim tushuntirib bergan ?
a) J. Tomson
b) J. Gyordan
c) F. Grifit
d) O. Eyveri
120. Organizimga kirgan begona gen qanday nomlanadi ?
a) antibioz
b) antitoksin
c) antigen
d) antitana
121. J. Hamidov qanday transgen formani yaratdi ?
a) tuproqni gerbitsid va pestitsidlardan tozalovchi bakteriyalar
b) bugʻdoy va gʻoʻzani gerbitsidga chidamli navlarini
c) tuproqdagi simobni oʻzlashtradigan oʻsimlik
d) tez oʻsuvchi va yirik quyon
122. Biotexnologiya sohasiga oid ilmiy ishlar oʻtkazishda qatnashmagan Oʻzbekiston olimlarini aniqlang ?
a) R. Muhammedov b) O. Odilova c) j. Musayev
d) N. Nazirov e) J. Hamidov f) O Jalilov j) Sh. Azimova
k) I. Abdurahmonov i) D. Abdukarimov
a) a, b, e, j, k
b) a, b, c, d
c) e, f, j, k, i
d) c, d, f, i
123. Rekombinat DNK olish va genlarni kodlash biotexnologiyasini ilk bor qaysi olim amalga oshirgan?
a) J.Gyordon c) Keller
b) Roslin f) Milshteyner
c) J.Tomson j) Boyer
d) I.Abdukarimov k) Koen
a) c,d
b) a,b
c) j,k
d) e,f
124. Transpozon tarkibidagi gen tomonidan kodlangan DNK malekulasini “yopishqoq” uchlar hosil qilib kesuvchi fermentni aniqlang.
a) transpozaza
b) endonukleaza
c) ligaza
d) resrtriktaza
125. Transgen banan qanday yaratilgan va uning xususiyatlarini aniqlang.
a) banan genomiga yuqumli kasalliklarga qarshi vaksina ishlab chiqaradigan gen kiritib
b) zigotasiga somatik hujayrasining yadrosi koʻchirib oʻtkazilgan
c) mevasini iste’mol qilganda ayrim yuqumli kasalliklarga immunitet hosi boʻladi
d) urugʻ va mevasidan vaksinalar tayyorlanadi va bolalar emlanadi
a) a.b.c.d
b) a.c.
c) c.d
d) a.b
126. Qaysi olimlar hayvonlar klonini yaratishda oʻz xisalarini qoʻshishgan ?
a. J. Gyordon; b. Roslin; c. J. Tomson; d. I. Abdukarimov;
e. Keler; f. Milshteyn; j. Koen
a) j, k
b) c, d
c) e, f
d) a, b
127. DNK ning ikki hissa ortishi nima deyiladi ?
a) reduplikatsiya
b) degeneratsiya
c) renaturatsiya
d) denaturatsiya
130. Transformatsiya jarayonini kashf etgan olimni aniqlang ?
a) J. Gyordon
b) J. Tomson
c) O. Eyveri
d) F. Grifit
131. Koʻchib yuruvchi genlar majmuasi qanday nomlanadi?
a) endonukleaza b) plasmid
c) gibridoma d)transpazon
132. Hayvonlarda koʻchib yuruvchi genlarni kashf etgan olimni aniqlang?
a) A. Buxoriy
b) G. Georgiyev
c) B. Mak-Klintok
d) J. Bishop
133. Yangi organlar yaratish texnalogiyasini qaysi olim(lar) kashf etgan?
a) J.Gyordon b) Roslin c) J.Tomson d) I.Abdukarimov
e) Keler f) Milshteyn j) Boyer k) Koen
a) a,b,d
b) j,k
c) e,f
d) c
134. Organizmning irsiyatini oʻzgartirishda qaysi jarayonlardan keng foydalaniladi?
a) trasformatsiya b) trasduksiya c) simbioz d) klonlash
a) a,d
b) b,d
c) a,b
d) a,b,c,d
135. Yot genni hujayraga kiritib, undan sun’iy sharoitda yaratilgan yangi xususiyatli oʻsimlik-.....
a) lizogen
b) gibridoma
c) klon
d) transgen
136. Mikrorganizmlarda koʻchib yuruvchi genlarni kashf etgan olim (lar) ni aniqlang?
a) J. Bishop
b) A. Buxoriy, J.Bishop
c) B. Makklinton
d) G. Georgiyev, A. Buxoriy
137. DNK boʻlagini klonlashda vektor sifatida nimadan foydalanish mumkin?
a) virusning DNK molekulasidan b) traspozondan
c) plazmidlardan d) endonukleazadan e) gormonlardan
a) c,d,e
b) a,b,c
c) b,c,e
d) a,b,d
138. Bakteriya hujayrasiga ma’lum genlarni kiritish usuli nima deb ataladi?
a) gen muhandisligi
b) xromosoma muhandisligi
c) hujayra muhandisligi
d) genom muhandisligi
139. ... oʻrtacha 3-10 dona genlardan iborat boʻlib, ularning 2 xili farqlanadi.
a) restriktazalar
b) transpozonlar
c) antigenlar
d) plazmidlar
140. O. Odilova qanday transgen formani yaratgan?
a) tuproqdagi simobni oʻzlashtiradigan oʻsimlik
b) tuproqni gerbitsid va pestitsidlardan tozalovchi bakteriya
c) tez oʻsuvchi va yirik quyon
d) bugʻdoy va gʻozaning gerbitsidga chidamli navi
141. Sun’iy sharoitda tez koʻpayadigan va antitana sintezlovchi duragay hujayrani yaratgan olimlarni aniqlang.
a) J. Gyordon b) Roslin c) J. Tomson d) I. Abdukarimov
e) Keler f) Milshteyn j) Boyer k) Koen
a) c, d
b) e, f
c) a, b
d) j, k
142. Avtonim (a) va transmitsibl (b) plazmidlarga xos hususiyatni aniqlang.
1. DNK si halqasimon tuzilgan
2. 3-10 ta geni bor
3. qiz hujayralarga tasodiffiy tarqaladi
4. asosiy xromasomaga birika oladi
5. asosiy xromosomaga birika olmaydi
6.oʻz-oʻzini mustaqqil replikatsiya qilish xususiyatiga ega
7. tarkibida antibiotikka chidamlilik geni bor
8. Asosiy xromosomaga rekombinatsiyalana oladi
9. antibiotikka chidamlilik geni bir plazmiddan, ikkinchisiga traspozon orqali oʻtadi.
A) a) 1.2.3.5.6.7.9 b) 1.2.3.4.7.8
B) a) 1.2.3.5.6.7.9 b) 1.2.4.7.8.9
C) a) 1.2.5.6.7.9 b) 1.2.4.7.8
D) a) 1.2.3.4.5.6.7 b) 1.2.3.4.5.7.8.9
143. Transmitsibl va avtonom plazmidlarining oʻxshashligini aniqlang.
1.DNK molekulasi xalqasimon
2.qiz hujayralariga tasodifiy taqsimlanadi.
3.3-10 ta geni bor
4.asosiy xromosomaga birika oladi
5.antibiotikka chidamli geni bor
6.antibiotikni parchlovchi genlar 1-plazmadan 2-siga transpozon orqali oʻtadi
a) 1,2,3,5,6
b) 1,3,4,5,6
c) 1,2,3,46
d) 1,3,5,6
144. Qaysi ferment (lar) DNK molekulasini “yopishqoq” uchlar hosil qilib kesadi?
a) transpozaza, ligaza
b) ligaza
c) restriktaza
d) endonukleaza, transpozaza
145. Rekombinant DNK olish usulining amaliy ahamyatini koʻrsating.
a) yuqoridagilarning barchasi toʻgʻri
b) antibiotikka chidamlilik genlarini antibiotikka chidamsiz organizmga kiritiladi
c) organizmlarning foydali hususiyatlarini koʻpaytiriladi
d) organizmning kerakli genlarini klonlanadi
146. F.Griffit tajribalarida olingan natijalarni qaysi olim tushuntirib bergan?
a) J. Tomson
b) F. Griffit
c) J. Gyorton
d) O. Everi
147. Gibridoma qaysi hujayralarning qoʻshilishidan hosil boʻladi?
a) splenotsit va miyeloma
b) limfotsit va virus
c) agrobakteriya va oʻsimlik hujayrasi
d) bakteriya va rak hujayrasi
148. Qaysi olimlar hayvonlar klonini yaratishda oʻz xissalarini qoʻshishgan?
a) J.Gyordon b) Roslin c) J.Tomson
d) I.Abdukarimov e) Keler f) Milshteyn
j) Boyer k) Koen
a) j,k
b) e,f
c) a,b
d) c,d
149. Kesib olingan DNK boʻlaklari ligaza fermenti yordamida bir-biriga qanday bogʻlar yordamida ulanadi?
a) kovalent
b) dipole
c) vodorod
d) disulfide
150. Zaxarli toksinni parchalovchi fermentni kodlovchi gen nima tarkibida uchraydi?
a) tranpozon
b) gipridoma
c) endonukleaza
d) plazmid
http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group
Do'stlaringiz bilan baham: |