MOLEKULANING TUZILISHI VA KIMYOVIY BOG’LANISH. KOVALENT, ION, METALL, VODOROD BOGLANISHLAR. KOVALENT BOG’LANISH XOSSALARI.
Elektronlar yadrolar ortasida taqsimlanishi bo’yicha kimyoviy bog’lanish Kimyoviy bog’lanish – ikki yoki bir necha atomning elektron almashishi natijasida hosil bo’ladigan o’zaro ta’sir. Atomlar kimyoviy bog’ hosil qilishda ular o’zining sirtqi qavatini barqaror oktet (Sakkiz elektronli) yoki dublet (ikki elektroknli) qilishga intiladi. Elektronlar yadro lar ortasida taqsimlanishi bo’yicha kimyoviy bog’lanishlar quyidagi turlarga bo’linadi: kovalent (qutbli, qutbsiz va donor-akseptor) ion, vodorod va metall bog’lanishlar. Kimyoviy bog’ hosil bo’lishida elementlarning elektromanfiyliklari muhim o’rin egallaydi.
Kovalent bog’lanish – elektron juftlar vositasida vujudga keladigan bog’lanishdir. Bunda hosil bo’lgan juft har ikkala atomga tegishli bo’ladi. Kovalent bog’lanish ikki xil mexanizm bilan hosil bo’ladi:
1. Almashinnuv mexanizmi – bunda har bir atom bittadan juftlashmagan elektronni berib, umumiy elektron juftni hosil qiladi:
2. Donor – akseptor mexanizmi – bunda bir atom (donor) elektron jufti bilan, ikkinchi atom (akseptor) esa bo’sh orbital bilan ishtirok qiladi
Ikki atom orasida bir necha juft elektron umumlashuvi mumkin. Bunda karrali bog’lar (qo’sh bog’, uch bog’) hosil bo’ladi. Agar hosil bo’lgan umumiy elektron jufti har ikkala atom uchun simmetrik joylashsa, bunday bog’lanish qutbsiz kovalent bog’lanish deyiladi
Qutbsiz kovalent bog’lanish elektromanfiyliklari bir xil bo’lgan element atomlari orasida sodir bo’ladi (N2, O2, …). Hosil bo’lgan elektron jufti bir atom tomon siljigan bo’lsa, bunday kovalent bog’lanish qutbli bog’lanish deyiladi.
Kovalent bog’ hosil qilgan atomlarning elektromanfiyliklar farqi qancha katta bo’lsa, bog’ning qutbliligi Shuncha katta bo’ladi (N2O, NH3…). Agar element atomlarining nisbiy elektromanfiyliklar farqi katta bo’lsa, hosil bo’ladigan elektron jufti elektromanfiyligi katta bo’lgan atomga o’tadi va ionlar hosil bo’ladi.
Ion bog’lanish – qarama - qarshi zaryadlangan ionlar orasida sodir bo’ladigan elektrostatik tortish kuchlari natijasida vujudga keladigan bog’lanishdir.
(natriy ftorid natriy ionlari Na+va ftorid ionlaridan F- tashkil topgan)
Ion bog’lanish kovalent bog’lanishdan farq qilib, to’yinuvchanlik va yo’naluvchanlik xossalariga ega emas. Ion bog’lanishli moddalar kristall moddalar bo’lib, ularning suvda eritmalari kuchli elektrolitlardir. Bunday bog’lanishli moddalarning suyuqlanish va qaynash haroratlari yuqori bo’ladi.
Vodorod bog’lanish – bir molekulaning musbat zaryadlangan vodorodi bilan ikkinchi molekulaning manfiy zaryadlangan atomi bilan vujudga keladigan bog’lanishdir. Vodorod bog’lanish qisman elektrostatik, qisman donor-akseptor xususiyatga ega. Vodorod bog’lanish suv, spirtlar va karbon kislotalarning yuqori haroratda qaynashiga Sabab bo’ladi. Vodorod bog’lanish: ichki molekulyar va molekulalararo turlari mavjud.