Moʻjizaviy temir


Yana, Biz temirni tushirdik»



Download 29,83 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi29,83 Kb.
#896621
1   2   3
Bog'liq
Mavzu30

Yana, Biz temirni tushirdik» jumlasidagi «yana» soʻzi mana shu fikrni nazarda tutayotgan boʻlishi mumkin. Biroq bu oyatning aynan temirni eslatayotgani, XX asrning oxirida qilingan bu kashfiyotlarni hisobga olganda, juda hayratlanarlidir. Mashhur mikrobiolog Maykl Denton oʻzining Natureʻs Destiny (Tabiatning taqdiri) kitobida temirning ahamiyatiga shunday urgʻu beradi:

Barcha metallar ichida temirdan oʻzga hayog uchun muhimroq boʻlgan metall yoʻq. Yulduzning markazida jamlangan temir uning portlashi va shundan soʻng hayot uchun zarur atomlarning kosmos boʻylab tarqalib ketishini yuzaga keltiradi. Tortishish kuchi temir atomlarini dastlabki Yer markaziga qarab tortgan va bu Yerning boshlangʻich kimyoviy differentsiatsiyasiga, dastlabki atmosferaning gazlanishiga, pirovardida gidrosferaning yuzaga kelishiga sabab boʻlgan issiqlikni keltirib chiqargan. Yerning markazidagi ulkan dinamo-mashinadek faoliyatda boʻlgan erigan temir Yerning shunday magnit maydonini hosil qiladiki, u oʻz navbatida, Van Allen radiatsiya belbogʻlarini yaratadi. Bu belbogʻlar Yerning yuzasini yuqori energiyali oʻtkir kosmik radiatsiyalardan himoya qiladi va ahamiyati katga boʻlgan ozon qatlamini kosmik nurlarning vayrongarchiligidan asraydi ... Temir atomisiz kosmosda uglerodga asoslangan hayot boʻlmas edi; na oʻta yangi yulduzlar, na dastlabki yerning isishi, na atmosfera yoki gidrosfera boʻlar edi. Va na himoyachi magnit maydoni, na Van Allen radiatsiya belbogʻlari, na ozon qatlami, na (inson qonida) gemoglobin hosil qiluvchi temir, na kislorodning reaktivligini ushlab turuvchi metall, na oksidlovchi metabolizm (moddalar almashinuvi) boʻlar edi. Hayot va temir oʻrtasidagi, qonning qizil rangi va uzoq masofalardagi yulduzlarning tusi orasidagi qiziq hamda yaqin bogʻliqlik nafaqat metallarning biologiyaga, balki kosmosning biomarkazlashganligiga ham aloqadorligidan darak beradi ..

Bu hisobot temir atomining qanchalik ahamiyatliligini yaqdol koʻrsatadi. Qurʻonda temirga nisbatan alohida eʻtibor qaratilganligi bu elementning ahamiyatli ekaniga ham urgʻu beradi. Bundan tashqari, Qurʻonda boshqa bir yashirin haqiqat ham borki, u ham temirning ahamiyatli ekanligiga diqqatni jalb etadi: temir xususida toʻxtab oʻtilgan Hadid surasining 25-oyati boshqa bir juda qiziq matematik kodlarni oʻz ichiga oladi.
«Hadid» Qurʻondagi 57-sura hisoblanadi. Arabchadagi «al-Hadid» soʻzining abjadi, undagi harflarning sonli qiymatlari qoʻshib hisoblanganda, 57 natijani hosil qiladi. (Abjad hisoblari uchun toʻrtinchi kitobdagi «Qurʻonda raqamli hisoblar (Abjad)» boʻlimiga qarang.)
Yolgʻiz «Hadid» soʻzining sonli qiymati 26 dir. Bu 26 raqami temirdagi atomlar soni hamdir.
Bundan tashqari, temir oksidi zarralari keyingi oylarda saraton kasalligini davolash uchun ishlatib koʻrildi va ijobiy natijalar kuzatildi. Germaniyadagi jahonga mashhur Charite kasalxonasida Doktor Andres Jordan boshchiligidagi ilmiy guruh saratonni davolash uchun ishlab chikilgan bu yangi uslub - magnitli gipertermiya suyukligi (yuqori temperaturali magnitik suyuqlik) bilan saraton hujayralarini oʻldirishga muvaffaq boʻldi. 26 yoshli H. Nikolasda sinab koʻrilgan bu uslub natijasida keyingi uch oy mobaynida bemorda yangi saraton hujayralarining paydo boʻlishi kuzatilmadi.
Davolashning bu uslubi quyidagicha umumlashtirilishi mumkin:
1. Temir oksidi zarralarini oʻz ichiga oluvchi suyuqlik maxsus shprits yordamida oʻsimtaga sanchiladi. Bu zarralar oʻsimta hujayralari boʻylab tarqaladi. Bu 1 sm3li suyuqlik qizil qon tanachalariga qaraganda 1000 barobar kichik yuz millionlab temir oksidi zarralaridan iborat boʻlib, u barcha qon tomirlari orqali osonlik bilan oqib oʻtishi mumkin.
 2. Soʻngra bemor kuchli magnit maydonli mashinaga solinadi.
3. Tashqi tomondan qoʻllaniladigan magnit maydon oʻsimta ichidagi temir zarralarini harakatga keltirishni boshlaydi. Mana shu payt mobaynida temir oksidi zarralarini oʻz ichiga olgan oʻsimta tarkibidagi temperatura 45 daraja Selsiy (113ʻF) gacha koʻtariladi.
4. Bir necha daqiqadan soʻng issiqliqdan oʻzlarini himoya qila olmay qolgan saraton hujayralari yoki kuchsizlanib qoladi yoki oʻladi. Soʻngra oʻsimtaga undan keyingi kimyoterapiya bilan toʻliq barham berilishi mumkin.
Bunday davolashda faqatgina oʻsimta hujayralariga magnit maydon tomonidan salbiy taʻsir koʻrsatiladi, chunki faqatgina ular temir oksidi zarralarini oʻz ichiga olgan boʻladi. Bu usulning tarqalishi bunday xavfli kasallikni davolashda qoʻlga kiritilgan yuksak yutuq demakdir. Saraton kabi keng tarqalgan bunday kasalliklarni davolashda Qurʻondagi «
Download 29,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish