Nazar ahli savdolaridin xating qildi
Nazar ahli savdolaridin xating qildi lavhi jamola paydo,
Netong aylasa dudi ohim qamar davrida hola paydo.
Soching sunbulidin girihlar tushubdur ko‘ngul rishtasig‘a,
Ki yuzdin birin zohir etsam qilur ja’d mushkin kulola paydo.
Mening qissai ro‘zg‘orim farovon g‘ami hijroning afsonasidek,
Ki bir nuktasin sharh qilsam bo‘lur necha daftar risola paydo.
Yuzing oyini hayratidin erur badri tobon qaro dog‘liq,
Qoshing nunidin voqif erdi ki ojizlig‘ o‘ldi hilola paydo.
Karam dastgohi ki xon atosi mudom omoda mehmon yuziga
Aning rezai bazm baxshoyishidin bo‘lur har gadog‘a navola paydo.
Sirishkim sahobini imdodidin dilkushodur muhabbatni dashti,
Ko‘ngul dog‘ini aytsam biyobon bo‘lur, ul biyobonda lola paydo.
Solib hijratni mulkina zilzila, dedi qilma davri falakdin gila
Nadur
chorai dardim,
ey Nodira, firoq o‘ldi nogoh, visola paydo.
* * *