MODEMLAR MODEM (MOdulyator-DEModulyator) � aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni to�g�ri (modulyator) va teskari (demodulyator) o�zgartirish qurilmasidir.
Еng avvalo‘modem quyidagi vazifalarni bajarish uchun mo�ljallangan:
� uzatishda: keng polosali impulslarni (raqamli kodni) tor polosaliga (analog signallarga) o�zgartirish;
� qabul qilishda: qabul qilingan signalni holaqitlardan filtrlash va detektorlash uchun, ya�ni tor polosali analogli signalni raqamli kodga teskari o�zgartirish.
Ma�lumotlarni uzatishda bajariladigan o�zgartirish odatda ularning modulyaciyasi bilan bog�langan.
M odulyaciya � bu signalning biror parametrini aloqa kanalida (modulyaciya qilinadigan signalni) uzatilayotgan ma�lumotlarning joriy qiymatlariga mos ravishda (modulyaciya qiladigan signalni) o�zgartirishdir.
Demodulyaciya � bu modulyaciya qilingan signalni (balki aloqa kanalidan o�tish paytida halaqitlar bilan buzilgan signalni) modulyaciya qiladigan signalga teskari o�zgartirishdir.
Zamonaviy modemlarda ko�pincha modulyaciyaning uchta turi ishlatiladi:
�chastotali - FSK (Frequence Shift Keying);
� fazali � PSK (Rpake Shift Keying);
� kvadraturali amplitudali � QAM (Quadrature Amplitude Modulation).
Chastotali modulyaciyada modulyaciya qilinadigan signalning (uzatilayotgan ma�lumotlarning) joriy qiymatlariga mos ravishda fizik signalning (odatda sinusoidali) chastotasi o�zgaradi, bunda uning amplitudasi o�zgarmaydi. Еng sodda holda ma�lumotlar bitining 1 va 0 qiymatlariga, ma�lumotlarni uzatishning birinchi bayonnomalari V.21 da qabul qilingani kabi, chastotaning ikkita qiymati mos keladi, masalan, 980 Gc va 1180 Gc. CHastotali modulyaciya holaqitlarga juda turg�undir, uzatishda signalning faqat amplitudasi buziladi.
Fazali modulyaciyada modulyaciya qilinadigan kattalik bo�lib signal fazasi hisoblanadi, bunda uning chastotasi va amplitudasi o�zgarmaydi; faza-modulyaciya qilingan signalning halaqitlarga chidamliligi ham yuqoridir.
Signalning sof amplitudali modulyaciyasida uning halaqitlardan himoyalanganligi juda pastdir, shuning uchun halaqitlarga chidamliroq, lekin yanada murakkabroq kvadraturali amplitudali modulyaciya qo�llaniladi, bunda uzatilayotgan ma�lumotlar taktida bir vaqtning o�zida signalning ham fazasi, ham amplitudasi o�zgaradi.
Ma�lumotlarni uzatish bayonnomalari Modemlarda ma�lumotlarni uzatish va ularni o�zgartirish qabul qilingan bayonnomalarga mos ravishda bajariladi.