Axborotlarni uzatish tezligi bo’yicha:
Ma`lumotlarni uzatishning kichik tezligi– bunda ma`lumotlarni uzatish tezligi 10 dan 100 gacha kilobit bo’ladi;
Ma`lumotlarni uzatishning o’rtacha tezligi– bunda ma`lumotlarni uzatish tezligi, birdan bir necha o’nlab megabit diapazonda bo’ladi;
Ma`lumotlarni uzatishning yuqori tezligi– bunda ma`lumotlarni uzatish tezligi 100 dan yuqori megabit va gegabit diapazonda bo’ladi.
Territorial sohasi asosida tarmoqlar iyerarxiyasi
Magistral tarmoqlar sathlari
Shahar mashtabidagi tarmoqlar sathlari
Lokal tarmoqlar sathlari
Kompyuter tarmoqlari tasnifi va hususiyatlari
1-jadval
Masofa bo’yicha tartiblanishi
|
Joylashuvi
|
Sinf
|
1 m
|
Bir kishi atrofidagi territoriya
|
(PAN) Shaxsiy tarmoq.
|
10 m
|
Xona (kvartira)
|
(LAN) Lokal tarmoq
|
100 m
|
Bino
|
(LAN) Lokal tarmoq
|
1 km
|
Shahar tumani
|
(LAN) Lokal tarmoq
|
10 km
|
Shahar
|
(MAN) Shahar mashtabidagi tarmoq;
|
100 km
|
Kontinent
|
(WAN) kengmashtabdagi tarmoq;
|
10000 km va undan ortiq
|
Planeta
|
(GAN) Internet
|
Bu tarmoq turlari turli kompyuterlar, saqlash va kommunikatsiya qurilmalarini o’z ichiga olishi mumkin.
Shaxsiy tarmoq (PAN) – bu kompyuter qurilmalarining simsiz tarmoq Bluetooth texnologiyasi yordamida o’zaro bog’lanishi tushuniladi.
Bluetooth tizimi haqida qisqacha ma’lumot berib o’tamiz. Bluetooth asosini bitta bosh tugun va bir qancha (ettitagacha) tobe tugunlardan iborat 10 metr radiusli maydonni qamrab olgan pikotarmoq (piconet) tashkil etadi. Vaholanki, ular bir-biri bilan ko’prik moslamasi (maxsus tugun) bilan ham bog’lanadilar. (1- rasm.). Bir nechta pikosetlarning o’zaro bog’lanishi yoyilma tarmoq (рассеянную сеть (scatternet)) deb yuritiladi.
Bluetooth tizimi 2.4 GGts ISM diapazonda va 802.11. standartda ishlaydi.
Diapazon har biri 1 MGts li 79 kanalga bo’lingan.
1-rasm. Ikkita pikotarmoq (piconet) birlashib yoyilma tarmoq (рассеянную сеть (scatternet)) ni tashkil etadi.
PAN tarmog’i qisqa masofada axborot almashinuvchi yana bir texnologiya RFID smart-kart yordamida ham amalga oshirilishi mumkin.
Nazorat savollari:
Kompyuter tarmoqlari deganda nimani tushunasiz?
Kompyuter tarmoqlarining afzalliklari nimalardan iborat?
Tarmoqni qanday turlari mavjud?
Kompyuter tarmoqlari qanday klasifikasiyalanadi?
Geografik (hududiy) joylashuvi bo’yicha kompyuter tarmoqlarining klasifikasiyalanishi;
Ishlab chiqarish bo’limlarining miqyosi bo’yicha kompyuter tarmoqlarining klasifikasiyalanishi;
Boshqarish usuli bo’yicha kompyuter tarmoqlarining klasifikasiyalanishi;
Axborotni uzatish tezligi bo’yicha kompyuter tarmoqlarining klasifikasiyalanishi;
Aloqa (ulanish) topologiyasi tuzulishi bo’yicha kompyuter tarmoqlarining klasifikasiyalanishi.
Shaxsiy tarmoq (PAN) -nima?
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
O`zbekiston Respublikasi «Axborotlashtirish haqida» Qonun // Xalq so`zi.
11.12 2003 yil.
M. Aripov. B. Begalov va boshqalar. Axborot texnologiyalari. O'quv qo'llanma- Т.: “Noshir”, 2009 yil.
Sattorov A. Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik. - Т.: O‘qituvchi, 2011 yil.
M.Aripov, M.Muhammadiyev. Informatika, informasion texnologiyalar. Darslik. Т.: TDYuI, 2004 yil.
Эндрю Таненбаум, Дэвид Уэзеролл. Компьютерные сети. Издательство
ПИТЕР 2012 г. 960 стр.
Do'stlaringiz bilan baham: |