Modul: Davlat va huquq asoslari fanida zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar Mavzu: Xalqaro huquq qoidalari. Reja



Download 30,2 Kb.
bet2/3
Sana16.12.2022
Hajmi30,2 Kb.
#887909
1   2   3
Bog'liq
HqhXDOnu4BFgqd4l1rEQMbVjdacPfv4fd8R8QU2m

Xalqaro huquq subekti — xalqaro huquqning umumiy me’yorlariga yoki xalqaro-huquqiy hujjatlarning talabiga muvofiq paydo bo’ladigan xalqaro huquq va majburiyatlar egasidir. Shuningdek, bu xatti-harakatlari to’g’ridan-to’g’ri xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan va xalqaro-huquqiy munosabatlarga kirishadigan yoki kirishi mumkin bo’lgan shaxsdir.
Birlamchi xalqaro huquq subektlari — avvalo davlatlar va ayrim hollarda xalqlar va millatlardir. Ular ijtimoiy organizm sifatida paydo bo’lib, muqarrar ravishda o’zaro aloqa o’rnatadi, o’zi uchun o’zaro xalqaro muomala qoidasini yaratadi.
Ikkilamchi (hosilali) xalqaro huquq subektlari birlamchi subektlar tomonidan yaratiladi. Ularning xalqaro huquqiy layoqatining hajmi uning tashkilotchilarining ixtiyori va maqsadiga bog’liq. Bu hukumatlararo tashkilot bo’lishi ham mumkin yoki erkin shaharlar singari davlatga o’xshash tuzilma bo’lishi ham mumkin. Tashkilotchilar ularni o’z nomidan davlatlararo munosabatlarga kirishish huquqini beradi.
Davlat — xalqaro huquqning asosiy subektidir.

2. Xalqaro huquqda suverenitet va Xalqaro huquqiy tan olish.


Suverenitet — ko’p ma’noli tushuncha. Uning bir necha jihatlari mavjud. Avvalambor, bu — xalq suvereniteti. So’ng bu — millatlarning o’z takdirini o’zi hal qilish huquqi. Va nihoyat bu — davlat suverenitetidir.
Xalq suvereniteti, milliy suverenitet va davlat suvereniteti aynan bir tushuncha emas. Ular turli ijtimoiy voqelikning xususiyatlari bo’lib, shu bilan birga bu tushunchalar ma’lum bir umumiylikka ega. Ushbu tushunchalar ichida xalq suvereniteti birlamchi hisoblanadi. Milliy suverenitetga har doim millatga doir xususiyat sifatida yondashib bo’lmaydi, o’nta millatlarning teng huquqiyligi sifatida tushunilishi lozim. Umuman olganda xalqaro huquqda «millat»ning o’z takdirini o’zi xal qilish huquqi yo’q faqat «xalq»ning bunday huquqi mavjud.
Davlat suvereniteti — davlatning emas, balki davlat hokimiyatining ustuvorligi va mustaqilligidir.
Suverenitet yuridik jihatdan umum e’tirof etilgan xalqaro munosabatlar va o’zaro aloqalar tizimida muhim rol o’ynaydi. Davlat va uning suvereniteti bilan xalqaro huquqning rivojlanishi ham chambarchas bog’liqdir, chunki, birinchidan, xalqaro hamjamiyatning asosi avvalgidan ham ko’proq hozirgi suveren davlatlar hisoblanadi, ikkinchidan, xalqaro tartibot avvalambor davlatlarning kelishuviga asoslanadi.
Tan olish majburiyati mavjud emas. Bu —davlatlarning huquqidir.
Xalqaro-huquqiy tan olish — xalqaro huquqqa muvofiq davlatlar tomonidan yangi davlatni yoki hukumatni, yoxud rasmiy yoki norasmiy, to’liq yoki qisman, doimiy yoki vaqtinchalik munosabatlarni o’rnatish mumkin bo’ladigan boshqa davlat organini tan olishdir. Quyidagilar xalqaro-huquqiy tan olinshing turlari hisoblanadi:
  • davlatni tan olish;


  • hukumatni tan olish;


  • qo’zg’alon ko’targan tarafni tan olish;


  • milliy ozodlik organlarini tan olish;


  • qarshilik ko’rsatish organlari va boshqalarni tan olish.


Shunday tan olishning hozirgi diplomatik amaliyotda eng ko’p tarqalgan shakli u yoki bu davlat hukumatlari tomonidan mavjud davlatning yangi hukumati bilan yoki yangi paydo bo’lgan davlatning hukumati bilan diplomatik aloqalar o’rnatish yoki unga rozilik berish hisoblanadi.


Xalqaro-huquqiy tan olishning de-yure va de-fakto shakllari an’anaviy hisoblanadi.
Tan olayotgan taraf tomonidan tan olingan taraf bilan zarurat bo’lganda bevosita xalqaro-huquqiy munosabatlarga kirish niyatini tasdiqlovchi guvohnoma — xalqaro-huquqiy tan olishni rasmiylashtiruvchi hujjatdir. Shu bilan birga bu yangi davlat va hukumatni tuzish vositasi hisoblanmaydi.
Hukumatni tan olish — davlatlar tomonidan biron-bir mamlakatning g’ayrikonstitutsiyaviy yo’l bilan hokimiyatga kelgan hukumatni tan olishdir. Rasmiy tan olishning ikki shakli — de-fakto (de-facto) va de-yure (de-jure) mavjud.



Download 30,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish