1.5. Milliy qonunchilikda bola huquqlarining me’yoriy asoslari.
Sog‘lom va bilimli yosh avlod mamlakat boyligi, millat ravnaqini ta’minlaydigan mustahkam poydevordir. Shu bois yosh avlod kelajagi yo‘lida alohida va doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan.
O‘zbekistonda Bola huquqlari bo‘yicha 100 dan ziyod qonunlar, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Eng muhimi, mamlakatimizda bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha kompleks huquqiy asoslar yaratildi. Ayniqsa, 2008 yil 8 yanvarda amalga kiritilgan “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun O‘zbekistonda bola huquqlariga oid birinchi tarixiy hujjat bo‘ldi.
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 07.01.2008 y. O‘RQ-139. Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 23 noyabrda qabul qilingan; Senat tomonidan 2007 yil 1 dekabrda ma’qullangan; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2008 yil 7 yanvarda imzolagan; Matbuotda rasman 2008 yil 8 yanvarda e’lon qilingan va kuchga kirgan.
Ushbu qonun 4 bob, 32 moddadan iborat:
I – bob: Umumiy qoidalar (1-6- moddalar)
II – bob: Bola huquqlarining asosiy kafolatlari (7-23- moddalar)
III – bob: Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari (24-29- moddalar)
IV – bob: Yakunlovchi qoidalar (30-32- moddalar)
Mazkur Qonunning qabul qilinishi, birinchidan, bola huquqlariga
oid qonun hujjatlarining kodifikatsiya qilinishiga zamin yaratishga,
ikkinchidan, BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasida belgilangan bola huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro standartlarga milliy qonunchilikning mosligini ta’minlashga xizmat qiladi. Uchinchidan, bola huquqlarini himoya qilish mexanizmining oshkora va samarali bo‘lishi uchun bola huquqlari himoya qilinishining aniq kafolatlarini belgilab olishga imkoniyat berdi.
Shuningdek, 2010 yil 30 sentabrda “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunning amalga kiritilishi bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamladi. Ya’ni ushbu Qonun voyaga yetmaganlarning nazoratsizligini va ular o‘rtasida huquqbuzarliklar kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan kompleks huquqiy chora-tadbirlar tizimini belgilab berdi.
Bugungi kunda bolalar va yoshlar masalalari davlat siyosatining asosiy diqqat markazida turganligini “Yoshlarga oil davlat siyosati to‘g‘risida”gi (2016yil 14 sentabr), “Bolalarni ularning salomatligiga zarar keltiruvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi (2017 yil 9 sentabr) Qonunlarning qabul qilinishi ham yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Nima uchun O‘zbekistonda Bola huquqlariga katta e’tibor qaratiladi?
Buni quyidagilar bilan izohlash mumkin. O‘zbekiston Respublikasi endigan 27 yoshni qarshiladi. Aholimizning 40% ni 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi, 64%ni esa – 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar.
Shu sababli, inson huquqlari va erkinliklari sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bolalar va yoshlarning jismoniy, intellektual va ma’naviy rivojlanishi uchun qulay va eng yaxshi sharoitlarni yaratish, shuningdek ko‘p bolali oilalarni, yetim bolalarni va
oila muhitidan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
hisoblanadi.
Mamlakatimiz XMTning “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh
Do'stlaringiz bilan baham: |