Tayanch iboralar:
Nurlanish turlari- xemilyuminessensiya, elektrolyuminessensiya, katodo-lyuminessensiya, issiqlik nurlanishi, energetik yorituvchanlik, jismlarning nur yutish va nur chiqarish qobiliyatlari, nurlanish qonunlari - Kirxgoff, Stefan-Bolsman, Vin, Reley-Jins qonunlari, olamning ultrabinafsha halokati tushunchasi, Plank nazariyasi, uzluksiz va uzlukli nurlanish, energiya kvanti, kvant nazariyasi.
Mavzu bo’yicha savollar.
1. Tabiatdagi nurlanish turlarini ayting. Vinning siljish qonunini tushuntirib bering.
2. Quyosh nurlanishi qanday turdagi nurlanishga misol bo’ladi?
3. Muvozanatli nurlanish nima? Energetik yorituvchanlik nima?
4. Prevo qoidasiga asosan nur chiqarish va yutish qobiliyatlari orasida qanday bog’lanish bor?
5. Olamning ultrabinafsha halokati deb ataluvchi tushuncha paydo bo’lishiga sabab nima?
6. Issiqlik nurlanishi qonunlaridan qayerlarda foydalaniladi?
7. Mumtoz nazariya issiqlik. nurlanishi qonunlarini tushuntirishda nima uchun ojizlik qildi?
8. Kvant nazariyasi yordamida nurlanish qonunlari qanday tushuntiriladi?
22-MAVZU: ISSIQLIK NURLANISH QONUNLARINING QO’LLANILISHI. OPTIK PIROMETRLAR, YORUG’LIK MANBALARI. FOTOLYUMINESSENSIYA, FOSFORESENSIYA VA FLUORESSENSIYA. VAVILOV-CHERENKOV EFFEKTI.
Reja:
1. Optik pirometrlar.
2. Yorug’lik manbalari.
3. Fotolyuminessensiya, fosforesensiya va fluoressensiya.
4. Vavilov-Cherenkov nurlanishi.
Temperaturaviy nurlanish qonunllariga asoslanib, cho’g’langan jismlar temperaturasini aniqlash mumkin. Agar nurlanuvchi jism qora (yoki unga yetarlicha yaqin) bo’lsa, u holda uning temperaturasini aniqlash uchun mutloq qora jism nurlanishining qonunlaridan foydalanish mumkin. Aslida qattiq qizdirilgan (2000 0C dan yuqori) jismlarning temperaturasini termoelement, bolometr va hokazolar yordamida o’lchash uncha ishonchli emas. Shunday qilib, bu va bundan yuqori temperaturalar sohasida temperaturalar sohasida temperaturani o’lchashning qora jism nurlanishining qonunlariga asoslangan usullarigina ishonchilidir. Bu usullar faqat boshqa termometrik metodlardan topilgan natijalar ishonchli bo’lgan sohada taqqoslab tekshirilgangina emas, balki energiyaning spektr bo’yicha nisbiy taqsimlanishini o’rganish yo’li bilan ham tekshirilgan, bu esa nurlanuvchi jism temperaturasini eksperimental ma’lumot va nazariy formulalarni taqqoslash yo’li bilan topish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |