Modul / Kurs sillabusi
GIM fakulteti
5410700 – Yer kadastri va yerdan foydalanish
Ta’lim yonalishi
Kurs:
|
O’zbekistonning eng yangi tarixi
|
Kurs turi:
|
majburiy
|
Kurs kodi:
|
O’zT105
|
Yil:
|
1
|
Semestr:
|
1
|
Ta’lim shakli:
|
kunduzgi
|
Mashg’ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:
|
150
|
Ma’ruza
|
40
|
Amaliy mashg’ulotlar
|
20
|
Mustaqil ta’lim
|
90
|
Kredit miqdori:
|
2
|
Baholash shakli:
|
Sinov
|
Kurs tili:
|
O’zbek
|
Kursning maqsadi (КМ)
|
КМ1
|
Oliy o‘quv yurtlarida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” faninini chuqur o‘rganish yosh mutaxassislarning bugungi davr siyosatini, jahon hamjamiyatidagi o‘rnini, davr qahramonlarini, ayniqsa o‘zining ham shu jarayon ishtirokchisi ekanligini to‘g‘ri va to‘liq anglashi jamiyat taraqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g‘ururni shakllantirishdan iborat.
|
Kursni o’zlashtirish uchun zarur boshlang’ich bilimlar
|
1
|
O’zbekiston tarixi fani haqidagi dastlabki tushunchalar
|
Ta’lim natijalari (ТN)
|
|
Bilimlar jihatidan:
|
ТN1
|
O’zbekiston tarixi fani bo’yicha bilimga ega bo’lishi kerak;
|
ТN2
|
Sobiq Ittifoq davridagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy inqirozli vaziyat sabablari to’g’risida bilimga ega bo’lishi kerak;
|
ТN3
|
Davlat mustaqilligini qo’lga kiritilishi yolidagi olib borilgan ishlar bo’yicha bilimga ega bo’lishi kerak;
|
ТN4
|
Mustaqillik qo’lga kiritilgan yillardan buyon O’zbekistonni tarixida yangi davr boshlanganligi, bu davrning o’ziga hos jihatlari bo’yicha bilimga ega bo’lishi kerak.
|
|
Ko’nikmalar jihatidan:
|
ТN5
|
Tarixiy jarayonlarni tahlil qilishni biladi;
|
ТN6
|
Ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy jarayonlar O’zbekistonni yangi tarixida ahamiyatga ega ekanligini bilib boradi;
|
ТN7
|
Mustaqillik yillaridagi o‘zgarishlarni, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy jarayonlarda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilishi kerak
|
ТN8
|
O‘zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini o‘rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g‘oyasini qo‘llay bilish, atrofda sodir bo‘layotgan jarayonlarga o‘z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining o‘rnini anglash va bugungi kunda sodir bo‘layotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bog‘liqligini bilish kerak
|
Do'stlaringiz bilan baham: |