Òzbekistonda-demokratik-siyosiy-islohatlar pdf



Download 47,86 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.07.2022
Hajmi47,86 Kb.
#745339
Bog'liq
òzbekistonda-demokratik-siyosiy-islohatlar



Mustaqillik yillarida davlat boshqaruv hokimiyati tubdan isloh qilindi. Avvalo, sobiq Ittifoq davrida
faoliyat yuritib kelgan O’zbekiston davlat hokimiyatining ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi -
Ministrlar Sovetining maqomi tubdan o’zgartirildi. 1990- yil 24- martda O’zbekistonda prezidentlik
lavozimi ta’sis etilgandan keyin hayotning o’zi ijro etuvchi hokimiyat maqomini o’zgartirishni talab
qildi. 1990- yil 15- noyabrda O’zbekiston Prezidentining "O’zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi
Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to’g’risida" farmoni chiqdi. Unga muvofiq O’zbekiston
Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident uning Raisi bo’ldi. Respublikada Vitse-
Prezident lavozimi ta’sis etilib, uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning
ishini uyushtirish vazifasi yuklandi. 1992- yil 4- yanvarda Vitse-Prezident lavozimi tugatildi va
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir
zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish, uning ishini tashkil etish vazifasi yuklandi.
O’zbekistonda davlat Ijroiya hokimiyatini takomillashtirishda O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi muhim omil bo’ldi. Konstitutsiyaning 98- moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining
tarkibi O’zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi
Bosh Vaziri nomzodi Prezident taklifiga bin
оа
n O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari
tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi a’zolari tarkibiga Bosh vazir, uning
o’rinbosarlari, vazirlar, davlat qo’mitalari raislari va Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar
Kengashining raisi kiradi. Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasining hukumati bo’lib, Ijro
etuvchi hokimiyatdir. Uning vazifalari:
. davlat budjetini ishlab chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi hamda uning bajarilishini ta’minlaydi; .
Oliy Majlisga davlat budjetining bajarilishi haqida hisobot beradi;
. yagona moliya, kredit va 
р
ul siyosati yuritilishini ta’minlaydi;
. madaniyat, f
а
n, maorif, ijtimoiy ta’minot, ekologiya sohasidagi yagona davlat siyosati yuritilishini
ta’minlaydi;
. mamlakatni mudofaa qilish, davlat xavfsizligi, tashqi siyosatni amalga oshirishni ta’minlash
bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
. qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, xususiy mulk va jamoat tartibini
muhofaza qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
. iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’nayiy sohalarning samarali faoliyatiga rahbarlik qiladi;
. O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari Prezident farmonlari, qarorlari va
farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi;
. barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan
bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Islohotlar jarayonida Vazirlar
Mahkamasining tarkibi tobora takomillashib, qisqartirib borildi. Agar 1990- yil 30- martda
Respublika ijroiya hokimiyati 41 kishidan iborat etib tuzilgan bo’lsa, 1995- yil 5- mayda Vazirlar
Mahkamasi 35 kishidan iborat etib tuzildi. 2000- yil 11- fevralda bo’lgan Ikkinchi chaqiriq
O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Prezident tavsiyasiga ko’ra Vazirlar Mahkamasi tarkibini
34 kishidan - Bosh vazir, Bosh vazirning birinchi o’rinbosari, 8 nafar Bosh vazir o’rinbosarlari, 15
nafar vazir va 9 nafar davlat qo’mitalari raislaridan iborat etib tasdiqladi. 2003- yil 24-25- 
ар
r
е
l
kunlari bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Х
I sessiyasida qabul qilingan
"O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartishlar" va qo’shimchalar kiritish to’g’risida"gi
Qonunga muvofiq Vazirlar Mahkamasining tarkibi, uni tuzish va tasdiqlash tartibi o’zgartirildi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 89- moddasining "O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni
vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi" deyilgan qismi olib tashlandi. Vazirlar mahkamasi
tarkibida Rais lavozimi bo’lmaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga bin
оа
n
O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri nomzodini 
а
vv
а
l Qonunchilik palatasida, so’ngra Senatda
ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining boshqa a’zolari esa Bosh vazirning
taqdimiga bin
оа
n O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 
В
u holat
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik jarayonlarni yanada chuqurlashtirishga
ko’maklashadi. Bosh vazirning, hukumat va butun hukumat tizimlarining vakolatlari oshadi,
mas’uliyati kuchayadi. O’zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. Bozor iqtisodiyotiga


o’tishni ta’minlovchi, bozor munosabatlarining faoliyati uchun imkon beruvchi yangi boshqaruv
tuzilmasi yaratildi. Markazlashtirilgan tartibda qayta taqsimlash mexanizmidan bozor mexanizmiga,
qattiq mahkamachilik va m
а’
muriy-buyruqb
о
zlikd
а
n huquqiy boshqaruvga, iqtisodiy 
о
mill
а
r orqali
o’zini-o’zi idora etishga o’tildi. Ma’muriy-buyruqbozlik, to’rachilik tizimining o’zagini tashkil etgan
bir qator davlat qo’mitalari, vazirliklar, ularning ma’muriy apparatlari tugatildi. Davlat reja qo’mitasi
o’rniga Makroiqtisodiyot vazirligi tuzildi. 
В
u vazirlik iqtisodiyotni isloh qilish qoidalari va
ustuvorliklari, ularni amalga oshirish mexanizmlari asosida islohotlarni tahlil etish, baho berish,
takliflar ishlab chiqish, O’zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini belgilash ishlari
bilan shug’ullanmoqda. Taqsimot bo’yicha yakkahokim bo’lib olgan Davlat ta’minot
qo’mitasi tugatilib, Respublika ulgurji va birja savdosi aksiyadorlik uyushmasi tuzildi. Uyushma
tarkibiga respublika aksiyadorlik tovar-xomashyo birjasi, aksiyadorlik birja banki, hududiy aksiya-
dorlik tijoratchi vositachi kompaniyalar kiradi. Uyushma tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar
va tadbirkorlar uchun tov
а
r resurslari bozorida erkin ishtirok etishga teng imkoniyatlar yaratish,
ularga tijorat-vositachilik, savdo va marketing xizmatlar ko’rsatish ishlari bilan shug’ullanmoqda.
Davlat n
а
r
х 
qo’mitasi tugatilib, Moliya vazirligi tarkibida narxlarni nazorat qilish, narxlarni
belgilashda yakkahokimlikka y
о’
l qo’ymaslik, raqobatchilik muhitini shakllantirish ishlariga
ko’maklashuvchi maxsus boshqarma tuzildi. Respublikada moliya va bank tizimi tubdan o’zgardi.
Moliya vazirligi respublika budjetini shakllantirish bilan bir qatorda, davlat soliq siyosatini, moliya
siyosatini belgilamoqda, valuta ishlarini boshqarmoqda. Bank tizimi isloh etildi. Davlat banki va un-
ing bo’linmalari tugatildi. Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Ixtisoslashtirilgan
aksiyadorlik-tijorat banklari "O’zsanoatqurilishbank", "Paxtabank", "O’zjamg’armabank",
"G’allabank", "Tadbirkorbank", "Savdogarbank", xususiy banklar va boshqa banklar tuzildi.
Banklarning mustaqilligi va 
р
ul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligi oshirildi. Davlat nazorati
tizimi tartibga solindi. Davlat soliq qo’mitasi, Bojxona qo’mitasi tuzildi. Davlat nazorati qo’mitasi,
uning joylardagi organlari tugatildi, Prezident devonida nazorat inspeksiyasi, hokimiyatlarda tegishli
nazorat inspeksiyalari tuzildi. Davlat suverenitetini amalga oshiruvchi tuzilmalar - Tashqi
ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy attestatsiya
komissiyasi va boshqa hukumat organlari tashkil etildi. Islohotlarni chuqurlashtirish va
muvofiqlashtirish maqsadida Prezident huzurida Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet 
е
l
investitsiyalari bo’yicha idoralararo Kengash tuzildi. Davlat mulkini boshqarish va t
а
dbirk
о
rlikni
qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi tashkil etildi. 
В
u qo’mita mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqishda, ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda muhim
tadbirlarni amalga oshirdi. Qo’mita investitsiya fondlari, fond birjalari, ko’chmas mulk birjalari,
auditorlik xizmatlari va boshqa bozor strukturasi tuzilmalarini tashkil etmoqda. O’zbekistonning
xorijiy mamlakatlar bilan aloqasini yo’lga qo’yish maqsadida respublika tarixida birinchi marta
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tuzildi, Vazirlik tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorini tahlil qilish,
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi strategiyani ishlab chiqish, eksport-import bo’yicha
markazlashgan tartibda mahsulotlar yetkazib berish ishlarini tashkil etmoqda. Vazirliklar, idoralar,
korxonalarda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi bo’limlar, tashkilotlar, firmalar tuzildi.
Respublikada tashqi aloqalarni ta’minlaydigan yaxlit tizim tarkib topdi. O‘zbekistonda
ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va rivojlanishi.
O‘zbekistonda demokratik prinsiplar va fuqarolik jamiyati talablari asosida siyosiy partiyalarni tuzish
faqat mustaqillik davrida amalga oshirildi. Mamlakatda rivojlangan mamlakatlar tajribasi va milliy
an’analardan kelib chiqib siyosiy partiyalarning jamiyat instituti sifatidagi huquqiy maqomi
shakllandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 60-moddasida siyosiy partiyalarning
huquqiy maqomi quyidagicha belgilangan: “Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy
irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat
hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish
manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar
berib turadilar”219.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga binoan siyosiy partiyalar “jamoat
birlashmalari” sifatida e’tirof etiladi220. Mazkur Konstitutsiyaning 58-moddasida esa “davlat
organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek
jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l
qo‘yilmaydi”221, deyiladi. Bu bilan, birinchidan, siyosiy partiyalar jamoat birlashmalari kabi
jamiyatning instituti ekanligi e’tirof etiladi; ikkinchidan, siyosiy partiyalarning davlat hokimiyati
organlari faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi konstitutsiyaviy me’yorlar bilan ta’qiqlanib,
uning davlat hokimiyatiga daxldor emasligi ta’kidlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34-moddasida jamiyatdagi muxolifiy huquqni himoya
qilish maqsadlarida quyidagi qoida mustahkamlangan: “Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida,
ommaviy harakatlarda, shuningdek hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi
muholifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin
emas”222.
1991 yil 14 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi
Qonun mamlakatda ko‘ppartiyaviylik tizimi shakllanishining huquqiy jihatlarini ta’minlab berishi
natijasida mamlakatda yangi siyosiy partiyalarning shakllanish jarayonlari boshlandi. O‘zbekistonda
ko‘ppartiyaviylik tizimini qaror topishida 1996 yil 25 dekabrida Oliy Majlis qabul qilgan “Siyosiy
partiyalar to‘g‘risida”gi Qonun muhim o‘rin tutdi. Qonun 17 ta moddadan iborat bo‘lib, unda siyosiy
partiyalarning demokratik qoidalar asosida faoliyat yuritishlari uchun rivojlangan mamlakatlar
mezonlari talablariga xos bo‘lgan huquqiy asoslar yaratildi. Qonunning 5-moddasiga binoan, “davlat
siyosiy partiyalar huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofaza etilishiini kafolatlaydi, ustavda
belgilangan o‘z maqsadlari va vazifalarini bajarishlari uchun ularga teng huquqiy imkoniyatlar
yaratib beradi”223. SHuningdek, siyosiy hayotda birinchi marta qonunning 12-moddasida siyosiy
partiyalarning huquqlari aniq va ravshan ko‘rsatib berildi: “Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga
ega: saylab qo‘yiladigan davlat organlaridagi o‘z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda
ishtirok etish;
-qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari
saylovlarida ishtirok etish;
-partiya faoliyati bilan bog‘liq yig‘ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari ta’sis etish va boshqa
ommaviy axborot vositalaridan foydalanish;
-O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular bilan va boshqa
jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o‘rnatish”224.
Fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri, bu - siyosiy institutlarda va siyosiy jarayonlarda turli
xil fikrlarning erkin ifoda qilinishiga huquqiy asoslar yaratib berish, shuningdek, huquqiy davlat
fuqarolari - plyuralistik fikrlashga qobil bo‘lgan shaxslarni shakllantirishdir. SHu maqsadlarda
qonunning 13-moddasida Oliy Majlisdagi partiya fraksiyalarining erkin faoliyat yuritishlari, ularning
hozirgi davr ilg‘or mamlakatlaridagi me’yorlar talablariga muvofiq jamiyatning siyosiy rivojlanishiga
hissa qo‘sha olish darajasiga ko‘tarilishlarining huquqiy jihatlardan ta’minlashga asos solindi:
“Siyosiy partiyalarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisidagi fraksiyalari siyosiy partiyalar
tomonidan ko‘rsatilgan deputatlarning ta’sis yig‘ilishlarida o‘z partiyalarining siyosatini uyushqoqlik
bilan o‘tkazish uchun tuziladi”.
Siyosiy partiyalarning jamiyatdagi va siyosiy munosabatlardagi funksiyalarini to‘la bajara olish


qobiliyatini shakllantirish uchun ularning faoliyatlarini moliyaviy jihatlardan ham kafolatlash
tajribasi O‘zbekistonga ham kirib keldi. 2004 yil 30 aprelda ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning XIV
sessiyasi “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Xususan, siyosiy
partiyalarga moliyaviy yordam berish partiyalarning siyosiy raqobatdagi imkoniyatlar notengligini
kamaytiradi, ularning alohida jismoniy yoki huquqiy shaxslar guruhlariga nisbatan qaramligini
yo‘qotadi. Natijada siyosiy partiyalar korrupsiyaga qarshi kurashning ta’sirchan vositasiga aylanadi.
Qonunning 7-moddasiga muvofiq, “Siyosiy partiya, agar u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga saylov yakunlari bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuniga muvofiq
Qonunchilik palatasida siyosiy partiya fraksiyasini tuzish uchun zarur miqdorda deputatlik o‘rinlarini
olgan bo‘lsa, o‘zining ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat mablag‘larini
olish huquqiga ega bo‘ladi”. SHuningdek, qonunda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat
mablag‘larini “olish huquqiga ega bo‘lgan siyosiy partiyalar o‘rtasida ularning Qonunchilik
palatasida olgan deputatlik o‘rinlari miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlaydi”225. SHu bilan
birga, mazkur qonunga binoan siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasi va davlat hokimiyatining
boshqa vakillik organlariga saylovda ishtirok etishi, shuningdek, Qonunchilik palatasidagi siyosiy
partiya fraksiyalarining faoliyati ham davlat tomonidan moliyalashtirilishi belgilab qo‘yildi.
O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar.
Ko‘ppartiyaviylik – jamiyat hayotida ikki yoki undan ortiq partiyaning faoliyat yuritishidir. Bu holat
demokratik yo‘lga kirgan davlat va jamiyatlarga xos hisoblanib, jamiyat taraqqiyoti fikrlar xilma-
xilligiga asoslanadi. Jamiyatda siyosiy partiyalarning erkin faoliyat ko‘rsatishi demokratik huquqiy
davlat barpo etishning asosiy garovidir.
Hozirgi davr jahondagi demokratiyaning asosiy mezonlaridan biri saylovlarning ko‘ppartiyaviylik
asosida o‘tkazilishidir. Mustaqillik davrida tashkil topgan ilk siyosiy partiya bu – O‘zbekiston Xalq
demokratik partiyasidir. Partiyaga 1991-yilning noyabrida asos solindi. Uning maqsadi ijtimoiy
himoyaga muhtoj aholi qatlami manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Mazkur partiya tashkil
tilganidan hozirgi kunga qadar besh marotaba Prezident saylovlarida hamda parlament saylovlarida
ishtirok etib, parlamentda o‘z fraksiyasini tashkil etishga erishdi.
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylikning rivojlanish tarixida o‘z o‘rniga ega partiyalardan yana biri
O‘zbekiston “Vatan taraqqiyoti” partiyasi bo‘ldi. Ushbu partiya 1992-yil tashkil topgan. 1999-yili
“Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi ta’sis etildi. U O‘zbekiston fidokorlar maqsadlari va
intilishlarini qo‘llab-quvvatlaydigan siyosiy uyushma sifatida dunyoga keldi. 2000-yil aprelda “Vatan
taraqqiyoti” partiyasi va “Fidokorlar” milliy-demokratik partiyasining qo‘shma qurultoyi bo‘lib, unda
har ikki partiya harakati, faoliyat dasturi yakdilligi muhokama qilindi, ularning birlashib ishlashlari
maqsadga muvofiq degan xulosa asosida ikkita partiya birlashdi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri bu – O‘zbekiston “Adolat”
sotsial-demokratik partiyasidir. U 1995-yil fevralda
tuzilgan. Sotsial-demokratik partiyalarning asosiy maqsadi jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal
etishga qaratilgan. Partiya shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlardagi sotsial-demokratik
yo‘nalishdagi partiyalar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishga va xalqaro sotsial-demokratik harakatlarda
faol ishtirok etishga intilmoqda. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi o‘rta sinf va
ehtiyojmand aholi tabaqasiga tayanadi, ularning siyosiy va ijtimoiy irodalarini ifodalashga intiladi.
Mustaqillik yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri – bu O‘zbekiston Milliy tiklanish
demokratik partiyasidir. Ushbu partiya 1995-yili iyunda tuzilgan. O‘zbekiston Milliy tiklanish
demokratik partiyasining asosiy maqsadvazifasi
milliy an’analarni va qadriyatlarni saqlashdan iborat. 2008-yil iyunda O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy
demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining birlashuv qurultoyi
bo‘lib, unda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va “Fidokorlar” milliy demokratik
partiyasini birlashtirish to‘g‘risidagi masala ko‘rildi. Qurultoyda partiyalarning maqsadli dasturiy
vazifalari mazmun-mohiyatiga ko‘ra birbiriga yaqinligi ta’kidlandi va ular birlashtirildi.
O‘zbekiston siyosiy tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib ulgurgan O‘zbekiston Liberal-demokratik


partiyasi (O‘zLiDeP) 2003-yil noyabrda tashkil topgan. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi
umummilliy siyosiy tashkilot sifatida mulkdorlar qatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon
xo‘jaliklari vakillari, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari,
ishbilarmonlar manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. O‘zbekiston Respublikasida siyosiy
partiyalarning o‘tgan yillar davomidagi faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularning rivojlanishi
uchun huquqiy asos yaratilganini ko‘ramiz. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
“Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonunlar hamda
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya
qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni shular
jumlasidandir.Tabiiyki, siyosiy partiyalarning jamiyatda qanchalik mavqega ega ekanligini
belgilovchi asosiy mezon – bu ularning davlat hokimiyati. vakillik organlariga bo‘ladigan saylovlarda
qanday natijalarga erishganligi hisoblanadi. O‘zbekiston ekologik harakati. 2008-yil O‘zbekiston
Respublikasining “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi
qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga besh yil muddatga 135 deputat saylanib, Qonunchilik
palatasining 15 deputati O‘zbekiston ekologik harakatidan, o‘z ichki qurultoyidan saylanishi
belgilandi. Ushbu Qonun asosida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasidagi deputatlarining soni 150
deputatdan iborat bo‘ldi. O‘zbekiston ekologik harakati 2008-yil avgustda tashkil topgan.
O‘zbekiston ekologik harakati o‘z faoliyatini fuqarolarning hozirgi va kelgusi avlodi qulay atrof-
muhit sharoitida yashashi, aholi salomatligini yaxshilash, barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish
va ulardan oqilona foydalanish huquqlarini hamda ularga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga
qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda jamiyatning bor kuch va salohiyatini
safarbar qilishga qaratgan.
4.Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar. O‘zbekistonda nodavlat notijorat
tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy-sherikchilik
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini mustahkamlash va sud himoyasining samaradorligini
oshirish mamlakat sud-huquq tizimini isloh qilishning asosiy vazifalari bo‘lib, sudlarni har
tomonlama mustaqil, o‘zini o‘zi moddiy-texnik jihatidan ta’minlash va moliyalashtirish darajasiga
ko‘tarishni nazarda tutadi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishda Uzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud
qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatidan va moliyaviy ta’minlash
departamentining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnik jihatidan va moliyaviy
ta’minlash sohasidagi vazifa va vakolatlarini O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi tasarrufiga o‘tkazish
alohida o‘rin egallaydi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi
«O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4966-son Farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
sudi huzurida Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tashkil etildi, ularning shtat birliklari
tasdiqlandi hamda uning asosiy vazifalari belgilab berildi.
Ijtimoiy sheriklik – davlat tuzilmalari, tadbirkorlik sub’ektlari va jamoat birlashmalarining o‘zaro
manfaatli uchburchagidir. Ularning hamkorligi qanchalik kuchaysa, jamiyat shunchalik kuchayadi.
Fuqarolik jamiyati jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi, odamlarga milliy umuminsoniy qadriyatlarga
rioya qilish, ijtimoiylashuv va tarbiyalashuvga qaratilgan, barcha uchun foydali yechimlarni taklif
qiladi. Ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash turlari quyidagilardan iborat:
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini mulkiy, axborot,
maslahat, tashkiliy va o‘quv-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash; nodavlat notijorat tashkilotlari va
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga moddiy yordam ko‘rsatayotgan yuridik hamda jismoniy
shaxslarga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq
imtiyozlar berish; nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga
davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalari berish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni
moliyalashtirish.


Yollanma xodimlar va ish beruvchilargina mohiyatan ijtimoiy hamkorlar sanaladi, degan fikrlar ham
mavjud. Shu sababli ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish davlatning aralashuvisiz, ya’ni
bu munosabatlar ishtirokchilari o‘rtasida shartnoma erkinligi bilan yangi yaxshi darajada
ta’minlanadi. Faqat istisno hollardagina davlat ularga oliy darajadagi hakam rolida yordamga kelishi
mumkin.
Biroq davlatning haddan tashqari aralashuviga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish lozim.
Mamlakatning tarixiy tajribalari va xalqaro amaliyotning ko‘rsatishicha, ijtimoiy-mehnat
munosabatlari sohasida davlat vasiylik qilishi, boz ustiga, ma’muriy buyruqbozlik – juda ham zarar
keltiradigan holat hisoblanadi.
Ijtimoiy sheriklik sharoitlarida davlatning roli mehnat va ijtimoiy qonunchilikni ishlab chiqishdan
iborat. Hozirgi paytda ijtimoiy sheriklikning huquqiy asoslari mamlakatda rivojlanib bormoqda.
Xususan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro munosabatlariga doir turli masalalar mamlakatimizning
30 ta qonuni va yuzdan ortiq boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida mustahkamlangan. Ular
avvalo, Konstitutsiya, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat
birlashmalari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”,
“Homiylik to‘g‘risida” va “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi
qonunlar bo‘lib, ularga muvofiq davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida nodavlat
notijorat tashkilotlarini turli shakllarda qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni
Fuqarolar shaharchalarda, qishloqlarda, ovullarda, shuningdek, shaharlardagi, shaharchalardagi,
qishloqlardagi va ovullardagi hamda harbiy shaharchalardagi mahallalarda o‘zini o‘zi boshqarishga
doir o‘z konstitutsiyaviy huquqini fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlariga muvofiq fuqarolar
yig‘ini majlislari (fuqarolar vakillarining yig‘ilishlari) orqali amalga oshiradi.

Download 47,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish