Modernizatsiyalash sharoitida inson resurslarini


 INSON RESURSLARINI BOShQARISh XUSUSIYaTLARI



Download 414,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana01.07.2022
Hajmi414,57 Kb.
#725690
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-1

1.2. INSON RESURSLARINI BOShQARISh XUSUSIYaTLARI. 
Olimlarning fikricha, kadrlarning ishlab chiqarishdagi roli to‘g‘risidagi 4 
konsepsiya almashgan: 
1.
Mehnat resurslaridan foydalanish. 
Ushbu konsepsiya XIX asrning oxirlarida XX asrning 60 - yillarida o‘z aksini 
topgan. Ushbu konsepsiyada ishlab chiqarishda inson emas, uning funksiyasi, ish 
vaqti sarfi va ish haqi bilan o‘lchanadigan mehnat ko‘rib chiqilar edi. 
2.
Personalni boshqarish 
Bu konsepsiya 1930 yillarda rivojlangan. Ushbu konsepsiyaning ilmiy asosi 
bo‘lib byurokratik tashkilotlar nazariyasi hisoblanadi. Bunda inson rasmiy rol 
mansab orqali ko‘rib chiqilib, boshqarish ma’muriy mexanizmlar (tamoyillar, 
usullar, vakolatlar, funksiyalar) orqali amalga oshiriladi. 
3.
Inson resurslarini boshqarish. 
Inson 
mansab 
sifatida 
emas 
(struktura 
elementi 
sifatida 
emas) 
to‘ldirilmaydigan resurs – uchta asosiy komponentdan (mehnat funksiyasi, ijtimoiy 
munosabatlar, ishchining ahvoli) iborat tashkilotning ijtimoiy elementi sifatida 
ko‘riladi. Ushbu konsepsiyaning asoschisi bo‘lib Yaponiyaning yetakchi olimlari 
hisoblanadi.
4.
Insonni boshqarish 
Bu konsepsiyaga muvofiq inson tashkilotning asosiy sub’ekti va 
boshqaruvning alohida ob’ekti bo‘lib resurs sifatida qaralishi mumkin emas. 
Insonning istaklari va qobiliyatidan kelib chiqqan holda tashkilotning strategiya va 
tarkibi tuzilishi kerak. Ushbu konsepsiya asoschilari Yaponiyaning yetakchi olimlari 
hisoblaniladi. 

1-jadval 
 
Inson resurslarini boshqarishdagi turli yondashuvlar 
1890-
1910 
Xizmatchilarning 
ijtimoiy ta’minoti 
Mehnatning xavfsizlik 
sharoitlari va ishchilarning 
o‘sish ehtimollari
Xavfsizlik dasturlari, ingliz 
tili darslari, ishtiyoqni 
oshirish dasturlari 
1910-
1920 
Vazifalarning 
samaradorligi 
Mehnat unumdorligini 
oshirish uchun ishchilarga 
yuqori ish haqi to‘lash 
Vaqt va ish vaqti bo‘yicha 
tadqiqotlar 
1920-
1930 
Individual farqlilik 
Ishchilarning individual 
xususiyatlarini hisobga olish 
Psihologik tekshiruv va 
xodimlar uchun 
konsultatsiya 
1930-
1940 
Kasaba uyushmalar 
harakati 
Ishchilar – rahbariyatga 
qarshi turuvchi kuch
Ishchilarning 
kommunikatsion dasturlari, 
antikasaba uyushma usullari 
1940-
1950 
Iqtisodiy xavfsizlik 
Ishchilarga iqtisodiy himoya 
zarurligi 
Ishchilar uchun nafaqa 
rejasi, sog‘likni saqlash 
rejasi 


1950-
1960 
O‘zaro insoniy 
munosabatlar 
Ishchilarni boshqarishda 
ularning fikrini hisobga 
olish 
Menejerlarning professional 
tayyorgarligi 
1960-1970 Ishtirok etish 
Qarorlar qabul qilishda 
ishchilarning ishtrok etish 
talabi 
Aralash menejment usullari 
1970-1980 Masalaning 
murakkabligi 
Ishchilarning ular murakkab 
masalalarni hal qilishni 
majburlaydigan va ularning 
qobiliyatiga mos ish bilan 
ta’minlash zarurligi 
Rahbarlik burchlarining 
ko‘payishi, integratsion 
guruhlar 
1980-1990 Ishchilarning ko‘chishi Xizmatchilarga iqtisodiy 
tanazzul yoki texnologik 
o‘zgarishlar oqibatidagi 
halqaro raqobat natijasida 
yo‘qotilgan ish o‘rinlarining 
zarurligi 
Qayta tayyorgarlik, tarkibiy 
o‘zgarishlar 
1990-2000 Ishchi kuchi 
tarkibidagi 
o‘zgarishlar va uning 
yetishmasligi 
Ishchilarga juda katta 
imtiyozlar talab etiladi 
Ishchilar huquqining strategik 
rejalashtirilishi, professional 
tayyorgarlik, 
kompyuterlashtirish 
Korxona va tashkilot o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarni ro‘yobga chiqarish
uchun turli resurslardan foydalanadi. Ular an’anaviy ravishda uchta asosiy
guruhga bo‘linadi: natural yoki tabiiy resurslar (fransuz iktisodchisi J.B.Seyning
ta’rifi bo‘yicha: yer), moddiy resurslar (kapital) va inson resurslaridan iborat
bo‘lib, bularni ishlab chiqarish omillari deb ham atash mumkin. 
Korxona va tashkilot resurslarni harid qilar ekan, tashkiliy maqsadlarga
erishmoq uchun ulardan unumli foydalanishga harakat qiladi, paxtani qayta
ishlab gazmolga aylantiradi, stanoklarda detal tayyorlaydi, avtobus
haydovchilarini o‘qitadi va yo‘lga yuboradi. 
Mazkur jarayon samarali bo‘lmog‘i uchun korxona foydalaniladigan
resurslarning optimal nisbatini (ularning miqdori, usuli, joyi, vaqti, o‘zaro harakat
qilish muddati nuqtai nazaridan) ta’minlashi yoki boshqacha aytganda, 
resurslarni boshqarishi zarur. Bir uyni bir kishi uch yil mobaynida qurishi
mumkin, o‘n kishilik brigada - g‘ishtdan to‘rt oy mobaynida, temir – beton
bloklaridan uch kishilik brigada ko‘tarma kran yordamida bir oy ichida qurishi
mumkin, bu ish uyning bo‘lajak egasi ega bo‘lgan maqsad va mablag‘larga
bog‘liqdir. Resurslarni boshqarish tashkilotni boshqarishga asoslanadi.

Moddiy va tabiiy resurslarni boshqarish bilan bir qatorda insonlarni


boshqarish har qanday korxona va tashkilotni boshqarishning tarkibiy qismidir. 
Biroq o‘zining ta’riflariga ko‘ra odamlar tashkilotlar foydalanadigan har qanday
resurslardan jiddiy ravishda farq qiladi, binobarin, boshqarishning alohida
usullarini talab etadi. 

Download 414,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish