jk
uxi , x j
1
n n 1
ik k 1
x
(12)
bosqich. Chiqish kattaligini baholashning hisobi.
O‘lchash natijasini baholash, ya’ni Y o‘lchanadigan kattalikni funktsional bog‘lanishidan y baholash. y bilan belgilangan Y o‘lchanadigan kattalikni baholashga ikkita usul bilan erishish mumkin.
Birinchi usul. Y chiqish kattaligining y bahosi o‘lchash natijasi bo‘lib hisoblanadi, (8) tenglamadan olinadi, Xi kirish kattaliklari ularning xi baholari bilan
almashtiriladi ( x o‘rta arifmetik qiymatlari bilan).
y = f(x1, x2, ..., xn) yoki y =f( x1 , x2 , ...,
xn ) (13)
Ikkinchi usul. Chiqish kattaligi bo‘lgan Yning
bahosi (8) tenglamadan olinadi, bunda Xi kirish kattaliklari o‘zlarining qiymatlari bilan almashtiriladi, bu qiymatlar ularni o‘lchash natijasida olingan.
Kirish kattaliklarining ko‘pkarrali kuzatuv qatorlari bo‘lgan holda, Y chiqish kattaligining yk bo‘lgan alohida qiymatlarini kirish ma’lumotlari bo‘yicha hisoblash mumkin. Keyin, chiqish kattaligining bahosiga erishishi uchun bu qiymatlarning o‘rta arifmetigi olinadi, ya’ni
i
y 1 n y .
bosqich. Jamlangan standart noaniqlikni aniqlash.
O‘lchash natijasi y ning kirish baholanishi bilan bog‘liq bo‘lgan standart noaniqliklar va kovariatsiyalardan jamlangan standart noaniqligini uc(y) aniqlash. Agar, o‘lchashlar bir vaqtda bittadan ko‘proq kattalikni aniqlasa, ularning kovariatsiyasi hisoblanadi.
Jamlangan standart noaniqlik ikkita usul bilan aniqlanadi. Birinchi usulda jamlangan standart noaniqlik quyidagi ifoda bilan hisoblanadi:
uc y
(15)
agar kirish kattaliklari korrelyatsiyalangan bo‘lmasa. Aks holda, ya’ni korrelyatsiyalangan kirish kattaliklari quyidagi ifodadan hisoblanadi:
uc y
(16)
bu yerda: ∂f/∂xi=ci – sezgirlik koeffitsientlari;
n(xi, xj) – kirish kattaliklarining kovariatsiyasi.
Chiqish kattaligi Yning bahosi y birinchi usul asosida olinadi, ya’ni 13-ifodadan.
Ikkinchi usul. Y chiqish kattaligining bahosi y ikkinchi usul bilan 14-ifodadan foydalanib olinsa, unda, uning jamlangan standart noaniqligi A turdagi standart noaniqlikning ifodasiga o‘xshash ifodadan hisoblanadi, ya’ni:
uy sy
, (17)
Ushbu ifoda korrelyatsiyalash va korrelyatsiyasiz kirish kattaliklarining jamlangan standart noaniqligini baholash uchun ham qo‘llanilishi mumkin.
bosqich. Kengaytirilgan noaniqlik.
Noaniqlikning qo‘shimcha o‘lchovi bo‘lib U bilan belgilanadigan kengaytirilgan noaniqlik hisoblanadi. Kengaytirilgan noaniqlik U – chiqish kattaligining standart noaniqligini u(y) qamrov koeffitsientiga ko‘paytirish yo‘li bilan olinadi.
U = k · uc(y) (18)
Amalda, ko‘pincha k=1 ishonch darajasi 68%ga ega bo‘lgan interval uchun qabul qilinadi. Ishonch darajasi 95% bo‘lgan interval uchun k=2 va ishonch darajasi 99% bo‘lgan interval uchun k=3 qabul qilinadi. Boshqa ishonch darajalariga ega bo‘lgan intervallar uchun k (qamrov koeffitsienti) ning qiymati jadvalda keltirilgan.
8.2-jadval. Turli ishonch darajasiga ega bo‘lgan intervallar uchun k qiymatlari
Ishonch darajasi, %
|
|
50%
|
68,27
%
|
90%
|
95%
|
96,45
%
|
99%
|
99,73
%
|
k
|
0,674
|
1
|
1,64
|
1,96
|
2
|
2,58
|
3
|
To‘g‘riburchakli (tekis) taqsimot uchun k=√3,
uchburchak uchun k=√6
|
Qamrov koeffitsientining qiymati k talab qilingan y-U dan y+U gacha interval uchun ishonch
darajasi asosida tanlanadi. Qamrov koeffitsienti k asosan 2dan 3gacha diapazonda bo‘ladi. Ammo, alohida hollarda k ushbu diapazondan tashqariga chiqishi mumkin.
bosqich. y o‘lchash natijasi uning jamlangan standart noaniqligi uc(y) bilan birga yoki kengaytirilgan noaniqligi U bilan ma’lum qilinadi. y va uc(y) yoki U qanday qilib olinganligi ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |