MA’RUZA.
“STANDARTLASHTIRISH DAVLAT TIZIMI VA STANDARTLASHTIRISH
TO‘G‘RISIDAGI QONUNI
Reja:
Standartlashtirish davlat tizimi.
“Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonun. 3.Standartalshtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot.
Standartlashtirish davlat tizimi.
O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi (1-bo‘lim, 2-modda).
Respublikada standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va tahminlashni:
xalq xo‘jaligi tarmoqlarida - O‘zbekiston standart-lashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ("O‘zstandart" agentligi); qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruktsiyalashda - O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi ("Davarxitektqurilish" qo‘mitasi);
tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof-muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli tahsirlardan muhofaza qilish sohasida - O‘zbekiston
Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi (Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi); tibbiy maqsadlardagi mahsulotlar, tibbiy texnika ashyolari, dori-darmonlar sohasida hamda respublika sanoati ishlab chiqarayotgan, shuningdek import bo‘yicha respublikaga etkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar miqdorini aniqlash masalalarida - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amalga
oshiradi.
Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlarni (bundan buen matnda "standartlar" deb yuritiladi), shuningdek ushbu Qonunni qo‘llashga doir yo‘riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar, nashr etadilar.
"O‘zstandart" agentligi ushbu Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi (1-bo‘lim, 3-modda).
"O‘zstandart" agentligi", "Davarxitektqurilish" qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z vakolatlari doirasida standartlashtirish ishlarini bajarishni boshqa tashkilotlarga topshirishga haqlidirlar.
Standartlarni tasdiklagan organlar standartlarga doir tarmoq axborot jamg‘armalarini hosil qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor istehmolchilarni xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar, O‘zbekiston Respublikasi standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga doir axborotlar bilan, shuningdek standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy axborot davlat klassifikatorlari, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalariga oid axborotlar bilan tahminlaydilar
Do'stlaringiz bilan baham: |