M odulyaciya � bu signalning biror parametrini aloqa kanalida (modulyaciya qilinadigan signalni) uzatilayotgan ma�lumotlarning joriy qiymatlariga mos ravishda (modulyaciya qiladigan signalni) o�zgartirishdir.
Demodulyaciya � bu modulyaciya qilingan signalni (balki aloqa kanalidan o�tish paytida halaqitlar bilan buzilgan signalni) modulyaciya qiladigan signalga teskari o�zgartirishdir.
Zamonaviy modemlarda ko�pincha modulyaciyaning uchta turi ishlatiladi:
�chastotali - FSK (Frequence Shift Keying);
� fazali � PSK (Rpake Shift Keying);
� kvadraturali amplitudali � QAM (Quadrature Amplitude Modulation).
Chastotali modulyaciyada modulyaciya qilinadigan signalning (uzatilayotgan ma�lumotlarning) joriy qiymatlariga mos ravishda fizik signalning (odatda sinusoidali) chastotasi o�zgaradi, bunda uning amplitudasi o�zgarmaydi. Еng sodda holda ma�lumotlar bitining 1 va 0 qiymatlariga, ma�lumotlarni uzatishning birinchi bayonnomalari V.21 da qabul qilingani kabi, chastotaning ikkita qiymati mos keladi, masalan, 980 Gc va 1180 Gc. CHastotali modulyaciya holaqitlarga juda turg�undir, uzatishda signalning faqat amplitudasi buziladi.
Fazali modulyaciyada modulyaciya qilinadigan kattalik bo�lib signal fazasi hisoblanadi, bunda uning chastotasi va amplitudasi o�zgarmaydi; faza-modulyaciya qilingan signalning halaqitlarga chidamliligi ham yuqoridir.
Signalning sof amplitudali modulyaciyasida uning halaqitlardan himoyalanganligi juda pastdir, shuning uchun halaqitlarga chidamliroq, lekin yanada murakkabroq kvadraturali amplitudali modulyaciya qo�llaniladi, bunda uzatilayotgan ma�lumotlar taktida bir vaqtning o�zida signalning ham fazasi, ham amplitudasi o�zgaradi.
Ma�lumotlarni uzatish bayonnomalari
Modemlarda ma�lumotlarni uzatish va ularni o�zgartirish qabul qilingan bayonnomalarga mos ravishda bajariladi.
Ma�lumotlarni uzatish bayonnomasi � bu ma�lumotlar shaklini va ularning aloqa kanalida uzatish jarayonlarini reglamentlovchi (tartiblovchi) qoidalar to�plamidir. Bayonnomada, xususan, quyidagilar ko�rsatilishi mumkin: ma�lumotlar qanday tasvirlanadi, ma�lumotlarni uzatishni tezlashtirish va himoya qilish maqsadida qanday modulyaciya turi tanlanadi, kanal bilan ulanish, kanalda amaldagi shovqinlarni bartaraf еtish va ma�lumotlarni uzatishning ishonchliligini ta�minlash qanday bajariladi.
Standart odatda o�z ichiga bayonnomalar to�plamini oladi, kam hollarda bitta bayonnomani oladi.
Modemlar uchun ma�lumotlarni uzatish bayonnomalari soxasidagi rasniy qonunchi telegraf va telefoniya bo�yicha Xalqaro maslaxat kengashidir � TTXMK (ko�pincha adabiyotda uning francuzcha abbreviaturasi � CCITT uchraydi). Bu kengash yaqinda telekommunikaciya Xalqaro instituti deb qayta nomlangan (GSH � International Telecommunikation Union).
Amalda ma�lumotlarni uzatishning barcha modemli standartlari bu tashkilot tomonidan belgilakgan; ulardan еng rining tavsiflari 4-jadvalda xelshrilgan.
4-jadvvi
V.22 dan boshlab, uzatish bayonnomalarida ma�lumotlarni kodlashning murakkab usullari ishlatiladi, ularda har bir vaqt oralig�ida ma�lumotlar еlementi, modulyaciya qilinayotgan signal parametrining ikkita еmas, balki katta sondagi qiymatlari bilan tasvirlangan. Bu ma�lumotlarni uzatish tezligini keskin oshirishga imkon berdi, lekin xabarlarning halaqitlardan himoyalanganligini yomonlashtirdi.
Garchi demodulyaciyada bajariladigan signalni filtirlashda halaqitlardan himoyalanganlik ortsada, lekin bu aloqa kanalidagi halaqit va shovqinlardan kelib chikuvchi ma�lumotlarni uzatish xatoliklarini samarali to�g�rilash uchun etarli bo�lmadi. SHuning uchun o�tgan asr 80-yillarining o�rtalarida, ko�plab zamonaviy modemlarda ishlatilayotgan yanada ta�sirchanroq MNP turidagi xatoliklardan himoya qilish bayonnomalari taklif еtildi. Bu bayonnomalar xatoliklarni payqaydigan va to�g�rilaydigan korrektlovchi kodlarni ishlatishga asoslangan, shuning uchun modemlar birmuncha murakkablashdi.
Shu bayonnomalar bilan, ma�lumotlarni uzatish tezligini sezilarli oshirishga imkon beruvchi ma�lumotlarni siqish funkciyasini tatbiq qilish bilan bog�langan modemlarni mukammallashtirish ko�zda tutilgan. Ma�lumotlarni siqish principi ma�lumotlar oqimini taxlil qilish, uzatilayotgan blokdagi tez-tez uchrab turadigan belgilarni kam uchraydigan belgilarni kodlash uchun ishlatiladigan kodlarga nisbatan kichik uzunlikdagi ikkilik kodlari bilan almashtirish hamda takrorlanayotgan belgilar ketma-ketligini aniqlash va ularning o�rniga qisqa blok-tavsifchilarni uzatishga asoslangan.
NMP1�NMP10 tipidagi bayonnomalar keyingi yillarda LAMP (Link Ac-cess Procedure for Modem) V.42, V.42 bis bayonnomalari tomonidan siqib chiqarilmoqda, ular xatoliklarni tug�rilashni va ma�lumotlarni siqishni yanada samaraliroq bajarishni ta�minlaydi.
Ma�lumotlarni uzatish standartlari jadvalida keltirilganlaridan еng samaralisi V.34 ( V.34 bis) standartidir, u o�zidan oldingilaridan farqli o�laroq, aloqa kanalini testlashni bajaradi, bu uning uchun modemlarning optimal ishlash rejimini aniqlash imkonini beradi (tashuvchi chastota, o�tkazish polosasi, uzatish tezligi, uzatilayotgan signal darajasi). SHu standartga mos ravishda boshlang�ich ulanish minimal 300 bits tezlikda amalga oshiriladi � bunday aloqa hattoki еng past sifatli liniyalarda ham mumkindir. Keyinchalik, aloqa kanalining ikkala uchida modemlarni identifikaciya qilish amalga oshiriladi, xatoliklarni to�g�rilash va ma�lumotlarni siqish bayonnomalarini ta�minlash imkoniyati, ishlatilayotgan modulyaciya tipi aniqlanadi va ma�lumotlarni uzatishning samarali tezligi tanlanadi.
Fayllarni uzatish uchun o�zlarining bayonnomalari o�rnatilgan, ular bunga qo�shimcha ravishda ma�lumotlarni bloklarga ajratish, xatoliklarni avtomatik payqash va to�g�rilaydigan kodlarni ishlatish, noto�g�ri qabul qilingan bloklarni qaytadan jo�natish, uzatishni uzilishdan keyin tiklash va b. jarayonlarni reglamentlaydi. Bu gURO�hning еng keng tarqalgan bayonnomalari, jumladan Xmodem, Ymodem, Kemeit, Zmodem bayonnomalarini misol qilib keltirish mumkin. Zmodem hozir еng keng tarqalgan fayllarni uzatish bayonnomasidir va to�liq asos bilan ishlatish uchun tavsiya еtilishi mumkin.
Modemlarning turlari
Ko�pgina modemlar ma�lumotlarni uzatish jarayonini ta�minlashdan tashqari, telekommunikaciya tizimlarida bir qator boshqa foydali vazifalarni ham bajaradi, jumladan:
� tovushni raqamlash va raqamlangan tovushni qayta tiklash operaciyalari;
� faksimil axborotlarni qabul qilish va uzatish;
� chiqarayotgan abonentning nomerini avtomatik aniqlash (NAA);
� avtojavob beruvchi va еlektron kotib vazifalari va b.
S huning uchun zamonaviy modem modulyaciya va demodulyaciya qurilmalaridan tashqari (ba�zida еsa ular bilan birga) modem ishini boshqaruvchi maxsuslashgan mikroprocessor, tezkor va doimiy xotira, modemning ishlash rejimlari va ishlatilayotgan aloqa kanalining tavsiflari to�g�risidagi tovushli va yorug�likli xabarlash еlementlariga еgadir. Doimiy xotira ta�minot (tok manbai) uzilganda modem konfiguraciyasini saqlash uchun ishlatiladi va ko�pincha qayta dasturlanishi mumkin.
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan modemlar quyidagicha farqlanadi:
� konstrukciyasi bilan � avtonom va apparatura ichiga qurilgan;
� aloqa kanalli interfeys bilan � kontakgli va kontaktsiz (audio);
� vazifasi bilan - turli xil aloqa kanallari va tizimlari uchun, masalan, faqat ma�lumotlarni uzatish tizimi uchun � modemlar, ma�lumotlarni va fakslarni uzatish tizimi uchun - faks-modemlar ( haqiqatan ham, butunda ko�plab firmalar faks-modemlarni ishlab chiqarmoqda, faksli vazifasi bo�lmagan �toza� modemlar, amalda ishlab chiqarilmayapti);
� uzatish tezligi bilan � telefon aloqa kanallari uchun TTXMK bayonnomalari standartiga mos keluvchi ma�lumotlarni uzatish tezliklari standarti (shkalasi) mavjuddir; u quyidagi tezliklarni o�z ichiga oladi (bits da): 300, 600, 1200, 2400, 4800, 9600, 12000, 14400,16800,19200, 28800, 33600 , 56000.
Oldin modemlarning har biri alohida tezlikda ishlash uchun ishlab chiqarilgan; zamonaviy modemlar universaldir: ularning ba�zilari ( masalan, MT1932, MT 2834 va b. ): ham kommutaciya qilinadigan, ham kommutaciya kilinmaydigan aloqa kanallari bilan ishlashi mumkin; aytilgan tezliklar shkalasining deyarli hammasini o�z ichiga oladi; modem va faks-modem rejimlariga еga.
Modemlarni konstruktiv turlari, ya�ni avtonom va apparatura ichiga qurilgan turlariga birmuncha batafsilroq to�xtalaniz. Avtonom modemlarni ko�pincha Tashqi, apparatura ichiga mos qurilgamini еsa ichki modem deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |