Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida


-§ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tibbiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/47
Sana11.04.2022
Hajmi0,93 Mb.
#541867
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47
Bog'liq
250-сон 28.04.2021. Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

12-§ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tibbiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish
49. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
tibbiy yordamga muhtoj yoshlarning sog‘lig‘i sektor ishchi guruhlari tomonidan tegishli tibbiyot
xodimlarini jalb qilgan holda o‘rganiladi;
o‘rganish natijasi bo‘yicha kasallik aniqlangan va tibbiy yordamga muhtoj yoshlar tibbiy ko‘rikdan o‘tish
uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga yuboriladi;
tibbiy ko‘rik natijasi yuzasidan ko‘rsatma bo‘yicha tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida statsionar yoki
ambulator sharoitda davolanadi;
ahvoli og‘ir bo‘lgan bemorlarga ko‘rsatma bo‘yicha viloyat ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika
muassasalariga yoki respublika ixtisoslashtirilgan markazlariga davolanish uchun bepul order ajratiladi;
nogironlik belgilari aniq namoyon bo‘lgan bemorlar belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tish uchun Tibbiy-
mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning ahvoli og‘ir bo‘lgan bemor farzandlarining mamlakatda yoki xorijiy
davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarining BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdordagi qismi
tegishli soha mutaxassislari xulosasiga asosan Vasiylik kengashi tomonidan “Yoshlar daftari” jamg‘armasi
mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
50. Huquqiy yordam olishga muhtoj yoshlarga sayyor qabullar orqali quyidagilar bo‘yicha huquqiy yordam
ko‘rsatiladi:
prokuratura organlari — huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan yoshlarga amaliy yordam ko‘rsatish,
sudga murojaat qilish tartibini tushuntirish, sudga murojaat qilish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlarni
rasmiylashtirishga ko‘maklashadi;
ichki ishlar organlari — tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoshlarni ushbu tahdidlardan himoya qilish
choralarini ko‘radi;
adliya organlari — bepul huquqiy maslahatlar beradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
51. Psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish respublika
markazi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali
markazlari, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazi, Respublika
ijtimoiy moslashuv markazi, ta’lim muassasalarining malakali psixologlari tomonidan psixologik maslahatlar
berib boriladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-oktabrdagi 624-sonli 
qarori 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2021-y., 09/21/624/0940-son)
Psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotlari hamda nodavlat
ta’lim tashkilotlari tomonidan pullik psixologik xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq xarajatlar Vasiylik kengashi
tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
52. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga yordam ko‘rsatilishi ushbu Tartibga
3v-ilovaga 
muvofiq
ma’lumotnoma bo‘yicha yuritiladi.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish