Moddiy ishlab chiqarish asoslari


Hozirgi zamon sharoitlarida davlat, munitsipal, jamoa, individual (oilaviy, xususiy)



Download 1,05 Mb.
bet19/114
Sana28.03.2022
Hajmi1,05 Mb.
#514541
TuriУчебное пособие
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   114
Bog'liq
moddij ishlab chiqarish asoslari

Hozirgi zamon sharoitlarida davlat, munitsipal, jamoa, individual (oilaviy, xususiy) turdagi korxonalar mavjud bo‘lib, ular o‘zlariga biriktirib qo‘yilgan mulk tavsifi yoki tezkor (operativ) boshqaruv huquqiga ko‘ra ham tasniflanadi.
Xo‘jalik faoliyati yurituvchi har bir sub’ekt bir qator huquqlarga ega bo‘lib, bular bir tomondan, ularning ichki tashkilotchiligini aniqlab bersa, ikkinchi tomondan, jismoniy va huquqiy shaxslar hamda davlat bilan o‘zaro munosabatlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi.
Korxonalar huquqiy shaklining har bir ko‘rinishida ularning egalari, ya’ni xususiy mulk egalari, korxona bilan turli darajadagi aloqada bo‘ladilar. Masalan, ochiq turdagi hissadorlik jamiyati egalari korxona mulkining bir qismigagina egalik qilish huquqiga egalar hamda boshqaruv funksiyalarini amalga oshirishda ham o‘z aksiyalari miqyosida ishtirok etadilar.
Xo‘jalik o‘rtoqliklarida (jamiyatlarida) esa mulk egasi va mulk yaqinlashtirilgan bo‘lib, korxonani boshqarishda ularga bevosita ishtirok etish imkoniyati yaratib berilgan.
Keng tarqalgan korxona shakllaridan biri xo‘jalik o‘rtoqliklari bo‘lib, ular ishonch asosidagi to‘liq o‘rtoqlik (kommandit o‘rtoqligi) ko‘rinishida tashkil qilinishi mumkin.
Qonunga asosan ishtirokchilari imzolangan shartnomalar bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati yurituvchi hamda ularga tegishli mulk javobgarligiga ega bo‘lgan o‘rtoqliklar - to‘liq o‘rtoqliklar hisoblanadi.
Kommandit o‘rtoqligi bir nechta fuqarolar yoki huquqiy shaxslarning o‘zaro xo‘jalik faoliyati yuritish maqsadidagi shartnomalar asosida birlashuvi natijasida paydo bo‘ladi.
Jamiyatlarning ko‘pchiligida kapitallar birlashtirilgan bo‘ladi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilib, Nizom jamg‘armasi hujjatlarda (Nizom va ta’sis shartnomasi) belgilab qo‘yilgan ulushlarga bo‘lingan bo‘ladi.
Bunday jamiyat muassislari jamiyatning majburiyatlari uchun javobgar bo‘lmaydilar hamda jamiyat faoliyatida o‘zlari kiritgan ulushlar doirasida zarar ko‘rishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida ochiq va yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlari mustaqillikka erishilgandan keyin keng faoliyat ko‘rsatmoqda.
Nizom jamg‘armasi aksiyalarga taqsimlangan jamiyat hissadorlik jamiyati hisoblanadi. Hissadorlik jamiyati a’zolari jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar, biroq o‘zlariga tegishli bo‘lgan aksiyalar qiymati doirasida zarar ko‘rishlari mumkin.
Hissadorlik jamiyatlarining ijobiy jihatlari qatoriga quyidagilar kiradi: aksiyadorlik kapitalining teng taqsimlangan, erkin muomaladagi ulushlar - aksiyalarga taqsimlanishi; aksiyadorlar jamiyat majburiyatlari uchun javobgarligining aksiyalar qiymati hajmida cheklanganligi; aksiyadorlik kapitalining hajmi va a’zolar sonini osonlik bilan o‘zgartirish imkonini beruvchi Nizom asosida birlashish; umumiy boshqaruv vazfalarining xo‘jalik faoliyatini boshqarish vazifalaridan alohida yuritilishi va hokazolar. Mana biz korxona to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldik.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, oddiy ishlab chiqarish kombinatlaridan tashqari hududiy ishlab chiqarish komplekslari yoki majmualarida ham xuddi shunga o‘xshash sharoit yuzaga keladi. Bu esa iqtisodiy geografik samaradorlik bilan bog‘liq bo‘lib, mintaqaviy iqtisodiyotning miqdor ko‘rsatkichinigina emas, balki uning sifat jihatlarini ham belgilab beradi. SHunday qilib, bozor munosabatlariga (bu demak-ochiq va erkin iqtisodiyot, mulkchilikning turli shakllari, monopoliyaga qarshi iqtisodiyot, raqobat muhiti va h.k.) o‘tish davrida ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish shakllarida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bunday sharoitda kichik va o‘rta korxonalarni barpo qilish, ixtisoslashuvni kooperatsiya va kombinatlashuv bilan uyg‘unlashtirgan holda amalga oshirish katta ahamiyatga ega.
Jumladan, sanoat tarmoqlarini hududiy tashkil etish o‘ziga xos xususiyatga ega. Ular iqtisodiy geografik makonda yoki xaritada nuqtasimon shaklga ega. Demak, mazkur tarmoqda ishlab chiqarish va hududiy mujassamlashuv darajasi ancha yuqori. Bu esa sanoat ishlab chiqarishining qishloq xo‘jaligiga ko‘ra iqtisodiy samaradorligini yuqori bo‘lishiga olib keluvchi sabablardan biridir.
Sanoat korxonalarini joylashtirishga ta’sir etuvchi omillar soni ko‘p. Ular asosan xom-ashyo, yoqilg‘i, energetika, iste’mol, ishchi kuchi, iqtisodiy geografik o‘rin va boshqalardan iborat. Bu borada ekologiya va bozor iqtisodiyoti omillarining ahamiyati tobora kuchaymoqda. Shu bilan birga qayd etish joizki, turli xil sanoat tarmoqlarini joylashtirish muayyan omillar asosida amalga oshirildi. Ularni qisqacha ko‘rib chiqamiz.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish