Azot (IV) oksidi – havoda momaqaldiroq vaqtida, elektr zaryadlar ta’sirida doimo xosil bo‘lib turadi.Azot (IV) oksidi o‘ziga xos xidli, qo‘ng‘ir gaz, havodan og‘irroq, zaharli, nafas yo‘llarini yallig‘lantiradi. Laboratoriyada konsentrlangan nitrat kislotaga mis ta’sir ettirib olinadi:
Cu + 4HNO3 → Cu(NO3)2 + 2NO2 ↑ + 2H2O
yoki Pb(NO3)2 kristallarini qizdirilganda xosil bo‘ladi:
2Pb(NO3)2 → 2PbO + 4NO2↑ + O2↑
Azot (IV) oksidi dimerlanadi va rangsiz suyuqlikni xosil qiladi:
reaksiya – qaytar, -110S da muvozanat N2O4 xosil bo‘lish tomonga, 1400S da NO2 xosil bo‘lish tomonga siljiydi.
3. Tayyor maxsulot tavsifi.
Nitrat kislota – o‘tkir xidli, rangsiz suyuqlik. Juda gigroskopik, havoda “tutaydi”, chunki uning bug‘lari havodagi namlik bilan tuman tomchilarini xosil qiladi. Kimyoviy toza, suvsiz 100% li nitrat kislota – o‘tkir xidli, zichligi 1,52 gr/sm3, +82,60S da qaynaydi, - 41,60S da muzlaydi. Suv bilan har qanday nisbatda aralasha oladi. Suyultirilganda issiqlik chiqishi gidratlar xosil bo‘lishidan dalolat beradi: HNO3∙H2O, HNO3∙2H2O
68,4 % li nitrat kislota esa azeotrop aralashma bo‘lib, 121,90S da qaynayda, bunda u suv bilan birga qo‘shilib haydaladi.
Nitrat kislotada azotning valentligi 4 ga, oksidlanish darajada +5 ga, azotning koordinatsion soni 3 ga teng. Nitrat kislota kuchli kislotalar qatoriga kiradi. Suvdagi eritmalarda dissotsilanadi:
Issiqlik ta’sirida va yorug‘likda qisman parchalanadi:
Shuning uchun u qorong‘ida saqlanadi. Nitrat kislotaning juda muhim xossasi shundan iboratki, u kuchli oksidlovchi hisoblanadi. U Ag, Pt, Ta, Ra, Ir dan boshqa barcha metallarni eritib, tegishli nitratlar yoki oksidlarga aylantira oladi. Nitrat kislota va uning oksidlari o‘ta zaharli bo‘lib, atmosferada uning chegaraviy xavfli konsentratsiyasi – 0,1 mg/m3 ga tengdir.
Olinishi. HNO3 VIII asrdan beri mavjud. Ming yillardan ko‘proq vaqtlardan beri uni selitrani temir kuparosi yoki qo‘sh tuzlar – achchiq toshlar bilan aralashtirib qizdirish yo‘li bilan olingan. XVIII asrning oxirlarida XX asrning 20 – yillarigacha nitrat kislota faqat tabiiy selitradan konsentrlangan H2SO4 ta’sir ettirib olingan.
Laboratoriya sharoitida nitrat kislota uning tuzlariga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi:
NaNO3 + H2SO4 = HNO3 + NaHSO4
Reaksiya ohista qizdirilganda sodir bo‘ladi, kuchli qizdirilganda HNO3 parchalanib ketadi.
Nitrat kislotaning azot oksidlaridan olish mumkinligi keyingi yillarda ishlab chiqildi.
HNO3 olishning ikkinsi usuli NH3 ni oksidlash usulidir. Bu usul 1839 – yilda Kyulman NH3 platina ishtirokida NO ga aylantirish mumkin ekanligini aniqlagan paytdan boshlab ma’lum. Ammo bu jarayonni sanoatda ishlab chiqarishga tadbiq etish maqsadida XX boshlaridagina V. Osvald chuqur o‘rgandi. Natijada 1909 – yilda Germaniyada Ostvald usuli bo‘yicha 1 – tajriba zavodi qurildi.
Sanoatda nitrat kislota ammiakni katalitik oksidlash yo‘li bilan havo azotini biriktirishdan xosil qilinadi. Sanoatda ammiakni oksidlab nitrat kislotaga aylantirishni 1914 – 1916 yillarda injener – kimyogar I.I.Andreyev kashf etgan. U ammiakni havo kilorodi bilan oksidlanishda katalizator sifatida platinali to‘rni ishlatishni taklif etdi.
Nitrat kislota olishning umumiy jarayonini uch bosqichga bo‘lish mumkin: 1) Ammiakni platina katalizatorda NO ga qadar oksidlash:
4NH3 + 5O2 = 4NO + 6H2O
2) NO ni havo kislorodi ishtirokida NO2 ga qadar oksidlash:
2NO + O2 = 2NO2
3) NO2 ni mo‘l miqdorda kislorod ishtirokida suvga yuttirish:
4NO2 + 2H2O + O2 = 4HNO3
Nitrat kislota ahamiyati va ishlatilish sohasining kengligi bo‘yicha boshqa anorganik kislotalar orasida faqat sulfat kilotadan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi. Juda ko‘p sohalarda ishlatiladi. Dunyoda ishlab chiqariladigan nitrat kislotaning 75% i azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda, 15% i portlovchi moddalar va organik bo‘yoqlar olishda va boshqa moddalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |