almashtirgichlar o'rnatiladi. Ularning ham osilgan zanjirlar kabi
effekti katta, ya’ni klinkerni kuydirish uchun 10—15% kam issiqlik
sarflanadi va shunga mos holda pechning unumdorligi ham ortadi.
Pechni aralashma bilan ikki tomonlama ta’minlab turish usuli
ham pech unumini oshirib, yoqilg'i sarfini kamaytiradi. Bu usulda
pechning sovuq tarafidan shlam uzatiladi, pechning bosh qismidan
esa mayda tuyilgan quruq domna shlagi, TES kullari purkaladi.
Pechni bu usulda ta’minlab turish yoqilg‘i sarfini ancha kamaytirib,
pechning unumdorligini 10— 15% oshiradi.
10. Klinkerni aylanma pechlarda kuydirganda sodir
bo'ladigan jarayonlar
Xomashyo aralashmasi aylanib turuvchi pechlarda kuydirilganda
fizik va fizik-kimyoviy jarayonlar sodir bo'lishi natijasida qovushib
Do'stlaringiz bilan baham: |