Shlam suyultirgich sifatida turli moddalar — soda, suyuq
shisha, torf yoki qo'ng'ir ko'mirning sodali eritmasi, bitum va
tog' mumi chiqindilaridan bo'lgan ishqoriy torf moddalari, uch
polifosfat (N a2P3O l0) va boshqalar, ko'proq sulfit-spirt bardasi
ishlatiladi. Ozgina sulfit-spirt bardasi (quruq aralashma og'irligining
0,15—0,3%) qo'shganda ham shlamning oquvchaniigi ancha ortadi.
Bu esa shlamning ana shu oquvchanligini saqlagan holda namni
2—3% kamaytirishga imkon beradi. Natijada faqat yoqilg‘i sarfi
kamayib qolmasdan, pech unumdorligi ham ortadi. Chunki bu
holda issiqlikning ko‘p qismi klinkerni kuydirishga sarflanadi.
Ikkinchi va uchinchi usulda shlam nami mexanik ravishda
qochiriladi. Bunda qo'llaniladigan turli mexanizm va asboblarning
Do'stlaringiz bilan baham: |