oshiradi va yoqilg'i sarfini 25% ga kamaytiradi.
40—50% gacha tarkibida kalsiy oksidi bo'lgan domna toshqollari
ham portlandsement ishlab chiqarish uchun qimmatli xomashyo
hisoblanadi. Hozircha ular ko'p miqdorda ishlatilmaydi, lekin
ular asosida yirik portlandsement ishlab chiqarish korxonalarini
tashkil qilish mumkin.
Gil suvda osongina ivib, bo'shashib ketadigan mayda dispers
ikkilamchi tog' jinslaridan iborat. Ular bitta konning o'zida
mineralogik va granulometrik (donadorlik) tarkibi jihatidan juda
xilma-xil bo'lishi bilan farq qiladi. Ko'pincha gil tarkibida ko'p
miqdorda tog‘ jinslari, ularning siniq parchalari — shag'al, qum va
tosh holidagi dag‘al qo'shilmalar bo'ladi. Shuning uchun ularni
Do'stlaringiz bilan baham: |