Aralashmalarni turli fizik usullar bilan tarkibiy qismlarga ajratish.
Bir jinsli bo’lmagan (geterogen) aralashmalarni tarkibiy qismlarga ajratish.
1. Tindirish. Bu usul zichligi suyuqlik zichligidan katta bo‘lgan qattiq moddalarni suyuqlikdan
ajratishga imkon beradi. Masalan: loyqa suv (qum va suv).
2. Filtrlash. Cho'kmaydigan qattiq moddalarni suyuqlikdan ajratishda qo‘llaniladi. Masalan: suvni
tozalashda filtrlanadi. Filtrda qolgan modda qoldiq deyiladi. Filtrdan o‘tgan tiniq eritma filtrat deyiladi.
3. Dekantatsiya. Aralashmani zichligi asosida tarkibiy qismga ajratish. Masalan: yog‘och qipig'ini
suv yordamida temir qirindisidan ajratish (yog‘och qipig'i va temir qirindisi), tuproqdagi qumni suv
yordamida gildan ajratish (gil va qum), neftni suvdan ajratish (neft va suv).
4. Magnit yordamida moddalarni ajratish. Bu usul moddalarning magnitga tortilishiga asoslangan.
Masalan: temir va oltingugurt kukuni aralashmasi (temir va oltingugurt), yog‘och qipig'i va temir
qirindisi aralashmasi (yog‘och qipig'i va temir qirindisi).
5. Flotatsiya. Bu usul aralashmadagi moddalarning suv bilan ho‘llanishi turlicha bo‘lishiga
asoslangan. Masalan: temir va oltingugurt kukuni aralashmasi (Oltingugurt suvdan deyarli ikki marta
og‘ir bo‘lishiga qaramay, u suvda yomon ho'llanadigan bo'lgani uchun suv ustida suzib qoladi).
Bir jinsli (gomogen) aralashmalarni tarkibiy qismlarga ajratish.
1. Bug‘latish. Eritmadagi erigan moddani ajratib olish uchun qaynatish yo‘li bilan
erituvchini bug’ holida chiqarib yuborish. Masalan: tuz eritmasi (tuli suv
tuz).
2. Kristallash. Eritmani qisman bug'latish yo‘li bilan uning konsentratsiyasi oshiriladi, so'ngra
sovitiladi. Bunda erigan modda kristallar holida ajralib chiqadi.
3. Distillash (haydash). Aralashmadagi osonroq qaynaydigan moddani bug‘latib, uning bug‘i
sovitgich orqali o'tkazilsa, bug’ kondensatlanib, qaytadan suyuqlikka aylanadi. Masalan: distillangan
suv shu usul bilan olinadi, tuz eritmasi (tuli suv
suv), neftni haydash (neft
benzin, kerosin).
4. Xromatografiya. Bu usul eritmadagi yoki gazlar aralashmasidagi moddalaming boshqa modda
sirtiga har xil tezlik bilan yutilish xossasiga asoslangan aniqlash va ajratish usuli. Bu usulda
aralashmalar tarkibidagi moddalarni ham sifat ham miqdor jihatdan aniqlash mumkin.
5. Membrana yordamida ajratish. Membrana maxsus filtr bo’lib, teshiklari juda kichik,
membranalar hatto gazlar aralashmasini ham tarkibiy qismlarga ajratishga imkon beradi.
Membranali filtrlar «molekulyar elak» deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |