Moda industriyasining taraqqiyoti nufuzli iste'mol qilish va “ommaviy iste'mol qilish jamiyati”ning parallel rivojlanishi bilan boğliq. XIX asr oxirigacha moda industriyasi mavjud emas edi, ammo modaning ijtimoiy fenomen sifatida antik davrlardan boshlab mavjud bơlganligi bizga ma'lum. Gap shundaki, bu vaqtgacha aholi asosiy qatlamining hayoti past darajada edi, shunga kơra aholi, birinchi navbatda, faqat zaruriy, funktsional mahsulotlargagina ehtiyoj sezardi.Moda mahsulotlari (zargarlik buyumlari, shoxona kiyimlar) kam sonli zodagonlar va boylar tomonidangina sotib olinardi. Moda kiyimlarini ommaviy ishlab chiqarish ommaviy ơrta sinfni vujudga kelganidan boshlab yơlga qơyildi.Moda industriyasi taraqqiyotining bosqichlarini moda kiyim ishlab chiqarish sanoatining rivojlanish misolida yaqqol kơrish mumkin. Moda industriyasining taraqqiyoti nufuzli iste'mol qilish va “ommaviy iste'mol qilish jamiyati”ning parallel rivojlanishi bilan boğliq. XIX asr oxirigacha moda industriyasi mavjud emas edi, ammo modaning ijtimoiy fenomen sifatida antik davrlardan boshlab mavjud bơlganligi bizga ma'lum. Gap shundaki, bu vaqtgacha aholi asosiy qatlamining hayoti past darajada edi, shunga kơra aholi, birinchi navbatda, faqat zaruriy, funktsional mahsulotlargagina ehtiyoj sezardi.Moda mahsulotlari (zargarlik buyumlari, shoxona kiyimlar) kam sonli zodagonlar va boylar tomonidangina sotib olinardi. Moda kiyimlarini ommaviy ishlab chiqarish ommaviy ơrta sinfni vujudga kelganidan boshlab yơlga qơyildi.Moda industriyasi taraqqiyotining bosqichlarini moda kiyim ishlab chiqarish sanoatining rivojlanish misolida yaqqol kơrish mumkin.
Moda mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish va hizmat kơrsatish bilan shuğullanuvchi kompaniyalar kơp milliardli foyda keltiruvchi, ammo juda katta investitsiyalarni talab qiluvchi gigant industriyani tashkil etadilar. Ayrim ekspertlarning ta'kidlashicha, 2000 yillar boshidan beri moda industriyasi zamonaviy iqtisodiyotning eng kơp mablağga ega bơlgan sohalari ichida beshinchi ơrinni egallab kelmoqda.
Moda industriyasining maqsadi moda mahsulotlari iste'molchilarning talabini qondirishi zarurligini kơrsatadi. Ammo, ta'kidlash zarurki, bugungi zamonaviy dunyoda nima moda ekanligini yoyish stixiyali bơlmay, balki iqtisodiyotning muhim sohasiga aylandi(reklama va RR marketingning bir qismi bơlib qoldi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |