Mobile phone


Radioaloqa nima-yu uyali aloqa nima?



Download 59 Kb.
bet4/4
Sana04.04.2022
Hajmi59 Kb.
#527702
1   2   3   4
Bog'liq
ALOQA VOSITALARI VA MOBIL ALOQA TEXNOLOGIYALARI

Radioaloqa nima-yu uyali aloqa nima? 
Uyali telefonlar yaratilmasdan oldin odamlar radiotelefon tizimidan keng foydalanganlar. U o‘z davri uchun anchayin «zamonaviy» sanalgan bo‘lsa-da, bugungi uyali aloqaga qaraganda ancha noqulay edi. 
Chunki radioaloqa vositasidan foydalanayotganda siz bir vaqtning o‘zida ham suhbatdoshingizni eshitib, ham unga gapirishingiz mumkin emas. Kinolarda va ko‘cha-ko‘yda ahamiyat bergan bo‘lsangiz, ikki harbiy yoki militsioner o‘zaro ratsiyada gaplashganda, navbat bilan so‘zlaydilar – biri gapiradi, boshqasi eshitadi. Ularning aloqa vositasi bir radiokanaldan foydalanadi, shuning uchun ular bir vaqtda ham gapirib, ham eshitishi mumkin emas. Bu prinsip «yarim dupleksli» deb nomlanadi. Uyali telefonda esa, bir vaqtning o‘zida biz ham eshita olamiz, ham gapira olamiz, ishonmasangiz hoziroq bir do‘stingizga qo‘ng‘iroq qiling va u gapirayotgan paytda siz ham gapiring, o‘sha gaplarni barchasini siz ham eshitasiz, do‘stingizga ham sizning gaplaringiz to‘xtovsiz yetib boradi (darvoqe, uyali aloqaning bu xususiyati qizlarga juda qo‘l keladi ;)). Bu prinsip «butun dupleksli» deb nomlanadi. Uyali aloqa tizimi aynan shu prinsip asosida ishlaydi. 
Butun shahar – «ari uyasi»
Uyali aloqa shaharni bir necha elementlarga («uyalarga») bo‘lib tashlaydi. Bu texnologiya millionlab odamlar mobil aloqasi bilan foydalanishi uchun zamin yaratadi. Aynan ari uyasining shakli bekorga tanlanmagan, negaki u joydan ancha samarali foydalanish imkonini beradi. Shuning uchun ham biz ko‘pincha mobil aloqanining ushbu turini «uyali aloqa» deb ataymiz. Mobil aloqaning har bir uya shaklidagi bo‘linmasi 26 kvadrat kilometrga teng joyni qoplashi mumkin. Har bir uyaning qoplash zonasi baza stansiyalari (barchamizga tanish qizil-oq minoralar) bilan ta‘minlanadi. 
Signal sayohati
Demak, telefonimiz uya yasaydigan minoralarning doimiy «kuzatuvi» ostida. Qo‘ng‘iroqni amalga oshirganimizda uyali telefonimiz o‘sha minoraga kodlangan maxsus signal yuboradi, minora esa, bu signalni barcha qo‘ng‘iroqlar kelib tushadigan «qo‘ng‘iroqlar markaziga» uzatadi. U yerda telefonimizning rusumi, raqami va qayerga qo‘ng‘iroq qilinayotgani aniqlanib, signal kerakli abonentlarga yuboriladi. Natijada biz telefon qilayotgan inson qo‘ng‘irog‘imizni qabul qilib oladi.
Xulosa o‘rnida
Shunday qilib, yuz yildan ziyodroq vaqt oralig‘ida telefon aloqasi misli ko‘rinmagan darajada rivojlanishga erishdi. Shubha yo‘qki, keyingi yuz yil ichida uning rivojlanishi yuz barobar tezroq bo‘ladi. Insoniyatning intellektual salohiyati oshib borar ekan, texnologiyalar ham tobora jo‘shqin rivojlanishda davom etadilar.
Download 59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish