Elektron ta’lim imkoniyatlari.
Elektron ta’lim quyidagi imkoniyatlarga ega:
shaxsiy kompyuterlar, planshetlar, smartfonlar, MP4-pleyerlar, DVD-pleyerlar, televizorlardan foydalanib elektron materiallar bilan mustaqil ishlash;
masofaviy hamkorlik imkoniyati, ya’ni olisdagi ekspertdan (o‘qituvchi) konsultatsiya, maslahat, baho olish;
fikrlari bir-biriga mos keledigan foydalanuvchilar jamiyatini (ijtimoiy tarmoqlar) yaratish;
masofaviy ta’lim vositalari, elektron o‘quv materiallari va texnologiyalarining standartlari hamda ilovalarini o‘z vaqtida kechayu-kunduz yetkazish;
tashkilotdagi rahbar va xodimlarning axborot madaniyatini oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini egallash;
innavatsion pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish va ommaviylashtirish;
o‘quv veb-resurslarni rivojlantirish imkoniyat;
dunyoning istalgan nuqtasidan istalgan vaqtda va istalgan joydan zamonaviy bilim olish; Elektron ta’limga elektron kitoblar, ta’lim texnologiyalari va xizmatlari kiradi. Aslida elektron ta`lim – ta’limda kompyuterlardan foydalanishdan boshlangan.
Elektron ta’limning shakllanishini uch etapga bo‘lish mumkin:
1. CD-ROM disklardagi kurslar;
2. Mutaxassis o‘qituvchilarning masofaviy ta’limi;
3. Maxsus interaktiv dasturlardan, elektron kitoblardan foydalaniladigan elektron ta’lim.
O‘QUV JARAYONLARIDA MOBIL QURILMALARDAN FOYDALANISH
Mobil ta’lim (M-learning) atamasi bundan o‘n besh yillar oldin ingliz tilidagi pedagogik adabiyotlarda, hozirgi kunda esa bizning mamlakatimizda ham bu atama ko‘proq foydalana boshlandi.
Mobil ta`lim (m-ta’lim) mobil va portativ qurilmalardan foydalanib, o‘qishni va ta`limni tashkillashtirish imkonini beradi.
Mobil qurilmalar yordamida nazariy va amaliy ta’lim berishga bag‘ishlangan xorijdagi yirik loyihalardan quyidagilarini alohida ta’kidlash joiz: “Mobil ta’lim tizimi” (The Mobile Learning
Network Project-MoLeNET) (Buyuk Britaniya), “Mobil ta’lim muhiti” (Mobile Learning Environment
Project - The MoLE) (AQSH),
“ Butun hayot davomida ta’limda mobil texnologiyalar” (Mobile Technologies in Lifelong Learning: best practices - MOTILL) (Yevropa ittifoqi),
“Mobil ta’lim konsorsiumi” (Mlearning Consortium) (Kanada).
Mobil ta’lim uchun quyidagi mobil aloqa muhiti va qurilmalaridan foydalaniladi:
smartfonlar, ayfonlar, planshetlar;
MP4 pleyerlari, Netkitoblar, elektron o‘yinlar uchun qurilma (Nintendo DS), iPodlar, GPS- navigatorlar va h.k.;
portativ kompyuterlar (noutbuklar, netbuklar, ultrabuklar, transformerlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |