2.1.Multimedianing texnik ta’minoti.
Multimedia texnologiyasi maxsus apparat va dasturiy
vositalarni tashkil etadi. Multimedia tizimini qurish uchun qo`shimcha apparat qurilmalari kerak. Bularga analogli audio va video signallarni raqamli va aksincha analogli ekvivalentga aylantiruvchi analograqamli va raqamlianalogli aylantirgichlar, odatiy televizion signallarni elektron nur trubkali displeyda ko`rsatish imkoniyatini beruvchi videoprosessor aylantirgichlar, televizion stansiyalarni o`zaro almashtirish uchun dekorderlar, ma`lumotlarni faylda siqish uchun maxsus integral sxemalarni misol keltirish mumkin. Tovush bilan bo`g`liq vazifalarni tovushli karta, videoga tegishlilarini esa video karta bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |