3 – Mavzu.
Mavzu: Noutbuklar, cho’ntak kompyuterlari, mobil alaoqa vositalari – zamonaviy shaxs johozlari sifatida.
Reja:
Noutbuklarning tarixi haqida.
Noutbuklarning texnik xarakteristikasi va vazifasi. Zamonaviy modellari.
Uyali telefonlarning klassifikatsiyasi va zamonaviy modellarining xarakteristikasi.
Noutbuklarning tarixi haqida.
1971 yilda Dynabook nomi bilan mashxur bo’lgan notebook/planshet tushunchasini birinchi bo’lib Alan Key Xerox Palo Alto Research Center (Xerox PARC) shaxsiy kompyuterida ishlab chiqdi. Alan Key kitob kompyuter/internet sinfoziumida kitob ko’rinishidagi ixcham interaktiv shaxsiy kompyuter ishlab chiqishni “taklif qildi”. Dynabook tarmoq bilan bog’langan, foydalanuvchilarga matntlarni, tasvirlarni, harakat va ovozni sintez qilish imkoni beradi.Bu 1976 yildagi Alan Key konsepsiyasini reallikka erishishi mumkinligini isbotlab berdi.
Adam Osborn 1980 yili o’zining Korporatsiya Osborne Computer kompaniyasida Osborne 1kompyuterini ishlab chiqardi. Bu kompyuter bazilar tomonidan birinchi portotiv kompyuter deb tan olingan. 1981 yili katta bo’lmagan chamadon/tikuv mashinasidek keladigan kompyuterlar ishlab chiqarildi. U aviokompaniyalar o’rindiqlari ostiga joylashtirish uchun biznes proffesionallar uchun ishlab chiqarilgan. Va birinchi portotiv kompyuter bo’lgan.
Klon PC deb nomlanuvchi birinchi notebook 1983 yili Compaq tomonidan ishlab chiqarildi. Bu kompyuter portativ Compac nomi bilan mashxur. Bu kompyuterda bir kirish kodi bilan IBM BIOSga murojat qilish, unga yozish vazifasi bajarilsa, ikkinchi buyruq yozilganlardan yangi bir xil funksiyaga ega BIOS sistemasini tashkil qilish uchun foydalanilgan.
Birinchi mashhur dizaynli notebook 1979 yili Билл Moggride tomonidan GRiD Compass 1101 ishlab chiqildi, lekin 1982 yili sotuvga qo’yildi. GRiD Compass batareya orqali ishlay oladigan , 320x200 pikselli plazma ekranli, 384 Kb hotiraga ega bo’lgan. Innovatsion dizaynda bo’lishiga qaramay u o’sha vaqtlarda 10000$ baxolangan. Bu kompyuter IBM ga o’xshash bo’lmagan va 1980 yilda amerika harbiylari va kosmik ishlar bilan shug’ullanadiganlar tomonidan keng qo’llanilgan.
1983 yili Manuel Fernandes - Gavilan Computer Corporation komaniyasida Gavilan SC notebookterini ishlab chiqdi. Bu notebook eng kichik va sodda amallar bilan ishlovchi MS-DOC muhitida ishladi. Mobil kompyuter 3.0 dyumli disk yurituvchiga ega, 400x64 pikselli suyuq kristalli ekran, ichki modem va sensor panelli sichqoncha osha vaqtda yangilik (inovatsion) bo’lgan. 1987 yili kichik hajmli va yengil, orqa sumkada olib yurish imkoni mavjud. Operatsion sistema PZU da disketa orqali joylashtiriladi. 4,77Mgsli Intel protsessori, 512 Kb operativ xotira va qo’rg’oshin kislotali batareyadan oziqlangan Notebooklar 1980 yil oxirlarida biznesmenlar orasida keng tarqaldi. 1989 yilda NEC Ultralite kompyuterida 2 Mb ixcham RAM diskdan foydalanildi. Compaq LTE seriali kompyuterlari 1989 yili ishlab chiqarildi. Ularda birinchi marotaba qattiq disklardan va ekrandan foydalanilgan.
1990 yil davomida texnologiya sezilarli rivojlandi, ishlatish soxalari va foydalanish ortdi, narx esa pasaydi. Ko’pchilik ishlar notebooklarda ishlash uchun qulay, konstruksiyalariga tez moslashuvchan bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |