Harakat
mazmuni
|
Yakka
baxo
|
Yakka
xato
|
Tўg’ri
javob
|
Guruh
Xatosi
|
Guruhga
baho
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Baholash mezoni
Guruhda ishlashni baholash jadvali
Guruh
|
Javobning aniqligi va toliqligi (2-5 ball)
|
Taqdim etilgan axborot yaqqolligi (2-5 ball)
|
Guruhning har bir a’zosi faolligi (2-5 ball)
|
Umumiy ball miqdori (2+3+4)
|
Baho
(5/4)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
1
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
Har bir guruh mezonlar bo’yicha ballarni jamlab, boshqa guruhlar chiqishini baholaydi. Guruh olgan baho guruhning har bir a’zosi bahosini belgilab beradi: 5 ball - «a’lo»; 4– «yaxshi»; 3 – «qoniqarli»; 2 ball – «qoniqarsiz».
Dars yakuni O’qituvchi o’tgan yangi mavzu bo’yicha tushunmagan savollarga javob beradi,darsni mustahkamlashdagi o’quvchilar javobini muhokama qilib, o’quvchilar bilimini baholaydi va darsni yakunlaydi.
Darsga faol ishtirok etgan o’quvchilarni o’qituvchi baholaydi
O`quvchilar faoliyatini baholash mezonlari
|
86-100 % 5 baho “a`lo”
|
71 - 85% 4 baho “yaxshi”
|
55 – 70% 3 baho «qoniqarli»
|
31 – MAVZU: DISK OBRAZI (TASVIRI) TUSHUNCHASI FIZIK DISKNING VIRTUAL NUSXASI. MAXSUS DASTURLAR YORDAMIDA OPTIK DISK OBRAZINI YARATISH
REJA:
Disk obrazi (tasviri) tushunchasi fizik diskning virtual nusxasi.
Maxsus dasturlar yordamida optik disk obrazini yaratish
Ushbu maqolada disk obrazlari nima ekani va ular bilan ishlash usullarini o‘rganamiz. Disk obrazi (yoki imidj, image) – biron bir cd/dvd/hard diskdagi fayl tizimini va ma’lumotlarni to‘liq nusxasi saqlanuvchi maxsus fayl hisoblanadi. Demak, disk obrazida har qanday diskda saqlanuvchi ma’lumotlarni saqlanish tizimi, ma’lumotlarni saqlanish ketma-ketligi va ma’lumotlarni o‘zini to‘liq nusxasi saqlanadi. Ko‘p ishlatiluvchi disk obrazlariga .iso, .img, .nrg, .mdf, .ccd kabi formatidagi fayllar hisoblanadi. Disk obrazlaridan virtual disk qurilmalari yordamida foydalaniladi.
Disk obrazlari bilan ishlovchi bir qator dasturlar mavjud. Misol uchun, Nero, Alcohol, CloneCD, VirtualCD, ImgBurn. Ushbu maqolamizda disk obrazlarini tuzish (ya’ni haqiqiy dvd-diskdan obraz faylga ko‘chirish) va obrazni diskga (cd/dvd) yozishni ImgBurn dasturi yordamida o‘rganamiz. ImgBurn dasturi cd, dvd, hd dvd va blu-ray disklaridan obraz olish va ularni obrazlarini diskga yozishda ishlatiluvchi bepul dastur hisoblanadi. Bu dastur Windows OTni barcha 32 va 64 bitlik versiyalarida (Win95 dan Win7 gacha) ishlaydi. Dasturdan Linux OTda ham Wine muhitida foydalanish mumkin.
ImgBurn dasturini afzalliklari quyidagilardan iborat:
Diskda kam joyni egallaydi.
Sodda va tushunarli Foydalanuvchi interfeysi.
30 dan ortiq tillarda ishlaydi.
Obrazni diskga yozishda kerakli sozlashlarni avtomatik tarzda belgilanishi.
Ikki tomonli DVD disklarni yozishda, o‘tish nuqtasini to‘g‘ri belgiaydi.
Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan juda ko‘p cd/dvd qurilmalari bilan ishlay oladi.
Ko‘pgina obraz fayllarni o‘qiy oladi: iso, bin/cue, img, mdf/mds, di, dvd, gcm, gi, lst, nrg, pdi, udi.
cd/dvd/hd disklaridan – iso, img, bin formatlarida obrazlar olish imkoni mavjud.
Windows ni barcha versiyalarida ishlaydi.
ImgBurn dasturini uning veb sahifasiga kirib, Download bo‘limidan bepul yuklab olish mumkin. ImgBurn dasturini ushbu maqola yozilish vaqtidagi versiyasi – 2.5.8.0 ni yuklab olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri havola.
Bu versiya ingliz tilida. Agar siz dasturni rus tilida ishlatmoqchi bo‘lsangiz, mana shu havoladan dasturni rus tili paketini yuklab olishingiz mumkin.Dastur yuklab olinganidan so‘ng uni kompyuterga o‘rnatamiz. Dasturni o‘rnatish jarayoni boshqa dasturlarni o‘rnatishdan farq qilmaydi. Next ni bosamiz.
Litsenziya shartlariga rozi ekanligimizni belgilab, Next ni bosamiz.
Keyingi qadamda dasturni kompyuterga o‘rnatilish turi belgilanadi. Avvalboshidan Full (to‘liq) usuli belgilangan. Hech narsani o‘zgartirmasdan Next ni bosamiz.
Keyingi qadamda dasturni diskda o‘rnatilish joyi belgilanadi. Avvalboshdan ImgBurn dasturi C:\Program Files\ImgBurn papkasiga o‘rnatilish uchun mo‘ljallangan. Dastur o‘rnatilganida diskda 6.9 MB joyni egallaydi. Next ni bosamiz.
Keyingi qadamda ham Next ni bosamiz, shunda dasturni o‘rnatish jarayoni boshlanadi. O‘rnatish vaqtida dastur sizdan yangi versiyalar mavjudligini vaqti-vaqti bilan tekshirib turishni so‘raydi. Xohlasangiz Yes ni bosib, taklifga rozilik bering, xohlasangiz No ni bosib, taklifni rad eting.
O‘rnatish jarayoni tugatilishi bilan, ImgBurn dasturini veb sahifasi avtomatik tarzda ochilib ketadi. Xohlasangiz uni yopib yuboring. O‘rnatish oynasiga qaytib Finish tugmasini bosamiz va o‘rnatish jarayonini tugatamiz. Agar oynada Run ImgBurn tugmachasi belgilangan xolida qoldirilsa, Finish tugmasini bosishingiz bilan, dastur ochiladi.
Dastur ochilganida ikkita oyna ko‘rsatiladi. Dasturni asosiy oynasi va dasturda bo‘layotgan jarayonlarni ko‘rsatuvchi Log oynasi.
Ko‘rib turganimizdek, avvalboshdan dastur ingliz tilida. Dasturni rus tiliga o‘giruvchi russian.zip faylini yuklab olgan bo‘lsangiz, bu arxiv faylni ichida joylashgan russian.lng faylini, C:\Program Files\ImgBurn\Languages\ papkasiga joylashtirish lozim.
Endi, dasturni rus tiliga o‘girish uchun, dasturni o‘chirib yoqamiz.
Dastur sozlanishlari oynasini ochamiz. Buning uchun asosiy oynadagi menyudan Tools->Settings ni tanlaymiz.
Shunda sozlanishlar oynasi ochiladi. E’tibor bersak, dastur o‘zi kichkina bo‘lishiga qaramasdan uni juda ham ko‘p sozlanishlari mavjud. Oynada Language ro‘yxatdan Russian ni tanlaymiz va OK ni bosamiz.
Dastur interfeysi tili rus tiliga o‘giriladi.
Ko‘rib turganimizdek, asosiy oynada dastur bajarishi mumkin bo‘lgan 6 xil vazifalarni tugmalari keltirilgan. Birinchi tugma Записать образ на диск (Write image file to disc) yordamida kompyuteringizda saqlanadigan obraz faylni cd/dvd diskga yozish uchun ishlatiladi.
Создать образ из диска (Create image file from disc) tugmasi yordamida, cd/dvd qurilmangizdagi diskdan obraz olinib uni qattiq diskga fayl xolida saqlash uchun ishlatiladi.
Проверить диск (Verify disc) ni bosib, cd/dvd diskni sifatini tekshirish mumkin.
Записать файлы/папки на диск (Write files/folders to disc) yordamida fayl va papkalarni cd/dvd diskga yoziladi. Yozishni bu usulida xohlagan fayllarni diskga yozish amalga oshiriladi. Ya’ni, fayllar obraz shaklida bo‘lishi shart emas.
Создать образ из файлов/папок (Create image file from files/folders) ni ishlatib, xohlagan joyda joylashgan fayllar va papkalardan obraz fayl tuzish uchun foydalaniladi.
Тест качества (Discovery) tugmasini bosib, ma’lumotlar yozilgan cd/dvd diskni yozilish sifatini tekshiriladi.
Keling dasturni ba’zi imkoniyatlarini sinab ko‘ramiz. dvd-diskdan obraz fayl olish uchun, Создать образ из диска tugmasini bosamiz. Shunda dastur obraz olish ya’ni, o‘qish “rejim”iga o‘tadi. Yuqoridagi Источник ro‘yxatida kompyuterigizdagi barcha cd/dvd qurilmalar keltiriladi. Shu ro‘yxatdan, siz obraz olmoqchi bo‘lgan diskni harfini tanlaysiz. Misol uchun, E: harfidagi dvd-qurimasidagi diskdan obraz olmoqchimiz. Uni tanlaymiz.
Назначение bo‘limidan esa, obraz faylni, qaerga. qaysi papkaga saqlash kerakligi ko‘rsatiladi. Buning uchun Выбор файла… tugmasini bosib, obraz faylni joylashgan joyini va nomini belgilaymiz.
Save As oynasida faylni qattiq diskdan qayerga saqlashni, fayl nomini va Save as type ro‘yxatidan obraz faylni formatini belgilaymiz. Avvalboshdan barcha obrazlar .iso formatida saqlanadi. Keling, obraz faylni D:\ diskni o‘zida saqlaymiz. Nomini obraz va formatiga .iso ni belgilaymiz.
Oynadagi Скорость чтения joyidan, diskni o‘qish tezligi belgilanadi. Avvalboshdan u yerda MAX ya’ni, cd/dvd qurilmangizni eng yuqori o‘qish tezligi belgilangan bo‘ladi. Tezlikni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, shu ro‘yxatdan o‘zingiz xohlagan tezlikni tanlang.
Va nihoyat diskdan obraz olish uchun oyna ostidagi Чтение tugmasi bosiladi.
Shunda diskdan obraz olish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon bajarilish vaqti diskdagi ma’lumotlarni o‘lchamiga, qurilmani o‘qish tezligiga bog‘liq.
Jarayon yakunlangani haqida ma’lumot beriladi. OK ni bosamiz.
D:\ diskni tekshirsak u yerda obraz.iso deb nomlangan obraz fayl tuzilganini guvohi bo‘lamiz.
Keling endi obraz faylni cd/dvd diskga yozishni o‘rganamiz. Dasturdan yana asosiy oynaga qaytamiz. Buning uchun, oyna yuqorisidan Режим->Быстрый выбор… menyusini bosamiz.
Obraz faylni diskka yozish uchun Записать образ на диск tugmasini bosamiz.
Shunda dastur Запись ya’ni disk yozish “rejim”iga o‘tadi. Источник joyidan Выбор файла… tugmasini bosib, diskga yozmoqchi bo‘lgan obraz faylni tanlaymiz. Keling hozirgina tuzilgan, D:\ diskda joylashgan obraz.iso obraz faylni tanlaymiz.
Endi cd/dvd qurilmangizga bo‘sh diskni solamiz va Назнечение joyidan o‘sha diskni harfini tanlaymiz. Misol uchun E: disk.
Agar Назнечение joyidagi Проверка tugmachasi bosilgan holatda tursa, obraz fayldagi ma’lumotlar cd/dvd diskga yozib bo‘linganidan so‘ng yozilgan sifati tekshiriladi. Agar Тест.режим tugmachasini belgilab qo‘ysak, diskga yozish amalga oshirilmaydi, balki yozilish “simulyatsiya” yoki test qilinadi, qilinadi. Установки joyidagi Скорость записи ro‘yxatidan, cd/dvd qurilmani diskga yozish tezligi belgilanadi. Avvalboshdan u yerda (AWS – Automatic Write Speed) avtomatik maksimal tezlik belgilangan. Hozirgi kundagi chiqayotgan ko‘p disklarni sifatini inobatga olgan holda, diskga yozishda iloji boricha maksimal tezlikdan foydalanmaslikni tavsiya etaman. O‘rtacha tezlikda yozish ma’qul. Uni ostidagi Копии joyidan, obraz fayldan nechta diskga nusxa olish ko‘rsatiladi. Avvalboshdan u yerda 1 belgilangan, ya’ni 1ta disk yoziladi. Diskga yozishni boshlash uchun Запись tugmasi bosiladi.
Diskga yozish jarayoni uni o‘qish jarayonidan sekinroq bajariladi, shuning uchun biron muddat vaqt talab etadi. Yozish jarayoni tugatilganida dastur xabar beradi. Dasturni boshqa imkoniyatlarini o‘zingiz ishlatib tekshirib ko‘rasiz degan umiddaman.
Nazorat savollari
Falning obrazi nima?
Obraz fayllardan qanday vaziyatlarda foydalanishadi?
Obraz fayllarni diskga yozish uchun mo’ljallangan dasturlarni sanab bering?
Kompyuterdagi windowning obrazini olib bo’ladimi? Qanday?
Baholash mezoni
Do'stlaringiz bilan baham: |