Chidamlilikning nomaxsus o‘zaro harakati odatda ko‘ndalang, norasa maxsus yoki oddiy qilib nomaxsus, shu bilan birga katta yoshdagi, katta o‘simlik, zangni rivojlanishini sekinlashtiradigan (slow rusting), umumiy va dala chidamliligi deb ham ataladi.
Norasa spetsifik chidamlilik barcha rasalarga qarshi samarali bo‘lgan holatda, spetsifik chidamlilik faqatgina ma’lum bir rasaga samaralidir. Ushbu chidamlilik parazit populyasiyasining rasalar tarkibi o‘zgargan holatda ham uzoq vaqt chidamlilikni yo‘qotmaydi. Norasa maxsus chidamlilik oligogenlardan farqli o‘laroq poligenlar bilan (yoki kichkina genlar bilan) boshqariladi va invidual samarasi past bo‘lib, ularning yig‘indisi ta’sirida samarasi oshadi. Shuning uchun nomaxsus chidamlilikni aniqlashning qiyin tomonlariga qaramasdan unga katta e’tibor beriladi.
Bug‘doyning sariq zangga nomaxsus chidamliligida o‘simlikninig kasallanishi qiyin kechadi, infeksiya sekin rivojlanadi, sporulyasiya bo‘ladigan uredinolar o‘lchami kichrayadi, spora hosil bo‘lish vaqti cho‘ziladi va juda past intensiv tezlikda o‘tadi. Ushbu holatdagi o‘zaro harakatda kasallikning intensivligi hech qachon katta zarar keltirmaydi. Shunga ko‘ra xosilning zararlanishi past bo‘ladi,natijada u iqtisodiy jihatdan ahamiyat kasb etmaydi. Hozirgi vaqtda ko‘plab olim va seleksionerlarning e’tibori o‘simlikda barqaror (nomaxsus) chidamlilikni hosil qilishga qaratilgan.
Bug‘doy o‘simligida sariq zangga chidamlilikning ikkita genetik asosi: 1. barcha o‘suv fazalarida (o‘simtalik fazasida chidamlilik deb ham yuritiladi)gi chidamlilik, ya’ni unib chiqish fazasida kuzatilib, o‘simlikning barcha o‘suv fazalarida namoyon bo‘la oladi.
2. katta yoshdagi o‘simlik chidamliligi hisoblanib, o‘simlikning oxirgi o‘suv fazasida ham namoyon bo‘ladi. Avvalari qo‘llanilgan o‘simtalik fazasida chidamlik atamasi, go‘yoki ushbu chidamlilik faqat unib chiqish fazasida kuzatiladi va shunga ko‘ra samarali degan tushunchani berganligi tufayli barcha fazalar chidamliligiga almashindi. Barcha fazalar chidamliligi rasa mahsusdir. Rasa mahsus, barcha fazalar chidamligiga ega bo‘lgan navlar odatda tumanlashtirilib ekilgandan so‘ng zamburug‘ rasalarning evolyusiyasi natijasida hosil bo‘lgan yangi rasalarga tezda chidamsiz bo‘lib qoladi. Katta yoshdagi o‘simlik chidamligining ba’zi turlari ham rasa mahsusdir. Ba’zi bahorgi va ko‘plab kuzgi bug‘doy navlarida yuqori haroratli, katta yoshdagi o‘simlik chidamliligi mavjud (HTAP-high temperature, Adult plant). YUXKYO‘CH (yuqori haroratda katta yoshdagi o‘simlik chidamliligi)ning effekti o‘simlik qariy boshlagan va harorat osha boshlagach oshib boradi.
YUXKYOO‘ chidamlilik yuqori bo‘lgan navlarda zamburug‘ sporulyasiyasi to‘liq to‘xtatiladi. Qayoum and Line (1985) har xil YUXKYOO‘ chidamlilik darajalariga ega bo‘lgan navlarga turli darajadagi haroratning ta’sirini batafsil o‘rganib chiqishgan. Issiqxona sinovlarida barcha fazalar va YUXKYOO‘ chidamlilikni ajratish uchun 2 xil o‘zgaruvchan harorat ishlatilgan. Maysalarda rasalarning virulentligini identifikatsiya qilish uchun navlar birinchidan ko‘proq rasalar bilan standart past sutkalik harorat ta’sirida unib chiqish fazasiga ko‘ra baholanganlar, so‘ng maysalash fazasida chidamsiz bo‘lgan katta yoshdagi o‘simliklar (boshoqlash fazasi) maysalash fazasida sinalgan navlarga virulent rasalar bilan sutkalik yuqori standart harorat ta’sirida baholanganlar. YUXKYOO‘ chidamlilikga ega bo‘lgan navlarda maysalash fazasidagi sinovga qaraganda katta yosh fazasidagi sinovda kam infeksiya turlariga chalinganliklari ta’kidlanadi.
Yaqinda kommersion navlar va genotiplarda YUXKO‘ chidamlilik uchun bir qancha genlar va miqdoriy belgilar lokusi (QTL) haritalandi. “Alpowa” baxorgi bug‘doy navida Yr39 deb nomlangan asosiy QTL 7V xromosomasining uzun elkasida joylashganligi aniqlandi. Yana bir asosiy QTL (Qyrlo.wgp-2BS) “Louise” baxorgi bug‘doy navining 2BS xromosomasida identifikatsiyalandi. Uchta QTL (Qyrex.wgp-6AS, Qyrex.wgp-3BL, Qyrex.wgp-1BL) “Express” baxorgi bug‘doy navining tegishli holda 6AS, 3BL, 1BL xromosomalarida kartalandi. Ikkita QTL (Qyrst.wgp-6BS.1 Qyrst.wgp-6BS.2) baxorgi bug‘doyning “Stephens” navida haritalandi.