Chidamlilik dominant holda irsiylanishi bilan birga bekross qilingan F1 o‘simliklardagi ajralish orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri aniqlash mumkin. Odatda, bekross qilingan F2 oilalarni tekshirib ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Chidamlilik genlarining sonini aniqlash uchun har bir oilada ajralish ro‘y berayotganligiga yoki chidamsizligiga qaror qilishning o‘zi etarli bo‘ladi. Agar chidamlilikda bitta gen ishtirok etayotgan bo‘lsa ajralish nisbati 1 ajralayotgan: 1 chidamsiz oila, 2 gen bo‘lsa ajralish 3:1, 3 gen uchun 7:1 va hakoza bo‘ladi. Ajralayotgan oilalardagi ajralishlar odatda genlarning o‘zaro ta’siri xili xaqida qo‘shimcha ma’lumotlarni beradi.
Chidamlilikda bitta gen qatnashayotgan bo‘lsa, F1 va bekross qilingan F1 o‘simliklardagi infeksiya tipi chidamlilik dominant yoki retsessivligini ko‘rsatadi. Xulosalar ajralish ketayotgan F2 bekross oilalardagi natijalar bilan tasdiqlanishi mumkin.
Sariq zang kasalligiga chidamlilik turlar. Chidamli navlarni o‘stirish kasallikka qarshi kurashning eng samarali, iqtisodiy va ekologik qulay usulidir. O‘simliklar ma’lum bir patogen bilan kasallanganlarida biri chalinuvchan, boshqasi esa chidamli bo‘ladi. Ho‘jayin-parazit tizimi ikki organizmning murakkab kompleksi bo‘lib, bir tomondan ho‘jayin organizmning chidamsizlik yoki chidamliligi, va ikkinchi tomondan patogenning virulentlik yoki avirulentligi tushunchalari bir-biriga bog‘liq bo‘lishini va ularga alohida qaramaslik kerakligidan dalolat beradi. Ho‘jayin o‘simlik parazitga chidamsiz yoki past chidamli bo‘lsa parazit virulent bo‘ladi.
Parazit va ho‘jayin o‘simlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganishda katta hissa qo‘shgan Flor tomonidan ishlab chiqilgan “Genga-gen” nazariyasi bo‘lib, Person tomonidan mukammalashtirilgan, u esa o‘z navbatida ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan bug‘doy-zang tizimini qo‘llashga imkon bergan. Florga ko‘ra esa, o‘simlik-ho‘jayinning har bir chidamli geni parazitga mu’ayan chidamlilik genini himoya tizimini engib o‘tish imkoniyatini beradigan va chidamli ho‘jayinda parazitlik qiladigan virulentlik geniga komplementar mos kelishi ko‘rsatilgan.
O‘simlik-ho‘jayin (bug‘doy) va patogen (zang zamburug‘i) o‘rtasidagi o‘zaro harakat ikkita kategoriyaga-maxsus va nomaxsusga bo‘linadi. Maxsus – unda zamburug‘ rasasi ho‘jayinning faqat ma’lum bir genotipidagina ma’lum bir kasallikning belgilari bilan rivojlanadi.