116
OfflintAPp xizmati -
ushbu xizmat
Sync
va Push kabi pastki sath
xizmatlari ishidagi muvofiqlikni yaratishga imkon beradi; dasturchini
sinxronlashni bajarish kodini yozishdan ozod qiladi,
chunki muayyan
vaziyat uchun sinxronlashning qaysi mexanizmi yaxshiroq mos kelishini
ushbu xizmat hal qiladi.
InterApp Bus xizmati -
ushbu xizmat qurilmada o’rnatilgan ilovalar
orasidagi pastki sath ta’sirini ta’minlaydi.
Tarmoqli o’zaro ta’sir xizmati -
ushbu
xizmat serverdan push-
xabarni olish uchun kerakli uzatish kanalini o’rnatadi; qurilma va server
orasida aloqani avtomatik tarzda o’rnatishga imkon beradi. Bu pastki sath
xizmati.
Push xizmati -
bulutli servis tarqatgan tuzatishlarni boshqaradi;
foydalanuvchi ishini yaxshilaydi, chunki foydalanuvchining yangi axborot
mavjudligini mustaqil tekshirishi kerak emas.
Ma’lumotlar bazasi xizmati -
mobil ilovalar uchun ma’lumotlarni
lokal saqlagichidan iborat: platformaga bog’liq holda saqlash uchun mos
imkoniyatlar ishlatiladi. Ushbu xizmatning asosiy vazifasi - ma’lumotlarni
saqlash va ulardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash. Network kabi pastki
sath xizmati hisoblanadi.
Bulutli muhit tarafidan zaruriy namunaviy xizmatlar
Sync xizmati (Cloud Syncronization)
- bulutli saqlagichda joylangan
ma’lumotlarni foydalanuvchining mobil qurilmasidagi ma’lumotlar
bilan
avtomatik tarzda sinxronlash texnologiyasi.
Push xizmati -
server Push xizmati yangilashlar uchun ma’lumotlarni
uzatish kanallarini kuzatadi. Yangilashlar aniqlangani onida qurilmaga
mos xabar jo’natiladi. Qandaydir sababga ko’ra qurilma tarmoqdan
uzilgan bo’lsa, xizmat kutadi va so’ngra, qurilma yangitdan ulanishi
bilanoq, xabar etkaziladi.
Secure Socket-Based Data Service xizmati -
ushbu xizmat ilova talab
qiluvchi xavfsizlik darajasiga bog’liq holda
plain socket yoki SSL socket
serverlarni yoki ikkalasini ta’minlaydi.
Xavfsizlik -
ushbu komponent autentifikatsiyani
va avtorizatsiyani
ta’minlaydi. Natijada, bulutli serverga ulangan mobil qurilmalarning
haqiqatan undan foydalanishlariga ishonch hosil qilinadi. Har bir qurilma
oldindan
ro’yxatdan
o’tishi
lozim.
So’ngra,
qurilma
autentifikatsiya/avtorizatsiya muolajasidan o’tadi
va undan keyingina
serverdan foydalanishga ruhsat oladi.
117
10.1-rasm. OpenMobster platforma arxitekturasi
Boshqarish konsoli -
har bir bulutli server foydalanuvchiga tizimni
boshqarish va ma’murlash (masalan, ma’lumotlarni masofadan yo’q qilish,
masofaviy blokirovkalash va h.) imkonini beruvchi maxsus ilovaga ega
bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: