57
5 BOB. MOBIL TIZIMLARDA XAVFSIZLIK TAHDIDLARI
5.1. Axborot xavfsizligiga tahdidlar tasnifi
Axborot xavfsizligiga tahdidlar
deganda tarmoq resurslarining,
jumladan saqlanuvchi, uzatiluvchi va ishlanuvchi axborotning hamda
dasturiy va apparat vositalarining buzilishiga, o’zgarishiga
yoki ruxsatsiz
foydalanishiga olib kelishi mumkin bo’lgan harakat yoki hodisa
tushuniladi.
Tahdidlarni
tasodifiylariga (bilmasdan) va qasdan qilinadiganlariga
(atayin)
ajratish qabul qilingan. Dasturiy ta’minotdagi xatoliklar, apparat
vositalarining
ishdan chiqishi, foydalanuvchilarning yoki tarmoq
ma’muriyatining noto’g’ri harakatlari va h. tasodifiy tahdidlarning manbai
bo’lishi mumkin. Qasdan qilinadigan tahdidlar tasodifiylaridan farqli holda
tarmoq foydalanuvchilariga (abonentlarga) zarar etkazish maqsadini
ko’zlaydi va, o’z navbatida
aktiv
va
passivlarga
bo’linadi.
Aktiv tahdidlarning
maqsadi tarmoqning apparat, dasturiy va axborot
resurslariga maqsadli ta’sir orqali uning me’yoriy ishlashi jarayonini
buzish hisoblanadi. Aktiv tahdidlarga quyidagilar taalluqli:
- ma’lumotlarni uzatish tarmog’ining aloqa
liniyalarini buzish yoki
radioelektron bostirish;
- kompyuterni (serverni) yoki uning operatsion tizimini ishdan
chiqarish;
- foydalaniluvchi ma’lumotlar bazasidagi yoki tarmoqning tizimli
axborotidagi ma’lumotlarni o’zgartirish;
- tarmoq operatsion tizimini buzish yoki o’zgartirish va h.
Bunday tahdidlarning manbai niyati buzuqlarning bevosita
harakatlari, dasturiy viruslar va h. bo’lishi mumkin.
Passiv tahdidlar,
odatda, tarmoq ishlashiga ta’sir etmasdan, axborot
resurslaridan ruxsatsiz foydalanishga mo’ljallangan. Misol tariqasida
ma’lumotlarni uzatish kanallarini eshitish
orqali ularda aylanuvchi
axborotni olishga urinishni ko’rsatish mumkin.
Bo’lishi mumkin bo’lgan tahdid manbaining joylashgan joyiga
bog’liq holda barcha tahdidlar
tashqi
va
ichki
lariga ajratiladi.
Axborot xavfsizligining tashqi tahdidlariga
quyidagilar taalluqli:
- ajnabiy razvedka va maxsus xizmatlar faoliyati;
- raqobatlashuvchi iqtisodiy strukturalar faoliyati;
58
- jinoiy guruhlar va tuzilmalarning, hamda fuqarolar,
davlat va
umuman jamiyat manfaatlariga qarshi yo’naltirilgan mamlakat ichidagi
ayrim shaxslar faoliyati;
- tabiiy ofat va falokat.
Axborot xavfsizligining ichki tahdidlariga quyidagilar taalluqli:
- mobil tizimlarga xizmat ko’rsatuvchi xodimlar va foydalanuvchilar
tomonidan yo’l qo’yiluvchi axborot xavfsizligiga o’rnatilgan
talablarning
buzilishi (bilmasdan yoki atayin);
- xabarlarni (ma’lumotlarni) ishlovchi, saqlovchi va uzatuvchi texnik
vositalarining, himoya vositalarining va himoyalash bo’yicha qayd
qilingan choralar samaradorligini nazoratlash vositalarining ishlamay
qolishi
va nosozligi; dasturiy ta’minotning, axborotni himoyalashning
dasturiy vositalarining va himoyalash bo’yicha qabul qilingan choralar
samaradorligini nazoratlovchi dasturiy ta’minotning yanglishishi.
Amalga oshirilish usuli bo’yicha axborot xavfsizligi tahdidlari
quyidagi turlarga ajratiladi:
- tashkiliy;
- dasturiy-matematik;
- radioelektron;
- fizik.
Axborot xavfsizligining tashkiliy tahdidlariga
quyidagilar taalluqli:
- mobil tizimlarga hizmat ko’rsatuvchi xodimlar va foydalanuvchilar
tomonidan yo’l qo’yiluvchi axborot xavfsizligiga o’rnatilgan talablarning
buzilishi;
- axborotni manipulyasiyalash (dezinformatsiya, axborotni bekitish
yoki o’zgartirish);
- mobil tizimlarda ma’lumotlarni ruxsatsiz nusxalash;
- mobil tizimlari ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlar bankidan
axborotni o’g’irlash;
- axborotning mashina eltuvchisini o’g’irlash;
- kriptografik himoya vositalarining muhim hujjatlarini o’g’irlash;
- mobil tizimlarida ma’lumotlarni yo’q qilish yoki modifikatsiyalash.
Axborot xavfsizligining dasturiy-matematik tahdidlariga quyidagilar
taalluqli:
- virus-dasturlarni joriy etish;
- dasturiy zakladkalarni ishlatish.
Axborot xavfsizligining radioelektron tahdidlariga quyidagilar
taalluqli:
59
- sirqib chiqishning texnik kanallarida axborotni ushlab qolish;
- apparat vositalariga va binolarga axborotni ushlab qolishning
elektron vositalarini kiritish;
- ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida va aloqa liniyalarida yolg’on
akxborotni majburan qabul qildirish;
- aloqa liniyasini radioelektron bostirish, mobil tizimlarini boshqarish
tizimini izdan chiqarish.
Axborot xavfsizligining fizik tahdidlariga
quyidagilar taalluqli:
- axborotni yig’ish, ishlash, uzatish, himoyalash vositalarini buzish,
ularga maqsadli ravishda nosozliklarni kiritish;
- axborotning mashina eltuvchisini yo’q qilish yoki buzish;
- fizik, dasturiy-matematik yoki tashkiliy tahdidlarni amalga oshirish
maqsadida mobil tizimga xizmat qiluvchilarga va foydalanuvchilarga ta’sir
etish.
Do'stlaringiz bilan baham: