3 BOB. SIMSIZ TARMOQLAR
3.1. Simsiz tarmoqlar qurilishining asosiy prinsiplari
Ma’lumki, radio ixtiro etilganidan so’ng, ko’p o’tmay telegraf
aloqani simsiz amalga oshirish imkoniyati paydo bo’ldi. Aslida, hozirgi
raqamli
kodni
radiokanal
bo’yicha
uzatishda
o’sha
prinsipdan
foydalanishadi, ammo ma’lumotlarni uzatish imkoniyati bir necha bor
oshdi.
Zamonaviy simsiz tarmoqlarni ta’sir doirasi va vazifasi bo’yicha
quyidagilarga ajratish mumkin (2.1-rasm):
- shaxsiy (
Wireless Personal Area Network, WPAN);
- lokal (Wireless Local Area Network, WLAN);
- shahar (Wireless Metropolitan Area Network, WMAN);
- global (Wireless Wide Area Network, WWAN).
3.1-rasm. Simsiz tarmoqlar tasnifi
3.1-jadvalda simsiz tarmoqlarning xarakteristikalari keltirilgan.
Simsiz shaxsiy tarmoqlar (WPAN) uzatishning katta bo’lmagan
masofasi bilan (17 metrgacha) ajralib turadi va katta bo’lmagan binoda
WPAN
WLAN
WWAN
WMAN
10-15 м
Personal
Bir necha yuz metr
Lokal
80 km gacha
Shahar
Davlatlar, qit’alar
Global
34
ishlatiladi. Bunday tarmoqlarning xarakteristikalari o’rtacha bo’lib, uzatish
tezligi odatda 2 Mbit/s dan oshmaydi.
Simsiz tarmoqlarning asosiy xarakteristikalari. 3.1-jadval
Simsiz
tarmoqlar
Xarakte-
ristikalar
WPAN
(shaxsiy simsiz
tarmoqlar)
WLAN
(lokal simsiz
tarmoqlar)
WMAN
(shahar simsiz
tarmoqlar)
WWAN
(global simsiz
tarmoqlar)
Qo’llanish
sohasi
Tashqi qurilma
simlarini
almashtirish
Simli tarmoqlarning
mobil kengaytirish-
lari
Keng polosali
simsiz
foydalanish
Bino tashqarisida
Internetdan
mobil
foydalanish
Taxnologiyalar
Bluetooth,
UWB,
ZigBee
Wi-Fi
(802.11)
WiMax
(802.16),
MBWA-m
(802.20)
GSM, GPRS,
WCDMA,
EDGE, HSPA+,
WiMax, LTE
Bunday tarmoq, masalan, foydalanuvchi shaxsiy kompyuterida yoki
noutbukda ma’lumotlarni simsiz sinxronlashni ta’minlashi mumkin. Xuddi
shu tariqa printer bilan simsiz ulanish ta’minlanadi. Kompyuterni tashqi
qurilmalar bilan ulovchi simlar chigalliklarining yo’qolishi yetarlicha
jiddiy afzallik bulib, buning evaziga tashqi qurilmalarning dastlabki
o’rnatilishi va keyingi, zaruriyat tug’ilganda, joyini o’zgartirilishi
anchagina osonlashadi.
Simsiz
shaxsiy
tarmoqlarning
aksariyat
uzatuvchi-qabul
qiluvchilarining (transceiver) kam energiya iste’mol qilishi va ihchamligi
katta bo’lmagan foydalanuvchi qurilmalarini samarali madadlashga hamda
kompyuter qurilmasini uzoq vaqt mobaynida bitta batareyada (yoki
akkumulyatorda) ishlashiga imkon beradi. Undan tashqari, kam quvvat
iste’mol qilinishi simsiz shaxsiy tarmoqlarni uyali telefonlarga va
naushniklarga tatbiq etishga imkon beradi.
Simsiz lokal tarmoqlar (WLAN) ofislarning ichida va tashqarisida,
ishlab chiqarish binolarida uzatishlarning yuqori xarakteristikalarini
ta’minlaydi. Bunday tarmoqlardan foydalanuvchilar odatda noutbuklarni,
shaxsiy kompyuterlarni va katta resurslarni talab etuvchi ilovalarni
bajarishga qodir prosessorli va katta ekranli shaxsiy raqamli
yordamchilarni (PDA) ishlatishadi. Simsiz lokal tarmoqlar uzatishning 54
Mbit/s gacha tezlikda barcha ofis yoki maishiy ilovalar talabini qondirish
imkoniga ega. Xarakteristikalari, komponentlari, narxi va bajaradigan
35
amallari bo’yicha bunday tarmoqlar ethernet xilidagi an’anaviy simli lokal
tarmoqlarga o’xshash.
Do'stlaringiz bilan baham: |