Mmt-83 Fozilov Jur’atbek



Download 251,46 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.09.2021
Hajmi251,46 Kb.
#180954
Bog'liq
Iqt.2sem-1



MMT-83 Fozilov Jur’atbek 

1a                                                          11d 

2b                                                          12c 

3a                                                           13d 

4c                                                           14d 

5d                                                           15b 

6d                                                           16b 

7c                                                            17d 

8c                                                            18b 

9a                                                            19b 

10c                                                          20d 

Savollar 

1.

 

Yer qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish faoliyatining asosiy shart – sharoiti sifatida chiqadi. 



Iqtisodiy  resurs  sifatidagi  yerning  xususiyati  shundan  iboratki,  uning  umumiy  miqdori 

o‘zgarmas,  maydoni  cheklangan  va  inson  o‘z  xohishiga  ko‘ra  bu  o‘lchamni  o‘zgartirishga 

layoqatli emas. 

Qishloq  xo‘jaligida  yer  undan  foydalanilganda  boshqa  tarmoqlardan  farq  qilib,  ishlab 

chiqarishning asosiy vositasi hisoblanadi va renta shaklida daromadi keltiradi. 

Er qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda vosita bo‘lib xizmat qilishi sababli, shu yerdagi 

tuproq  muayyan  unumdorlikka  ega  bo‘lishi  zarur.  Yerning  tabiiy  va  iqtisodiy  unumdorligi 

farqlanadi.  Bunda  uning  tabiiy  unumdorligi  alohida  ahamiyatga  ega  bo‘lib,  yer  mulkdori 

o‘zlashtiradigan daromadning darajasini belgilab beradi. Yerning iqtisodiy unumdorligi unga 

qo‘shimcha ishlov berishi, (organik va mineral o‘g‘itlar solish) natijasida oshirilib boriladi. 

Insonning  tuproq  unumdorligiga  ta‘siri  chegarasiz  emas.  Qachonki  yerga  qo‘shimcha 

qo‘yilgan mehnat va kapital hisobiga olingan qo‘shimcha samara (daromad) kamayib borsa 

keyingi iqtisodiy resurslar taklifini rag‘batlantirishdan to‘xtaydi. Bu unumdorlikning pasayib 

borish qonuni mazmunini ifodalaydi. 

 



Yerning tabiiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi: 

- tabiiy unumdorligi va sotish bozorlariga nisbatan joylashgan joyi. Bu 

ko‘rsatkichlar bo‘yicha yerlar sifati va raqobatbardoshligi jihatdan bir-biridan 

farqlanadi. 

- yerlarning tabiiy (tuproq tipi, rel‘efi), va iqlim sharoitlari. Turli geografik 

hududlardagi yer uchastkalari shu sharoitlar tufayli bir xil unumdorlikka ega 

bo‘lmaydi. 

Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish ko’p jihatdan yer bilan bog’liq, 

shuning uchun ham erga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish 

hamda yer rentasining hosil bo’lishi, taqsimlanishi bilan bog’liq bo’lgan 

munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. 

Er rentasi orqali yerga bo‘lgan mulkchilik huquqi ro‘yobga chiqariladi. 

O‘zbekistonda «yer – davlat mulki – umummilliy boylik...» bo‘lganligi sababli 

yerga bo‘lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqi turli 

sub‘ektlarga tegishli bo‘ladi. 

Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma‘lum yer uchastkasiga 

tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi 

egalik huquqini tan olishini bildiradi. Yerga egalik deganda avvalo yerga bo‘lgan 

mulkchilik huquqi ko‘zda tutiladi. Yerga egalikni yeri bo‘lgan mulkdor amalga 

oshiradi. O‘zbekiston Respublikasining yer kodeksida ta‘kidlanganidek: «Yer 

uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish 

hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin» . 

2.

 

Tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo’jalik sohalaridagi shakli 



agrobiznes ko’rinishida namoyon bo’ladi. Agrobiznes tushunchasiga qishloq 

xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi barcha tadbirkorlik turlari kiritiladi. 

Qisqacha  qilib  aytganda,  agrobiznes  agrosanoat  integratsiyasinatijasida  vujudga  kelgan 

agrosanoat majmuasining barcha bo‘g‘inlarini qamrab oladi. 

Agrobiznesning asosiy turlari quyidagilar: 

- Fermer va dehqon xo‘jaliklari. 

- Agrofirmalar. 



- Agrosanoat birlashmalari. 

- Agrosanoat kombinatlari. 

- Shirkatlar va boshqa jamoa xo‘jaliklari. 

- Qo‘shma korxonalari (agrar sohadagi) 

Agrobiznes  faoliyatining  maqsadi  iste’mol  bozorini  yetarli  miqdorda  sifatli  qishloq  xo’jalik 

mahsulotlari, sanoatni esa xomashyo bilan uzluksiz ta’minlash orqali foyda ko’rishdan iborat. 

Agrobiznesning asosiy shakli va birlamchi bo‘g‘ini fermer va dehqon xo‘jaliklaridir. Chunki ular 

bevosita qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bu xo‘jaliklar o‘z erida yoki ijaraga 

olingan yerda ish yuritib, ishlab 

chiqaruvchi fermer va uning oila a‘zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma 

mehnatdan foydalanish ham mumkin. Fermer xo‘jaliklari mustaqil tuzilma bo‘lishi 

sababli o‘z faoliyatini bozor kon‘yukturasiga tez moslashtira oladi. Unda iqtisodiy 

manfaat va pirovard natija uchun mas‘uliyat o‘zaro qo‘shilib ketadi. Bularning 

hammasi fermer xo‘jaligining yashovchanligini ta‘minlaydi. 

Fermer xo‘jaligi barcha tashkiliy shakllarining umumiy tomoni shundaki, 

ular ijaraga olingan davlat yerida faoliyat ko‘rsatadi. Fermer va dehqon xo‘jalik- 

larini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish O‘zbekiston 

respublikasining «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, 

«Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida»gi qonunlarga hamda 

qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan boshqa huquqiy 

bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi. 

Bu qonuniy bitimlarda fermerlarga ajratilgan yerlarni meros qilib qoldirish 

sharti bilan uzoq muddatli ijaraga olish huquqi mustahkamlab qo‘yildi. Shu bilan, 

birga bu xo‘jalik uchun yerlarning unumdorligini saqlash va oshirishda davlat 

tomonidan kafolatlar yaratish yo‘li bilan ularni himoyalash tizimi vujudga 

keltirildi. 

Agrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir. Ular ma‘lum turdagi qishloq 

xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta 

ishlashni qo‘shib olib boradigan korxonalardir. 

Mazkur turdagi korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy 




xo‘jalik asosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin. 

Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir. 

Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga 

bog‘liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bir qancha korxonalarni 

birlashtiradi. Jumladan, bog‘dorchilik va uzumchilik bilan shug‘ullanuvchi 

xo‘jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi sex va zavodlar, yetkazib beruvchi 

savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat 

birlashmalarini tashkil qiladi. 

Agrosanoat kombinatlari qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta 

ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat 

qiluvchi xo‘jalik va korxonalarning ma‘lum bir hududida birlashuvidir. Agrobiznes 

turiga ko‘ngilli va paychilik mablag‘lari asosida tashkil qilingan turli xil uyushma va 

ittifoqlarni ham kiritish mumkin. 

Qishloq xo‘jaligidagi davlat korxonalari, jamoa xo‘jaliklari va shirkatlari

turli xil mulkchilik asosida tashkil qilingan qo‘shma korxonalar ham agrobiznes 

turlari sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 

Respublikada iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida qishloq xo‘jaligini 

rivojlantirishning ustuvor vazifalari sifatida quyidagilarni qayd qilish mumkin: 

 qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish; 

 oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash; 

 ekologik toza mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirish; 

 eksport salohiyatini oshirish

 ekin maydonlarini yanada maqbullashtirish; 

 yangi selektsiya navlarini, chorva turlarini yaratish; 

 ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish; 

 qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlovchi yangi korxonalarni 

qurish; 

 zamonaviy bozor xizmatlarini ko‘rsatish infratuzilmasini, sug‘oriladigan 

yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash; 



 qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo 

zamonaviy suv va resurslarni tejaydigan agrotexnologiyalarni joriy etish; 

 unumdorligi yuqori qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish; 

 global iqlim o‘zgarishi va Orol dengizi qurib qolishining qishloq xo‘jaligi 

rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta‘sirini yumshatish bo‘yicha 

tizimli chora-tadbirlarni ko‘rish. 

 

3.

 



 Yerlarning unumdorligi. Bir turdagi ekinlar ekilganda unumdorligi 

yuqori bo‘lgan yerlarga talab katta bo‘ladi va bu rentaning ham yuqori bo‘lishiga 

olib keladi. 

 Foydalanishda bo‘lgan yerlarda etishtiriladigan qishloq xo‘jalik 

maxsulotlarining bozor narxi. Qaysi mahsulotning bozor narxi yuqori bo‘lsa, shu 

ekin ekiladigan yerlarda renta ham yuqori bo‘ladi. 

 Birgalikda foydalaniladigan boshqa resurslarning narxlari va 

unumdorligi. Masalan, qishloq xo‘jalik mashina va uskunalarining narxi hamda 

unumdorligi renta miqdoriga ta‘sir ko‘rsatadi. 

 Yer maydonlarining shahar markazlari, bozorlar, yo‘llar va suv 

manbalariga joylashishining uzoq-yaqinligi. 

 Yerlardan sanoat, qurilish va boshqa maqsadlarda foydalanish 

imkoniyatining mavjudligi. 

 Yerlarda ekin turlarini joylashtirish imkoniyatlari darajasi. 

4.

 

Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqarishning 



shaklidir. Yer rentasi yerga ishlab chiqarish omili sifatida egalik qiluvchilarning  

oladigan daromadidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko‘rinishlari ham mavjud 

bo‘lgan. Jumladan, barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig‘i 

shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Renta vujudga kelish sabablari va 

shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: Absolyut yer rentasi, 

Differentsial renta ( I va II) monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar 

joylashgan yerlardan olinadigan renta. 



Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida 

vujudga keladigan qo‘shimcha daromadning bir qismi renta shaklini oladi hamda u 

Differentsial renta deb ataladi. 

Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi unumdor yer uchastkalarida 

yuritish orqali jamiyat ehtiyojlarini qondirish mumkin emas. Agar ishlab 

chiqarilgan mahsulot to‘lovga qodir talab bilan ta‘minlangan bo‘lsa, yerning 

mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo‘jalik tovarlariga 

narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. 

Natijada o‘rtacha yoki yaxshi yerlarda xo‘jalik yurituvchi ishlab 

chiqaruvchilar ko‘proq mahsulot va binobarin foyda oladilar. 

Bu foyda qisqa muddatli emas, balki ozmi-ko‘pmi doimiy xarakterga ega. 

Barcha yerlar mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan egallab olinganligi 

sababli, bu ishlab chiqaruvchilarda yerga xo’jalik ob’ekti sifatidagi monopoliya 

vujudga keladi. Bu hol differentsial rentaning vujudga kelishiga shart-sharoit 

yaratadi 

5.

 



Agrar siyosatda xarid narxlari, davlat subsidiyalari kabi moliyaviy 

dastaklar qo‘llaniladi. Dehqon va fermerlarni qo‘llab-quvvatlash uchun er solig‘i 

yuki engillashtiriladi. Masalan, O‘zbekistonda yagona er solig‘i qishloq xo‘jaligi 

mahsulotlarining bozor qiymatining 3—5%idan oshmaydi. 



Download 251,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish