Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
Taqdimot haqida ma‘lumot bering.
Taqdimot va uning turlarini izohlab bering.
Taqdimot jarayonida qanday koʻrgazmali qurollardan foydalanish kerak?
Multimediali taqdimotni tushuntiring.
Internetda verbal va noverbal muloqot.
Ilmiy uslubning о’ziga xos xususiyatlari. Gazeta va jurnaldan ta‘lim yoki madaniyat mavzusidagi maqolani о’qish, til xususiyatiga kо’ra boshqa nutq uslubidan farqlanishini izohlash. Badiiy adabiyot va kundalik matbuot sahifalaridan gap bо’laklari tartibi buzilish holatlari. Ularning uslubiy bо’yogʻini aniqlash.
Internet bu - hozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog'i hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya'ni ongimizga mavhum boʻlgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma'lumot beruvchi ahborot manbaidir.
Tabiiyki, hozirgi kunda ushbu omilga boʻlgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir. Zero, unda mavjud yangiliklardan habardor etuvchi matnlar, tasvir hamda ovoz hizmatlari va bir qator imkoniyatlar barcha jabhada katta engilliklarni yuzaga keltirayotgan boʻlsa-da, ammo ikkinchi tomondan insoniyatni beihtiyor virtual olamga jalb etib bormoqda.
Ayniqsa, bu ta'sir doirasidan Oʻsmir yoshlar ham yoʻq emas. Bu borada mutahassislarning soʻzlari quyidagi natijalarni isbotlamoqda: internet tarmog'idagi ijobiylik insonning fan, soha va faoliyatiga bog'liq muhim aniq dalillarga ega boʻlishida har tomonlama qulay va tegishli vaqt miqdorining tejalishiga olib keladi. Lekin qiziquvchanlik sababli Internet ahborotlaridagi ortiqcha ma'lumotlarga haddan ziyod berilib ketishlari mumkin. Bu esa izlanuvchanlik, fikriy rivojlanish, mushohada, tahlil qilish qobiliyati va xotiraning Oʻtkirlik darajasini susaytirishga sabab boʻlmoqda.
Ma'lumki, Internet vositasidan foydalanish hech kimga majburiy boʻlmagan va insonning Oʻz tafakkuridan kelib chiqqan qonun qoidalar asosida boʻlishi kerakligi hamda undagi me'yor talablari, ya'ni Internet tarmog'idan ahborotlarni toʻgʻri tanlash har jihatdan Oʻrinlidir. Bundan koʻrinib turibdiki, ushbu tarmoq vositasining Oʻz ichiga qamrab olgan ahborotlar miqyosi shu qadar keng va koʻp ekanligi gohida Oʻzimizga kerakli boʻlgan ma'lumotlarni ajratib olishimizda ham qiyinchilik tug'dirmoqda. Barchamizga ma'lumki, Internetda ishlashimiz uchun qidiruv tizimining Oʻrni beqiyos. Internet tarmog'ida: Yahoo, Google, Ref.uz singari yana boshqa nomlar bilan ataluvchi qidiruv tizimlari mavjud. Yuqoridagi qidiruv dasturlari haqida batafsil va umumiy ta'rif berishda ularni biror bir tizim orqali masalan, Google tizimini tushuntirish maqsadga muvofiq boʻladi. Darhaqiqat, hozirda nafaqat Internet tarmog'i vujudga kelganligi, bundan tashqari shu kabi jahonaro rivojlanib kelayotgan turli - tuman ahborot tehnologiyalar yosh avlodga ijobiy ta'sir kuchini Oʻtkazayotganligini bir tomondan quvonarli boʻlsa-da, ikkinchi tomondan ularni turli salbiy saboqlardan asrash maqsadida tarbiyaviy muhitni kuchaytirishga undaydi.
Topshiriq. Oʻzbekiston Respublikasida mavjud ommaviy axborot vositalari bilan tanishing.
Do'stlaringiz bilan baham: |