Oʻtkazilish joyi: agarda siz joyni bilsangiz, siz Oʻzingizni qulayroq his qilasiz, lekin xonani va barcha talab etilgan jihozlarni taqdimot boshlanishidan bir necha daqiqa oldin tekshirishni unutmang. Agarda tashqarida boʻlsa, siz xona, Oʻrindiqlar joylashuvi, notiqning Oʻrni bilan tanishishga harakat qiling, koʻrgazmali
qurollarni diqqat bilan tekshiring. Uning joylashuvi va yoritilishiga e‘tibor qarating.
Tashkilotchi: tashkilotchi tashkilot nomi va undagi muhim shaxslar haqida imkoni boricha koʻp bilishga harakat qiling.
Tadbir: qanday tadbirga taqdimot qilish uchun ketayotganingizni bilishingiz shart, biznes uchrashuvimi, konferensiyami yoki seminarmi?
Mavjud vaqt: sizga mOʻljallangan vaqtni oldindan tekshiring. Abzatslarni tayyorlash berilgan vaqtga bog’liq boʻladi.
Boshqa notiqlar: yana boshqa notiqlarni bilib olish. Raqib tashkilotdan kimlardir boʻladimi? Ularning tashkilotdagi lavozimi qanday? Raqiblar boʻlishi yoki boʻlmasligidan qat‘i nazar ular haqida har qanday izoh berishda ehtiyotkor boʻling.
Tinglovchilar: taqdimot tinglovchilarning ehtiyojlari va qiziqishlariga mos boʻlishi shart. Nutqning mazmuni va ohangi tinglovchilarning tabiatiga bog’liq boʻladi. Taqdimotda foydalangan soʻzlaringizga e‘tibor qarating, mos boʻlmagan hech narsaga murojaat qilmang.
Taqdimotni tuzish jarayoni quyidagi harakatlardan iborat:
Taqdimotni umumiy bezash usulini tanlash; 2.Slaydlarning mazmuniy Oʻlchamlarini tanlash; 3.Yangi slaydni va uning tarkibiy qismlarini qoʻshish; 4.Slayd hajmi yoʻlchamlarin itanlash;
5.Slaydlarga bezashda zarur boʻlgan Oʻzgarishlar kiritish; 6.Slaydlarni koʻrsatishda tovushl ianimatsiya jihatlarini yaratish.
Taqdmotni tayyorlash jarayonida Microsoft Power Point da koʻrsatilayotgan ma‘lumotlar taqdim etilayotgan ishning mazmuni va mohiyatini, natijalari va xulosalarini, takliflarini aks ettirishi lozim. Taqdimot quyidagi tavsiflarga ega boʻlishi kerak:
A) slaydlar soni (7 – 10 ta);
V) slaydlarning mazmuniy oʻlchamlari;
S) birinchi slayd ishning mavzusi, obyekti, bajaruvchi toʻgʻrisida tOʻliq ma‘lumot berishi zarur;
D) oxirgi slayd ma‘lumotlar manbalari tavsifiga bag‘ishlangan boʻlishi
kerak;
Imidj tushunchasi reyting, obroʻ, mashhurlik, joziba, maftunkorlik, e‘tibor, nufuz va boshqa tushunchalar bilan hamohangdir. Imidj tashqi koʻrinish, kiyinish madaniyati, urf-odatlar, faoliyat va sa‘y- harakatlar, inson axloqi va Oʻzini tutishida, xarakterida, dOʻstlari va Oʻzaro munosabatlarida namoyon boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |