Publitsistik uslub va uning xususiyatlari.
Publisistika (lat. ‘xalq, omma’) davrning eng muhim, dolzarb masalalarini Oʻquvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir boʻlayotgan voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ommaviy axborot vositalarida (gazeta- jurnal, radio, televideniye), Oliy Majlis yig’inlarida, turli xil anjumanlarda Qoʻllaniladigan nutq uslubi publitsistik uslub sanaladi. Publitsistik uslub ikki xil shaklda namoyon boʻladi: 1) yozma shakl; 2) og’zaki shakl; Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag’ishlangan bosh maqolalar, felyeton va pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio va televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari esa publitsistik uslubning og’zaki shaklidir.
Publitsistik uslubning Oʻziga xos xususiyati shundaki, u muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda boʻlish, hozirjavoblik, ta‘sirchanlik belgilariga ega.
Bunday nutq uslubida ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi soʻzlar koʻproq Qoʻllaniladi. M., isyon, irqchilik, qoʻporuvchilar, siyosiy tanglik, bitim va boshqalar.
Publitsistik uslub - matbuot, radio, telekoʻrsatuvga xos boʻlgan tildir. Bu uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e‘lonlar, reportaj, bosh
maqolalardan iborat boʻladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi.
Zarur Oʻrinda asoslar keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy xabarlarda
‘muxbirimizning xabar berishicha, elchixona xodimining soʻziga koʻra, muxbirimiz voqea roʻy bergan joydan xabar beradi...’ va hokazo iboralar qoʻllanadi. Har bir xabarga ta‘sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qoʻyiladiki, bu hol Oʻquvchining diqqatini jalb qiladi. (‘Qonun barchaga barobarmi?’, ‘Kafolat va’da emas’, ‘Chetlatilgan mutaxassis’,
‘Tuya koʻrdingmi – yoʻq’, ‘Chumchuq sOʻysa ham qassob sOʻysin’). Ayrim hollarda vaqtli matbuotda felyeton, kichik hikoyalar, romandan parchalar ham beriladi. Bu holda ommabop uslub badiiy uslub bilan qoʻshilib ketadi. Ommabop uslub kundalik ijtimoiy hayot koʻzgusidir.
Ommabop uslubni shakllantiruvchi vositalar ijtimoiy-siyosiy atama va birikmalar boʻladi: fuqarolik burchi, iqtisodiy tejamkorlik, siyosiy vaziyat, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, iqtisodiy vaziyat, hukumat tangligi va b. Publitsistik uslub ommaviy axborot vositalari uslubidir. Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta‘sir qilish, soddalik, tushunarlilik, ta‘sirchanlik, adabiy til me‘yorlariga qat‘iy amal qilishdir. Publitsistika bir qancha janrlarga ega.
Publitsistik uslub − tashviqot-targ‘ibot ishlari olib boriladigan, asosan, ijtimoiy-siyosiy hayot yoritiladigan nutq koʻrinishidir. Publitsistik uslub Oʻzining obrazliligi, hissiy-ta‘siriy xususiyati bilan badiiy uslubga; yorqinligi, aniqligi va terminologik leksikasi bilan ilmiy uslubga yaqin turadi. Ijtimoiy - siyosiy masalalarning yoritilishi, tahlil uslubi, ijtimoiysiyosiy masalalarni hal etishga undashning faolligi, Oʻziga xos terminlar, asosan siyosiy terminlarning koʻp Qoʻllanilishi singari xususiyatlar publitsistik va ilmiy uslubning Oʻxshash tomonlaridir.
Publitsistik va badiiy uslubning ham Oʻxshash tomonlari mavjud. Ikkala uslubda ham obrazli ifodalar, tasviriy vositalardan koʻproq foydalaniladi. Soʻz va terminlar siyosiy ma‘nosining badiiy uslub elementlari bilan qorishgan,uyg‘unlashgan holda ifodalanishi publitsistik nutqning salohiyatini yanada koʻtaradi va uning ta‘sirchanligini oshiradi. Publitsistik uslubda ijtimoiy-siyosiy terminlar, gazeta va jurnallarga xos maxsus ifodalar, birikmalar, qat‘iy qoliplashgan qurilmalarning tez-tez Qoʻllanilishi bu uslubning Oʻziga xos xususiyatlaridandir: mustaqillik, ichki tahdid, tashqi tahdid, sovuq urush, ochiq ovoz, yopiq ovoz, buyuk xizmatlari uchun, rasmiy vizit bilan, milliy istiqlol mafkurasi, xalq e‘tiqodi, buyuk kelajakka ishonch, shaxs bilan davlat munosabatlari, jamiyatimizning faol ishtirokchisi, mafkuraviy bOʻshliq, xavfsizlikka tahdid va h.k.
Publitsistik uslubda hisssiy-ta‘siriy soʻzlar va birikmalardan, maqol va hikmatli soʻzlardan unumli foydalaniladi. Maqol va hikmatli soʻzlar bu uslubda sarlavha nomi boʻlib ham keladi hamda mazkur uslubning yanada yorqinroq boʻlishini ta‘minlaydi. Masalan, Yaxshidan bog‘ qoladi. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. Mard maydonda sinaladi. Vatan, el manfaati muqaddasdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |