Dalolatnoma (akt) -muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bogliq biron bir
bulgan vokea, xodisa, ish -xolatini yoki mavjud xolatni tasdiqlash , unga guvoxlik berish
maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan xujjatdir.
Dalolatnoma tuzish xilma-xil maqsadlarni kuzlaydi, lekin uning asosiy maqsadi sodir
bulgan vokea-xodisalardan isbotlash yoki tasdiqlash dir. Bir qancha xollarda dalolatnoma
tuzish maxsus xuquqiy me‘yorlar bilan katiy belgilangan . Masalan , korxonaning xisob
kitob bulimlari faoliyatida dalolatnomalar avvaldan belgilangan mazmun va davriylikka
asosan tuziladi va ular xuquqiy jixatdan muxim urin tutadilar.
Dalolatnoma deyarli barcha xollarda pul mablaglari va moddiy boyliklarga bogliq
xolda tuziladi, chunki, u kuprok moliya -xujalik faoliyatida , xisob-kitob, oldi-sotdi va
savdo soxalarida keng kullaniladi.
Dalolatnomalar tegishli taftish utkazilgandan keyin, raxbarlik almashinayotganda,
moddiy boyliklarni bir shaxsdan ikkinchisiga utkazishda , mashina va uskunalarning yangi
nusxalarini sinovdan utkazish chogida, kimmatdor buyumlarni xisobdan utkazish yoki
xisobdan chiqarish , tovarlarni miqdor va sifat buyicha qabul qilib olish yoki ularning
idishini qayta tortib kurishda , baxtsiz xodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tekshirishda ,
sud-tergov ishlari va tibbiyot soxasida , xodimlarning moddiy, yashash sharoitlarini
urganishda va boshqa xollarda tuziladi.
Moliyaviy faoliyat va savdo soxalarida tuziladigan dalolatnomalar tasdiqlash
(kamomad yoki nuksonlar bulmagan xollarda) yoki ayblash (pul kamomadi yoki moddiy
boyliklar yetishmasligi aniqlanganda ) uchun xamda tegishli (qayd etuvchi,
ragbatlantiruvchi, jazolovchi) buyruqlar e‘lon qilish uchun asos buladi.
Aksar xollarda dalolatnoma oldindan belgilangan koidaviy namuna asosida tuziladi.
Chunonchi , davlat qabul komissiyasi uchun xamda xujjatli ashyolarni yuq qilish
uchun , me‘yorlashgan xujjatlar bilan dalolatnomalarning shunday koidaviy namunalari
joriy etilganki, ularning shaklini uzgartirish mumkin emas (ularning faqat uzbekcha
nusxalarini yaratish kerak).
Dalolatnomalar vokea-xodisalarni xakkoniy aks ettirish maqsadida bir necha
shaxslar (muassasaraxbarining buyrugi bilan xay‘atlar , doimiy xay‘atlar ) yoki maxsus
vakolatli yakka shaxs (taftishchi, nazoratchi) tomonidan tuziladi. Keyingi xolatda va
umuman dalolatnoma yakka shaxs tomonidan tuzilganda, guvoxlarning ishtirok etishi va
www.qmii.uz/e-lib
42
imzosi bulmogi shart. Ayrim xollarda dalolatnomalar vokea-xodisaning katnashchilari yoki
unga guvox bulgan kishilarning tashabbusi bilan xam tuziladi. Masalan, savdo
muassasalarida xaridor xakiga xiyonat qilingan xollarda dalolatnoma bevosita vokea
ishtirokchilari tomonidan tuzilishi mumkin. Tekshirish va dalillar asosida xujjat tayyorlash
xay‘atiga urganilishi zarur bulgan vokea, xodisa yoki xolatdan xabardor, uni yaxshi
tushinadigan va farkiga borib taxlil qila oladigan kishilar kiritiladi.
Dalolatnomaning zaruriy qismlari :
1. Bosh idora, muassasa va tarkibiy bulinma nomi.
2. Tuzilgan sanasi va joyi .
3. Tartib raqami va Tasdiqi belgisi (zarur bulganda).
4. Xujjat turi nomi (Dalolatnoma).
5. Matn sarlavxasi .
6. Xujjat tuzish uchun asos (buyruq, qaror, kullanma).
7. komissiya tarkibi (raisi va a‘zolari ).
8. Ishtirok etuvchilar (guvoxlar).
9. Dalolatnoma matni .
10. Ilovalar (necha betligi kursatiladi).
11. Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari.
12. Ijro xaqidagi belgi .
Xar bir dalolatnomaning ushbu zaruriy tarkibiy qismlari katoriga ayrim xollarda
boshqa ma‘lumotlarni xam kushish mumkin. Chunonchi , ishni qabul qilish-topshirish
chogida tuziladigan dalolatnomalarda xodimlar tomonidan topshirilayotgan kimmatdor
buyumlar, xujjatlar sanab utiladi (ilovalarda) , topshirish vaqtidagi ish axvoliga baxo
beriladi, bajarilmagan ishlar qayd etiladi va xokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |