Davlat boshqaruv organi raxbarlarining yakka xoqimliliga asoslangan xuquqiy xujjat
muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni xal qilish maqsadida
www.qmii.uz/e-lib
35
Moxiyat-e‘tibori bilan buyruqlar ikkiga bulinadi : asosiy faoliyatga oid va kadrlarga
oid . Ular ketma-ket tartibda aloxida raqamlanadi va ayrim saklanadi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar doimiy , kadrlarning shaxsiy tartibiga oid buyruqlar
esa 40 yilgacha muddatda saklanadi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni Tashkil qilish, muassasa yoki uning bulimlari
faoliyatini tartibga solishda kullaniladi.Ular odatda, yuqori Tashkilotlardan kelgan
kursatmaviy xujjatlar xodimlarga yetkaziladi, bularning ijrochi yuzasidan tadbir-choralar
belgilanadi, mas‘ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi.
Ichki mexnat tartibi qoidalar mukofotlash nizomi va shu kabilarni tasdiqlash bilan
bogliq normativ buyruqlar xam asosiy faoliyatga oid buyruqlarga kiradi. Bunday buyruqlar
umumiy tarzda bulib, muayyan bir shaxsga emas, balki butun jamoaga karatiladi.
Buyruqning zaruriy qismlari :
1. Gerb, muassasa alomati, mukofoti (bosma ish qogozi qismlari ).
2. Vazirlik, boshqarma nomi.
3. Muassasaga xos raqami (KTUT buyicha ).
4. Xujjat shaklining xos raqami (BXUT buyicha ).
5. Muassasa nomi .
6. Xujjatning nomi (Buyruq).
7. Sanasi .
8. Raqami (№).
9. Buyruq chikkan joy nomi.
10. Sarlavxasi (mazmunidan kelib chiqib nomlanadi ).
11. Buyruq matni (ilovalari bulsa qayd qilinadi ).
12. Raxbar yoki urinbosar imzosi .
Buyruqda adliya maslaxatchisi imzosi xam bulishi lozim. Adliya maslaxatchisi
buyruqni kurishda quyidagi larga e‘tibor beradi : masalani buyruq bilan rasmiylashtirish
maqsadga qanchalik tugri keladi : buyruq loyixasi amaldagi qonunlarga xukumat qarorlariga
qanchalik muvofiq keladi ; mazkur idoraning ilgari berilgan buyruqlari bilan ziddiyat yuqmi
yoki ularning qisman takrori bulib kolayaptimi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlarda, odatda mazmunidan kelib chiqib sarlavxa kuyiladi
(ba‘zi kiska buyruqlarda kuyilmasligi xam mumkin )
Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlardan tarkib topadi.
Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan maqsad , shart-sharoitlar, sabablar kursatiladi, asos
www.qmii.uz/e-lib
36
qilib olinayotgan buyruqka xavola qilinadi(nomi, sanasi,raqami yoziladi). Ayrim xollarda
buyruqka asos bulgan xujjat uning farmoyish qismi tegishli bandida xam kursatiladi. Ba‘zi
buyruqlarni asoslashga xojat bulmasligi mumkin, bunday xollarda ular tugridan-tugri
farmoyish qismi bilan xam berilaveradi.
Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan bosh xarflar bilan yoziladigan
“BUYURAMAN” suzi bilan boshlanadi. Zaruriyatga karab farmoyishlar bandlarga bulinib ,
arabcha tartib raqamlar bilan belgilanadi. Raqamdan sung nukta kuyilib, suz bosh xarfdan
boshlanadi. Farmoyishlarda odatda kim qanday vazifani , kaysi muddatda bajarish
kursatiladi. Xarakat majxul fe‘l shaklida ifodalanadi ( “Amalga oshirilsin”, “ta‘minlansin”,
“yuqlatilsin”, ”xisoblansin”,…). Bajaruvchilar -muassasa yoki tarkibiy qismlari (bulimlari),
mansabdor shaxslar (lavozimlari kursatilgan xolda) kupincha junatish kelishigida qayd
qilinadi.
Buyruqda ishning bajarilish muddati mazmunidan kelib chiqib umumiy tarzda yoki
xar bir farmoyishda aniq kursatilishi mumkin. Buyruq imzo cheklangandan sung kuchga
kiradi. Lekin ayrim bandlarning farmoyishda unga tegishli kuchga kirish muddati aniq
kursatilgan bulishi kerak.
Buyruq farmoyish qismining oxirida, odatda, umuman mazkur buyruqning nazorat
qilish kimga yuqlatilganligi xam qayd qilib kuyiladi : «Buyruq ijrosini nazorat qilish … ga
yuqlatiladi.» (lavozimi va familiyasi tulik yoziladi). Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid
buyruq yoki individual buyruqlar biror xodim ishga qabul qilinganda yoki bushatilganda,
boshqa bulimga utkazilganda, shuningdek muayyan xodim mukofotlanganda, mexnat
ta‘tiliga chikkanda va shu kabi xollarda beriladi. Bunday buyruqlar, odatda, bulimlar
raxbarlari tavsiyanomasi, shaxsiy arizalar va shu kabilar asosida tayyorlanadi.
Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar maxsus bosma ish qogozlari bulmagan
takdirda oddiy buyruq qogoziga xam yoziladi. U xolda buyruq boshiga «kadrlar shaxsiy
tarkibiga oid » deb yozib kuyish kerak. Buyruq sarlavxalari : “ishga qabul qilish xaqida
buyruq”,”Boshqa ishga utkazish xaqida buyruq”,”Ishdan bushatish xaqida buyruq”,”Mexnat
ta‘tili berish xaqida buyruq”,”Ragbatlantirish xaqida buyruq” va xokazo.
Bunday buyruqlarda kirish qismi bulmasligi mumkin. Farmoyish qismida , odatda,
bandlar,
paragraflar
buladi.
Buyruq
qismidagi
Do'stlaringiz bilan baham: